Bolaning sochini oqartirgan kun

Bolaning sochini oqartirgan kun


«Ey Odam farzandi! O‘zingga va jamiki maxluqotlarimga nazar sol. Agar o‘zingdan azizrog‘ini topsang, uning hurmatini qozon. Illo, o‘zingdan azizini topolmasang, nafsingni tavba va solih amal bilan e’zozla. Allohning senga ato etgan ne’matini va U Zotning sizlar bilan bog‘lagan ahd-miysoqini esla. Sizlar o‘shanda «Eshitdik va itoat etdik», degan edingiz. Qiyomat kuni, "Tag‘obun" kuni (ya’ni, bir-birlarini aldash - ziyon yetkazish Kuni. Chunki bu dunyoda mo‘minlarni aldab, ularga ziyon yetkazish harakatida yurgan kofirlar u Kunda do‘zaxga giriftor qilinishlari bilan o‘zlarining ziyon ko‘rib, aldanib qolganlarini bilishib, nadomat qilurlar), Al-Haqqa (aniq ro‘y beruvchi) kun, miqdori-uzunligi (dunyo hisobida) ellik ming yil bo‘lgan bir Kun, bu (Kun) ular so‘zlay olmaydigan va ular uchun uzr aytishlariga ham izn berilmaydigan Kun, balo va dahshatli qichqiriq kuni kelishidan oldin Allohdan qo‘rqinglar. U kunda dahshatli azobdan yuzlar tirishib, burishib qoladi. U kunda hech bir jon (boshqa) bir jonga biron narsa qilishga (ya’ni, biron foyda yetkazishga yoki undan biron ziyonni ketkazishga) ega bo‘lmas! U kunda barcha ish yolg‘iz Allohniki bo‘lur! U to‘xtovsiz davom etadigan kundir. U zilzila kuni, qalblarni qattiq qoquvchi "qoria" kunidir. U kunda tog‘lar titraydi. U kun ibratli jazolar boshlanadigan, kun tez botadigan, dahshatli qichqiriq va eng so‘ngga yetiladigan, bolalarning sochlarini oqartirib, chollarga aylantirib qo‘yadigan kundir. O‘zlari eshitmagan (ya’ni, anglab, iymon keltirmagan) hollarida eshitdik, degan kimsalar kabi bo‘lmangiz!»

5 mahal namoz oʻqiydigan odam bir kunda

5 mahal namoz oʻqiydigan odam bir kunda: - 40 marotaba “Bismillah” - 40 marotaba “Fotiha surasi” - 80 marotaba “Ar-Rahmon” - 80 marotaba “Ar-Rohim” - 213 marotaba “Allohu Akbar”......

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilasizmi kimni ko‘rishni orzu qilgan

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilasizmi kimni ko‘rishni orzu qilgan ... 😢 Bir kuni Rasululloh ﷺ yig‘ladilar. 🔹Buni ko‘rgan sahobalar: “Sizni nima yig‘latdi, ey Allohning Rasuli?” deb so‘rashdi......

Har tong va kechqurun albatta shuni o‘qing

Har tong va kechqurun albatta shuni o‘qing: يَا حَيُّ يَا قَيُّومُ بِرَحْمَتِكَ أَسْتَغِيثُ، أَصْلِحْ لِي شَأْنِي كُلَّهُ، وَلاَ تَكِلْنِي إِلَى نَفْسِي طَرْفَةَ عَيْنٍ «Ya hayyu ya qoyyumu birohmatika astag‘iysu aslih liy sha'niy kullahu va la takilniy ila nafsiy torfata 'ayn» “Ey hay-tirik va qayyum sifatiga ega bo‘lgan Zot, Sendan yordam...

Safarga chiqishni niyat qilib, ulovga minganda aytiladigan duo

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarga chiqadigan bo‘lsalar, ulovlariga o‘rnashib olganlaridan keyin uch marta takbir aytar, so‘ngra...

Qazoga rozilik mo‘minning sifati

"Guvohlik beramanki, yakka O‘zimdan boshqa iloh yo‘q. Mening sherigim ham yo‘q. Muhammad Mening kulim va rasulimdir. Kim kazoi kadarimga rozi bo‘lmasa, balolarimga sabr, ne’matlarimga shukr kilmasa, berganlarimga kanoat etmasa, Mendan boshka xudoga ibodat qilaversin. Kim dunyo uchun g‘am cheksa, go‘yoki Menga g‘azab qilgan bo‘ladi. Kim...

Oxirat hovlisi silsilasi: O‘LIM (12/12)

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Alloh taolo dedi: Ey Odam bolasi, madomiki sen Menga duo qilib, Mendan umidvor turar ekansan, gunohing qanaqa bo‘lishdan qat’iy nazar, (ularning ko‘pligiga ham) parvo qilmasdan mag‘firat etaman......

Ayollar namozining farqlari

Savol: Ayollar namozi qanday farqlanadi? Javob: Erkaklar namozidan sakkiz joyda farq qiladi:......

Oxirgi imkoniyat

- Hasan Basriy bir brodarini dafn qilgandan keyin uning qabri ustidan turdida yonida turgan insonga o‘girilib: - Nima deb o‘ylaysan hozir bu (ko‘milgan inson) dunyoga qaytarilsa nima qilgan bo‘lar edi?...

Ko'zi ko'r avliyo

Yo‘qsil shayxlardan biri ko‘zi ojiz pirning uyida “Qur’on” turganini ko‘rdi. O‘zicha: “Bu yerda “Qur’on”ning nima keragi bor. Bu odam ko‘r bo‘lsa”, dedi. Shu o‘y oromini o‘g‘irladi. “Bu yerda shu ko‘rdan boshqa hech kim yo‘q, bu qanday sinoat? Yaxshisi hech narsa so‘ramay, sabr qilay, sabr bilan niyatimga yetay”, dedi. Tun yarmida “Qur’on”...

Qiyomat kuni xursand bo'lay desangiz...

Oxiratda har bir bandaning nomai a’moli o‘ziga ko‘rsatiladi. Bu haqida Alloh taolo shunday degan: “Biz har bir insonning amalini bo‘yniga ilib qo‘yganmiz. Qiyomat kuni unga ochiq holda ro‘baro‘ bo‘ladigan bir kitobni (ya’ni, nomai a’molini) chiqarib (ko‘rsatamiz. O‘shanda unga deyiladi:) “Kitobingni o‘qi, (qancha savobing, qancha gunohing...

Fikr qo'shish