Qalb Allohning nazargohidir

Qalb Allohning nazargohidir


«Ey Odam farzandi! O‘lim sirlaringni ochadi. Qiyomat xabarlaringni sinaydi. Azob yopganlaringni fosh qiladi. Gunoh qilar ekansan, gunohning kichikligiga emas, kimga osiylik qilayotganingga qara! Ozgina rizqlanar ekansan, rizqingning ozligiga emas, kim berayotganiga nazar sol! Gunohi sag‘irani kichik sanama, chunki sen qaysi gunoh bilan Allohga osiylik qilayotganingni bilmaysan. Mening makrimdan omon qololmaysan. Chunki makrim qorong‘u kechada Safo tog‘idagi chumolining o‘rmalashidan ham maxfiyroqdir.
Ey Odam farzandi! G‘azabimni eslab, yana Menga osiylik qildingmi? Qaytarganlarimdan qaytdingmi? Farzimni senga buyurganimdek ado qildingmi? Molingdan berib, miskinlarning ko‘nglini oldingmi? Senga yomonlik qilganga yaxshilik qildingmi? Senga zulm etganni kechirdingmi? Sendan uzilgan kishi bilan bog‘landingmi? Senga xiyonat etgan kishiga insof qildingmi? Sendan arazlagan kishiga gapirdingmi? Farzandingga tarbiya berdingmi? Qo‘shningni rozi qildingmi? Olimlardan dining va dunyoingga bog‘liq ishlar xususida so‘radingmi?

Albatta, Men sizlarning na suratlaringizga, na chiroylaringizga qarayman. Balki qalblaringizga nazar solaman va sizlardagi yaxshi xislatlardan rozi bo‘laman».

Qirq hadisi qudsiy. Imom G‘azzoliy

O‘zgalarning imkoniyatiga qarab emas

O‘zgalarning imkoniyatiga qarab emas, balki o‘zining imkoniyatiga qarab ish qiladigan insonlar o‘zlarini baxtiyor qila oladigan insonlardir. "Hikmatlar chashmasi"dan....

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: Qur'onni bir oyda bir o‘qib chiqmagan inson, batahqiq uni *hajr qilibdi * Hajr - tark qilish Payg‘ambirimiz alayhissalom Qiyomat kuni Alloh taologa shikoyat qiladilar va biz bu shikoyat qilinadiganlar safidan bo‘lib qolmaslikka harakat qilishimiz kerak. (Furqon 30-oyatga qarang)...

Keling birga duo yodlaymiz

QUR'ON VA SUNNATDA KELGAN DUOLAR رَبِّ لَا تَذَرْنِي فَرْدًا وَأَنتَ خَيْرُ الْوَارِثِينَ Ma'nosi: «Ey Robbim, meni yolg‘iz tashlab qo‘yma, (menga O‘z dargohingdan bir merosxo‘r farzand ato et) Sen, O‘zing vorislarning eng yaxshisisan». («Anbiyo» surasi, 89-oyat)...

Xar sajdaga borishingizda

Xar sajdaga borishingizda ota-onangizga mag‘firat so‘rab,bir marta "Alloxummag‘firliy valivalidayya (Alloxim ota-onamni mag‘firat qil!) deb, duo qilib qo‘yishga odatlaning! Shunda, ular uchun bir kunda 64 marta Istig‘for aytgan bo‘lasiz!......

Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki?

🌙 Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki? ✨ “Eng go‘zal hikoyatlar” Ramazon Butiy rohimahulloh Shom o‘lkasida bo‘lib o‘tgan bir voqeani hikoya qilib bergandilar......

Baxt so'zi

Baxt so'zi Qur'onning birgina joyida kelgan: "BAXTIYORLAR JANNATDADIRLAR UNDA MANGU QOLUVCHILARDIRLAR" (XUD SUR'ASI 108-OYAT)...

📙Qarzdan qutilish duosi.

26. Aytgin: «Allohim! Barcha podshohlikning egasi! Xohlagan kishingga podshohlik berursan va xohlagan kishingdan podshohlikni tortib olursan, xohlagan kishingni aziz qilursan, xohlagan kishingni xor qilursan. Barcha yaxshilik Sening qo‘lingda. Albatta, Sen har bir narsaga o‘ta qodirsan.27. Kechani kunduzga kiritursan va kunduzni kechaga...

Oxir zamon alomatlari

Paygambarimiz Muxammad s a v ning vafoti oldidan,Jabroil alayxis salom oxirgi ziyoratlariga tushganda,Paygambarimiz Muxammad s a v dan suradilar : Yo Jabroil,mening vafotimdan keyin xam yer yuziga tushasizmi? Shunda Jabroil alayxissalom dedilar : Ey dustim Muxammad sizdan keyin yer yuzida nima xam kilar edim......

Zikr - Salovat

Allohning zikridan xam yengilroq va ajri ulug'roq ibodat yo'qdir! Allohni zikr qiling azizlarim!...

Qachongacha?..

«Ey Odam farzandi! Meni kimga shikoyat qilyapsan? Holbuki, shikoyat qilishing (uchun) Menga barobar zot yo‘q! Qachongacha Meni unutasan, holbuki buni sendan talab qilmadim?!......

Fikr qo'shish