Seni yana sog'indim kechir! sog'inch haqida she'r

Seni yana sog'indim kechir!


Mag'rur turib, ko'ksimni kerib,
"Qaytmayman" deb, va'dalar berib,
Qalbimdagi o'tli muz erib,
Seni yana sog'indim kechir!

Yurakdagi toshlarim bilan,
Ko'nglimdagi g'ashlarim bilan,
Qarog'imda yoshlarim bilan,
Seni yana sog'indim kechir!

Yer chizaman, senga qarolmay,
Sensizlikka bardosh berolmay,

Tuyg'ularga qarshi yurolmay,
Seni yana sog'indim kechir!

Qalbim uzra uya qurgan g'am,
Yuzda kulgu, yurakda alam,
Sen o'zganing yori bo'lsang ham,
Seni yana sog'indim kechir!

Ishq bahridan o'tgan men edim,
Qancha ilhaq kutgan men edim,
Chidolmasdan ketgan men edim,
Seni yana sog'indim kechir!

O'z ustimdan o'zim ming kulib,
Hislarimning so'ziga kirib,
Yer yuzida qancha qalb turib,
Seni yana sog'indim kechir!

So'rab Haqdan, ishqdan pahonim,
Ko'kni tutib zalvorli ohim,
O'zim kechirmagan gunohim,
Seni yana sog'indim kechir!

Nechun kelmading…???

Seni kutdim, kutdim ko’p uzoq Yo’llaringga ko’zlarim mushtoq Kelishingdan aylabon ogoh Bevafo yor nechun kelmading?......

Sog'indimda pinhona

Bugun o'yga toldimu Yurakdan og'rindimda Qoʼlga qalam oldimu Pinhona sog'indimda......

Ayting, meni sog'indingizmi

Ayting, meni sog'indingizmi. Nega buncha jimsiz, azizim. Bir laxzada g'ayri dunyoda, Endi menga kimsiz, azizim......

Jonim sizni birgina menmas

Jonim sizni birgina menmas, Ma'yus boqqan ko'zlar sog'indi. Jonim sizni birgina menmas, Yurak qumsab, ko'ngil sog'indi......

Ko‘zlaringni sog‘inib

Vaqt o‘tarmi yoki baxt, Armonlardan og‘rinib. Yuragimda yig‘lar axd, Ko‘zlaringni sog‘inib......

Bu tun

Bu tun senga yetmas yoʻlimdir mening Bu tun senga eltar yolgʻiz najotim. Ming yilki piyoda kezib umrimni Seni tushlarimdan topdim hayotim......

O'zingni asragin men borgunimcha

Qachon qaytishimni bilmayman o'zim Seni sog'inyapman ko'zlari g'uncha Yodda tut doimo aytar shu so'zim O'zingni asragin men borgunimcha...

Ochilmay so'laman sizdan ayrilsam

❤️ Hechkimni sizchalik sog'inmaganman, ❤️ Devona bo'laman sizdan ayrilsam. ❤️ Axir yolg'izlikka qanday chidayman, ❤️ Ochilmay so'laman sizdan ayrilsam....

Qo'ymayabdi yuragimda g'am

Qo'ymayabdi yuragimda g'am Senda men yo'q, menda sen sal kam Kelmasliging bilib tursam ham Kutmoqdaman yong'ir ostida....

Ayriliq bildirar inson qadrini haqida sher

Sog'inch sinar ekan yurak sabrini,  Vaqt tuzatarkan qalbning dardini,  Har kuni yashnatar umid qalbini,  Ayriliq bildirar inson qadrini......

Fikr qo'shish