Itoat uzbekcha she'r

Itoat
Itoat


Men safarga ketyapman hotin,
Ruhsatimsiz chiqma ko'chaga.
Ho'p bo'ladi - dedi ayol jim,
Hotirjamlik cho'kdi o'rtaga.

Ikki kuncha o'tib oradan,
Taqilladi darvoza sekin.
Kim u - ayol so'radi undan
Men otangning do'stiman qizim

Otang betob yotibdi uyda,
Shuni senga aytgani keldim.
Ayol dedi, titroq, kuyda:
Shifo bersin yahshiyam bildim

Borolmayman lekin ming afsus,
Erim ketgan olis safarga.
Chiqma degan ko'chaga essiz,
Kelsa borib kelamiz birga.

Ikki soat o'tmasdan yana
Taqilladi darvoza qattiq
Kim u – ayol dedi baralla
Ukangizman – gapirdi achchiq

Otam biroz og'ir axvolda,
Sizni so'rab kutyapti xalak.
Padaringiz ahir xar holda,
Tosh emasdur sizdagi yurak!

Ukajonim, hato o'ylama,
Pochchang kelsin safardan qaytib.
Xech qaerga chiqma deganda,
Shifo bersin, borib qo'y aytib.

Uka ketdi, qaytib ortiga,
Opa biroz siqildi, yondi.
Alam qildi ketolmay birga,
Sadoqati tufayli qoldi.

Ikki kundan keyin darvoza
Taqillardi, yaqinroq tushga
Ayol ko'ngli o'rtanib rosa
Ulgurmadi kim u deyishga

Opa, otam qildilar qazo
Bosmadingiz bir bora qadam
Ayol yig'lab derdi: Ey, Hudo
Jannatlarga kirsinlar dadam.

Xech narsani o'ylamay ayol,
Darvozadan chiqmoqchi bo'ldi.
Shu payt ketdi eriga xayol,
Choram yo'q deb, erga yiqildi.

Uka jahl qildi-yu, qaytdi,
Tushunmasdan opani bir zum
Shunday bo'lgan zamon u payti
Telefonlar bo'lmagan udum.

Uch kun o'tib, safardagi er,
Qaytib keldi sog'u-salomat.
Voqeani tinglab eri der:
Bormabsan-da, attang o'sha payt

Gapingizni erda qoldirsam,
Gunohidan qo'rqaman buni.
Indamasdan bilganim qilsam,
Qiynalaman ohirat kuni.

Yig'lagancha uhladi ayol,
Tushga kirdi o'lgan otasi.
Unga kulib qo'ydida hiyol:
Qizim, yahshi dedi xammasi.

Bir amaling yoqib Hudoga,
Allox menga mukofot berdi.
Itoatgo'y bo'lganding erga,
Jannatiymiz hammamiz endi.

Qara, jannat ro'yhatlarida:
Onang, ukang, ering va o'zing.
Qarindoshlar jamdur barida,
Oldimda xam yorug'dir yuzing.

Qay xolatda o'lsa ham bari,
Jannatlarga bo'lar musharraf.
Sevintirdi jon qizim mani,
Sening otang ekanim sharaf.

Seskandi-da uyg'onib birdan, 
So'zlab berdi onaga tushin.
Ona dedi: Bu ishin chindan,
Tahsinlarga arzirkan qizim.

Har kimki...

Har kimki layk bossa layk qaytgusidur, Har kimki podpiska tashasa podpiska qaytgusidur, Yaxshi profil ko'rmagay yomonlik hargiz, Har kimki yonim bo'lsa block topgusidur......

Sadoqat bilmagan xiyonat dunyo

Sadoqat bilmagan xiyonat dunyo To'rt kunmas, uch kunlik g'animat dunyo Xayotni sinovga to'ldirib qo'yib, Sabrga mukofot bermagan dunyo....

Puling bo'lmasa nima qilibdi

Puling bo'lmasa nima qilibdi Rizq berguvchi Alloh bor Sevganing bo'lmasa nima qilibdi Seni sevuvchi Alloh bor...

Xayrli tun jonim

Sevgilim, bu oqshom go'zal xayol sur, Xayol kemasida olib ketay yur, Baxtning og'ushida yum ko'zlaringni, Xayrli tun jonim, shirin tushlar ko'r......

O'zgaribdi bugun odamlar

Katta kichik qilib qadamlar, To'lib ketsa yurak alamlar, Yashab bildim dunyo ishini, O'zgaribdi bugun odamlar.......

Onamning isi kelgan jonimdir OPAM

_Onamning isi kelgan jonimdir OPAM 😍 _ Dard kelsa boshimga darmonim OPAM _ Ozor yetsa jonimga ko'zga yosh olib 💋 ___ Mendan oldin Jon berib yiglaydi OPAM...

Roziman Allohim ne yozgan bo'lsa

Xolimdan kimlardur erinmay kulsa, Xor bo'lsam dillari shodlikka to'lsa. Men hatto kiprik ham qoqib qo'ymayman, Roziman Allohim ne yozgan bo'lsa....

Hijron kechasida kelmasa uyqu

Hijron kechasida kelmasa uyqu Sani bedor etgan mening yodimdur. Qalbinga cho'q solsa otashin tuyg'u. Alov bo'lib ko'ringay maning ismimdur....

G'iybatim qildi

Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Suratim avaylab yurakga ildi. Kimgadir aksincha, keldimmi malol Ertadan kechgacha g'iybatim qildi......

Maylimi?

Nega ko'nglingizga qo'nibdi g'ubor, Yoki xomush bo'lish zamon zaylimi? Sizga kichikkina iltimosim bor: Bir shirin tabassum qiling, maylimi?......

Fikr qo'shish