Chiroyli qizlar sevgi haqida she'r

Bugun qarshingizda boshimni egib, Ming bora sizlardan so'ray uzurlar, Ko'nglingiz ranjitish emas‘ niyatim, Meni sevib qolgan chiroyli qizlar!
Go'zalsiz olamda tanxosiz tanxo, Sizdadur sadoqat ibo va hayo, Kechiring! bir bora boqmadim qiyo, Meni sevib qolgan chiroyli qizlar!
Labingizni burib qoshingiz kermang, Men g'arib shoirni yomon deb bilmang, Sizni sevolmayman hech xafa bo'lmang, Meni sevib qolgan chiroyli qizlar!
Sog'inib yo'limda bo'lmang intizor, Ko'zingiz aytadi sevgingiz oshkor, Meni deb ko'zyoshlar to'kmangiz zinxor, Meni sevib qolgan chiroyli qizlar!
Kechiring! javobsiz qoldirdim xatlar, Dardingizga qo'shib ya'na ham dardlar, Axir bittasini sevadi mardlar, Meni sevib qolgan chiroyli qizlar!
Xafa bo'lmang mendan ey qaro ko'zlar, Sizga ko'ngil bersam bir suluv bo'zlar, Qaydadir baxtingiz sizlarni izlar, Meni sevib qolgan chiroyli qizlar!