Kelasan yonimga kelasan ayrilik haqida she'r

Kelasan yonimga kelasan


Jim ketding so'zlarim tinglamay,
Beqiyos mexrimni anglamay.
Bir lahza g'ururing o'ylamay-
Kelasan yonimga kelasan...

Egilib mag'rur bu boshlaring,
Bir kuni qadrimni bilasan.
Yuzlaring yuvganda yoshlaring-
Kelasan, yonimga kelasan...

Gulyuzlaring siypalab hijron,
Mayin soching silaydi armon.
Ishq dardiga topolmay darmon-

Kelasan, yonimga kelasan...

Ko'changdan topolmay izlarim,
Ko'chamda shamoldek yelasan.
Sog'inib ishq to'la ko'zlarim-
Kelasan, yonimga kelasan...

Termulib biz yurgan yo'llarga,
Xazondek sarg'aygan gullarga.
Xar kuning tuyilib yillarga-
Kelasan, yonimga kelasan...

Sezganday o'z qilgan aybingni,
Anduhlar egallab qalbingni.
Aytolmay hech kimga dardingni-
Kelasan, yonimga kelasan...

Dardlaring sig'may tor yurakka,
Tilasan, bag'ringni tilasan.
Faryoding yetguday falakka-
Kelasan, yonimga kelasan...

Ayriliq onlarin cho'zolmay,
Muhabbat qasrini buzolmay.
Jasurdan ko'nglingni uzolmay-
Kelasan, yonimga kelasan...

O'zgaga yor bo'libsan

Osmondagi oy bo'libsan, Uzatsalar seni sevinibsan Dilda sevging pinxon tutib, Sen o'zgaga yor bo'libsan......

Mani ko'zlarimni yoshga to'ldirib

Eshitdim o'zgani baxtini baxti deb Mani baxtimdan osongina kechibsan Qoyilman boshqa birovni ko'zlarini Quvonchga to'ldirib Mani ko'zlarimni yoshga to'ldirib Orzu qilgan baxtinga yetibsan...

Ko'nglim seni kutib yashaydi

Bag'rin hijron shamoli ezib, Sevgi yurtin darbadar kezib. Sog'inchlardan shunchalar bezib, Ko'nglim seni kutib yashaydi......

Qo'limdan kelsaydi sizni unitmoq

Qo'limdan kelsaydi sizni unitmoq, Sevdim deb bunchalar yonib-kuymasdim. Sevgimni g'ururdan qo'yib ustunroq, O'zimni bunchalar yerga urmasdim..!...

Lekin orzuga yetganiz yo'q...

Unutdim deb yolg'on so'zlamang. Meni aslo unutganiz yo'q. O'zgalardan bahtni izlamang. O'zgalarda meni urnim yo'q......

Men seni yana intizor kutdim

Yig'ladim taqdirdan nolib " Ox " urib, Xayollar qo'lidan ohista tutdim. Ishq tomon talpinib, NAFRATni surib, Men seni yana INTIZOR KUTDIM........

Shunchaki yolg'izman shunchaki sensiz

Osmonlar buncha tor dunyo, buncha tor, Faqat alam cheksiz faqat g'am cheksiz. Barcha dardlarimni bir sababi bor, Shunchaki yolg'izman shunchaki sensiz....

Yuragimga yaqin Gulim mani

💔 Yuragimga yaqin Gulim mani. 💔 Asrab avaylagan yagonam mani. 💔 O'ziga sevdirib o'rgatib qo'yib. 💔 Endi tashlab ketgan begonam mani......

Yo'q endi o'zingni uzoq tut mandan

Yo'q endi o'zingni uzoq tut mandan Qayta yondirmoqa bo'lma ovora Sanga boqib turgan bu mag'rur ko'zim. End bir umirga senga Begona...😔🙄...

Nega seni unutdim?

Sen haqingda juda uzoq o'yladim o'yimga yetolmay qon bo'lar bag'rim Sevgi shaxriga men yetolmay qoldim Ayt Azizim Nega seni unutdim?......

Fikr qo'shish