Alloh kibrlilarni suymas
Ey Odam farzandi! Alloh guvohlik beradiki, Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir. Farishtalar, ilm egalari adolatda barqarordir. Hakimu Aziz Zotdan o‘zga iloh yo‘q. Albatta Alloh nazdidagi (maqbul) din Islom (dini)dir. Kimki Islomdan boshqa dinni xohlasa, (bu «dini») undan hech qachon qabul etilmaydi. Oxiratda u kimsa ziyon ko‘rguvchilardan bo‘ladi.
Alloh barcha narsalarning eng yaxshisi jannatda ekanining xabarini berdi. Kim Allohni xolis holatda tanisa, keyin U Zotta itoat etsa, najot topdi. Kim shaytonni tanib, unga itoat etmasa, salomat bo‘ldi. Kim haqni tanib, unga ergashsa, (xavf-xatarlardan) omon qoldi. Kim botilni tanib, undan saqlansa, g‘olib bo‘ldi. Kim shaytonni va dunyoni tanib, ularni tark etsa, saodatga erishdi. Kim oxiratni tanib, keyin uni talab qilsa, hidoyat topdi. Albatta Alloh O‘zi xohlagan kishini hidoyatli qiladi va yolg‘iz Unga qaytarilajaksiz.
Ey Odam farzandi! Modomiki, Alloh taolo senga rizqingning kafolatini bergan ekan, nega bu yo‘lda uzundan-uzoq tashvish chekasan?! O‘rnini qoplash Allohdan ekan, baxillik nega kerak?! Iblis Alloh taoloning dushmani ekan, g‘aflat nechun? Jahannamda azob bor ekan, rohat nechun?! Allohning savobi jannat ekan, gunoh qilish nechun?! Barcha narsa Mening qazoi qadarim bilan bo‘lar ekan, sabrsizlik nechun?!
Boy berganlaringizga g‘am chekmasligingiz uchun qo‘lingizga kirganlariga ham suyunib ketmang. Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas».
Izohlar 1