Ey jufti xalolim

Ey jufti xalolim
Ey jufti xalolim

Bizni birovlardan ne kamimiz bor,
Ey jufti xalolim, ne g'amimiz bor.
Garchi bog'lar kezib yurmadik birga,
Eslasak arzirli hush damimiz bor...

Garchi men bilan xech yo'kday ishlaring,
Men xakdadir xatto ko'rgan tushlaring.
Sevdim demasang xam sevging izxori —
Ko'zing to'la mexr jilmayishlaring.

Mexri sadoqati siymu zar sanam,
Munglig'im, munisim, mushtiparginam.
Parvonam sensanu boshimda mudom,
Qadringga yetmayin kelganim alam.

Bir bor qosh uymagan qalam qoshligim,
Sochingdagi oqlar — bag'ri toshligim.
Bir shirin so'z aytmay, bitta gul tutmay
Sen gulni so'ldirdi mening yoshligim.

Darding olay yorim, aytgil dardingni,
Tog'lar ko'tarolmas sening dardingni.
Sevdim demasam xam sevgim izxori —
Umr o'rtasida bildim qadringni!..

Bizni boshqalardan ne kamimiz bor,
Ey jufti xalolim, ne g'amimiz bor.
Garchi bog'lar kezib yurmadik birga,
Eslasak arzirli hush damimiz bor...


Muxammad Yusuf



Fikr qo'shish