Armon (ayanchli hikoya)

Armon (ayanchli hikoya)
Armon (ayanchli hikoya)


Kichikligimda ota-onam o'tib ketishgan. Akam menga xam ota, xam ona o'rnida edi. Qiynalib-qiynalib meni odam qilgan, o'zlari o'qimagan bo'lsada, meni o'qitgan. Ota-onam ukanga g'amho'rlik qil deb u kishiga vasiyat qilganlari uchun og'ir mexnat qilib bo'lsada meni xech nimaga zoriqtirmay katta qildilar. 28 yoshida uylandilar. Ikki farzandlik xam bo'lishdi. Akam meni juda yahshi ko'rardilar. Goxida yangam xazillashib: "Akangiz mendan xam ko'proq sizni yahshi ko'radi", derdi. Nima topsalar menga ilinardi. Meni uylantirish niyatlari bor edi. Xammasi o'sha kunlardan boshlandi. Dastavval ancha toblari qochib bir-necha kun ishga chiqmadilar. Keyin bir kun xushidan ketdilar.

Shifohonaga obordik. Doktor ko'zimga boqib, tashvishli nigoxda bittagina so'z aytdi: rak... Men umrimda bundan daxshatli so'zni eshitgan emasman. Butun vujudim muzlab ketdi. Bir necha kun o'zimga kelolmadim. Akam bu xaqda yangang bilmasin dedi. Doktorlar umid juda kam, deyarli davosi yo'q deyishdi, 99 foizga. Bir foiz umid bor ekan-u deb Hudoga shukr qildim. Doktorlar agar operaciya qilinib ilik ko'chirib o'tkazilsa, uni saqlab qolish mumkin deyishdi... Yangam bilib qolib, yig'ladi. Jiyanlarim xali yosh. Ular biz kabi otasiz o'smasligini Alloxdan so'rardim. Akam ularga kerak edi. Suyak ko'chirib o'tkazishsa faqat meniki unga mos kelishi mumkin.


Yagona muammo bu operaciya tufayli mening xayotimga xavf tug'ilishi mumkinligida edi. Men xali yoshman. Uylanmaganman. Akam uchun shunday qilishim kerak edi. Doktordan bu xaqda akamga aytmasligini so'radim.. Operaciya kuni yaqinlashardi. Lekin hotirjam edim. Ahir jondan ortiq jigarim- akamni saqlab qolishim mumkin edi. Akamga donor topilganini aytishdi. Biroz sevindilar. Ohirgi oyda akam ancha qiynaldi. Ayniqsa bolalarini ko'rganida boshqacha ezilardi. Bildirmasada mendan bekitolmaydi. Bir vaqtlar meni och qolmasin, kiyimi but bo'lsin deb elib-yugurganida, kasal bo'lib qolganimda kechasi bilan boshimda bedor o'tirib chiqqanlarida nigoxida shu qo'rquv bor edi. "Akajon, siz xali yashaysiz! "Men bormanku". Nixoyat o'sha tong otdi. Inshollox, bu tong akamga yangi xayot ato etadi.

Men... nasib qilgan bo'lsa yashayman! Shifohonaga kelsam doktor akamni palatasi yonida o'ychan turardi. Salomlashdim, operaciyaga tayyorligimni aytdim. U: "Endi operaciyaning foydasi yo'q" dedi. -Akangiz olamdan o'tdi, bandalik uka, bardam bo'ling... Sovuq ter chiqib ketdi tanamdan. O'tirib qoldim. Doktor akamni kechagi bir kunlik dorisini ichmaganligini, yarim tunda joni uzilganini aytdi, qo'limga qog'oz tutqazdi. Yig'lab yubordim. Bor ovozim bilan yig'ladim. Ko'zimda yosh bilan akamning so'nggi yozuvlarini o'qidim: "Ukaginam, sendan roziman. Tugab bo'lgan odam uchun xayotingni xavf ostiga qo'yishning keragi yo'q. Yangang va jiyanlaring senga omonat.

Hudo yor bo'lsin!" Akam bilgan ekan.. Ex, akajon! Sizga bir martagina g'amho'rlik qilmoqchiydim. Sizni qanchalik yahshi ko'rishimni isbotlamoqchiydim. Qarang akajon, baribir siz meni ko'proq yahshi ko'rarkansiz....

