Javobsiz sevgim sevgi haqida she'r

Yuragim mushtoqdir so'zlaringizga
Ko'zlarim mushtoqdir
yo'llaringizga
Gullar tuta olmas qo'llaringizga
Azobdan yaralgan javobsiz sevgim
Sarobga aylangan javobsiz sevgim
Keling rozi bo'ling qalbim sizniki
Yuragim sizniki jonim sizniki
Sizni kutaverib sabrim to'ldiku
Armondan yaralgan javobsiz sevgim
Bu dunyo nimamish bu dunyo dardmish
Bugun sevib erta unitish shartmish
Baxtga yetmasingdan bo'larkan mish mish
Armondan yaralgan javobsiz sevgim
Sarobga aylangan javobsiz sevgim
Keling jonim beray jonim sizniki
Butkul ayriliqdan yurak bezdiku
Ayriliq azobi meni ezdiku
Armondan yaralgan javobsiz sevgim
Sarobga aylangan javobsiz sevgim
Har lahzada sizni keladi ko'rgim
Sizni sevdim desam turaverar jim
Yo atayin meni qiynaydi balkim
Armondan yaralgan javobsiz sevgim
Sarobga aylangan javobsiz sevgim