Odobdan yuksak muhabbat yo‘q

Odobdan yuksak muhabbat yo‘q


«Ey insonlar! Tadbirdek hayot yo‘q. Aziyat yetka-zishdan tiyilishdek taqvo yo‘q. Odobdan yuksak muhabbat yo‘q. Tavbadek shafoat qiluvchi yo‘q. Ilmdek ibodat yo‘q. Allohdan qo‘rqishdek salotu salovot yo‘q. Sabr kabi g‘alaba, tavfiq kabi saodat yo‘q. Aqldan chiroyliroq ziynat, hilmdan mehribonroq hamroh yo‘q.

Ey Odam farzandi! Ibodatimga mashg‘ul bo‘l, qalbingni boylikdan to‘ldiraman, rizqingga baraka beraman, rohatni jismingga joylayman. Meni zikr qilishdan g‘ofil bo‘lma! G‘aflatda qolsang, qalbingni qashshoqlikka, badaningni charchog‘u mashaqqatga, ko‘kragingni g‘amga to‘ldiraman. Agar umringdan qolganini ko‘rganingda bundan buyon orzu-havas qilmagan bo‘larding.
Ey Odam farzandi! Men ato etgan tinchligu salomatlik tufayli toatimga toqatli bo‘lding. Tavfig‘im tufayli farzlarimni ado qilding. Bergan rizqim bilan Menga itoatsizlik qilishga kuch topding. Xohishim tufayli xohlagan narsangni xohlading. Irodam tufayli nafsing neni istasa, istading. Ne’matim tufayli turding, o‘tirding, qaytding. Himoyatim bilan kunni bottirib, tongni ottirding. Fazlim bilan maishat kechirib, ne’matim bilan to‘kis yashading. Ofiyatim bilan bezanding. Keyin Meni unutib, o‘zgani zikr qilding. Nega haqqimni va shukrimni ado qilmayapsan?!»

“Alhamdulillah” kalimasining hayratbaxsh shifosi

Qur'oni karim va hadisi sharifda sabr-qanoatli bo‘lish va g‘am-qayg‘ularni mardonovor qarshi olib har doim ko‘tarinki kayfiyatda yurish lozimligi ko‘p aytilgan. Buning hikmati shundaki, sabrlilik va ijobiy fikrlash insonni davolash vositalarining ikkitasi hisoblanadi......

Safarda takbir va tasbih aytish

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: "Biz (tepalikka) ko‘tarilganimizda takbir (Allohu akbar), tushayotganimizda tasbeh (Subhanalloh) aytardik", dedilar....

Saodat_sabablari

1. Solih amal. ''Erkakmi yo ayolmi — kimda-kim mo‘min bo‘lgan holida biron yaxshi amal qilsa, bas, Biz unga pokiza hayot ato eturmiz''... Nahl surasi 97-oyat......

Rosulolloh (ﷺ) haqida siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar

1. Rosulolloh (ﷺ) Odam alayhissalom hali ruh va jasad orasida turganlarida u zot (ﷺ) nabiy edilar. 2. Rosulolloh (ﷺ)ning Odam alayhissalomgacha bo‘lgan nasablaridagi kishilarga biror fahsh ish yetmagan. 3. Rosulolloh (ﷺ) Ahmad (Allohga eng ko‘p hamd aytuvchi) deb nomlandilar. U zotdan oldin biror kishi bunday nom bilan nomlanmagan......

Yetti toj

👉 1. ZIKRNING TOJI: «Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’alaa kulli shayin qodiyr» (Yagona Allohdan boshqa iloh yo‘q, Uning sherigi ham yo‘q, saltanat va maqtov Unikidir. U barcha narsaga qodir Zotdir)......

Gunoxlarni yuvuvchi ayrim oson ibodatlar

"Er yuzida kimda-kim "la ilaha illalloh, vallohu akbar, va la havla va la quvvata illa billah" der ekan, uning barcha gunohlariga kafforat bo‘lib ketadi, garchi gunohlari dengiz ko‘pigidek ko‘p bo‘lsa ham"......

Eng oson zikrlar (taxorat shart emas)

Allohning zikri ulug‘ fazilat bo‘lishiga qaramay, Alloh taolo uni shunday oson qildiki, uni qilish uchun biror narsa shart emas. Agar tahorat bilan qiblaga yuzlanib, fikrni bir joyga qo‘yib, zikr qilishga qodir bo‘lsa, juda yaxshi. Lekin uning iloji bo‘lmasa, aylanib, yurib, turib, o‘tirib va ish qilib bo‘lsa ham, har holatda bu ibodatni qilish...

Odam alayhissalomning qabrlari qayerda?

Odam alayhissalomning qabrlari qayerda? Savol:   1. Nima uchun oy Islom ramzi sifatida tanlangan? U nimani anglatadi? 2. Odam alayhissalom va Momo Havvoning qabrlari qayerda? Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym......

Ona bilan bog‘liq olti xaqiqat

1. Onaninig yaqinida yarim soat o‘tirish olti soat tabibning xuzurida o‘tirishga teng. 2. Onang seni bag‘riga bosganida tafakkuring o‘tkirlashadi. 3.Taqdiringda bo‘ladigan yomon holatlar xaqida oldindan his qilish, seza olish qobiliyatiga ega yagona insoning onang. Shuning uchun u seni qayergadir borishdan man qilsa unga itoat qilgin......

Kim nafsini o‘ldirsa, qalbini tiriltiradi

Kim nafsini o‘ldirsa, qalbini tiriltiradi... Va bu qalbda taqvo, xayo, iffat iymon gullari gullay boshlaydi. Alhamdulillah qalbimizni gulzor qilgan mexribon Allohimga xamd bo‘lsin........

Fikr qo'shish