Asl baxt nimaligini bilasizmi?

Salom hurmatli saytdoshlar. Sizlarga o'z hayot yo'limdan ozgina hikoya qilmoqchiman. Hali maslahat berish yoshida bo'lmasam-da, o'zimdan 8-10 yosh kichik yoshlar xulosa chiqarib olsalar bo'ladi. Oilada uch o'g'ildan keyin tug'ilganman....

Ro'zaning mashru' qilinishi xaqida quyidagicha rivoyat bor

Ro'zaning mashru' qilinishi xaqida quyidagicha rivoyat bor:  Allox aqlni yaratib, unga: "Oldinga o'giril", dedi. U o'girildi. So'ng "Orqangga o'giril", dedi. Yana o'girildi. Keyin Allox: "Sen kimsan-u Men kimman?"...

Sabr...

Ularning turmush qurganiga o'n bir yil bo'ldi. Ularning oilasi juda xam axil! Lekin ollox ularga farzand bermadi... Bir kuni er ishdan chiqib ulfatlari bilan ichdi. Ulfatlar unga mast xolda juda ko'p gaplarni aytdilar......

Yaqinda musulmon bo'lgan bir yaxudiy xikoya qiladi

«Bir musulmon inson bilan sheriklikda ancha yillar tijorat bilan shug'ullandik. Ishimiz juda kattalashdi. Katta foydalar qildik. Vaqti kelib, ikkimiz ajralishga qaror qildik. O'rtadagi molimizni xisobladik. Ikkimizning ulushimiz aniq bo'ldi......

Niyatim amalga oshganidan afsusdaman

Yaratgan sizga farzand ato etadi, biroq uning jinsini siz rejalashtirolmaysiz, xatto u sog'lom tug'iladimi-yo'qmi, buniyam bilish mushkul masala. Atrofga nazar tashlab, butkul soppa-sog' odamlar xam nogiron, biron joyi kemtik farzandlar ko'rishganining guvoxi bo'lganman. Bunga balki qandaydir sabablarni ro'kach qilib ko'rsatish mumkindir (masalan,...

O'z manfaatini o'ylagan Shox

Qadim zamonlarda bir podshox o'z shaxrida masjid qurdirmoqchi bo'libdi. U masjidni qurishda xech kim na biror moli va na biror boshqa narsa bilan yordam bermasligini qattiq tayinlabdi. Chunki u masjidni biror bir yordamsiz, faqat o'zining molidan qurdirmoqchi ekan......

Sevgi Bor Men Ishonaman...

Ba'zilar hozirgi kunda haqiqiy sevgi qolmagan deyishadi. Lekin, men uning borligiga ishonaman. O'zim guvoh bölganman shunday sevgiga. Bu xuddi qörqinchli tushga öxshaydi... Opam bir yigit bilan bir-birlarini qattiq sevishardi....

Bu voqeani Xind ro'znomalaridan birida o'qidim

Bu voqeani Xind ro'znomalaridan birida o'qidim. Xodisa Xindiston janubidagi Kerala shtatida, aniqrog'i Malappuram shaxarchasida sodir bo'lgan ekan. Shaxarda mexmon bo'lib turgan shimollik tadbirkor Orif Vani kechki ovqat uchun oynavand......

Ayyor qiz

"Xavo namuncha sovuq bo'lmasa... Uff, shunchayam kuttiradimi?! Uyga borib olay, oyimga xam, ularga xam shu qilganlari uchun uch kun arazlamasammi?! Bo'ldi. Sabrim tugadi. Ketdim!”......

HO'KIZ MONOLOGI… (hajviya)

Ordona qolgan oqibat Akammisan, ukammisan, kim bo'lsangam meni tanivol! Men Ho'kizboy Torg'il o'g'li Suyarqulov bo'laman. Avlodlarimiz o'sha kiroyi ho'kizlardan bo'lishgan. Bobomning bobosimi, yo bobosining bobosimi, allambalo zotlardan bo'lishgan ekan. Zotimiz o'sha kattakon zotlardan ekan. Olaxon momom gapirib bergan. Momom rahmatli meni ne...

Fikr qo'shish