Onamga o'xshagan qizlar bormikan? uzbekcha she'r

Bo’ydoqlik ham jonga tegdi do'stlarim,
Yolg'izlarga bilmam dunyo tormikan.
Uylanaman men ham shu yil do'stlarim,
Onamga o'xshagan qizlar bormikan?
O'zi go'zal tengsiz ibo hayoda,
Irodami balki ismi Ziyoda.
Eh do'stlarim o'zi yorug' dunyoda,
Osmondagi oyni orzu qilmayman,
Bazilardek boyni orzu qilmayman,
Dunyo kezib ko’rsammikin bilmayman,
Onamga o'xshagan qizlar bormikan?
Yolg’izlikda sira ko’nglim to’lmaydi,
Hayollarim janonlarni o’vlaydi,
Onamga o’xshasa yomon bo’lmaydi,
Onamga o’xshagan qizlar bormikin.
Tag’dir bo’lsa to’y ham bo’lar bir kuni,
Topar har bir yigit o’zin juftini,
Qodir do’stim aytgin menga sen shuni,
Onamga o'xshagan qizlar bormikan?