G'iybatim qildi uzbekcha she'r

G'iybatim qildi


Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Suratim avaylab yurakga ildi.
Kimgadir aksincha, keldimmi malol
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi.

Yana kim sog'indi har on intizor,
Har kecha tushlarin mehmoni o'zim.
Allakim haydadi, kechdilar shunday
Shunchaki unutdi yoshlatib ko'zim.

Har kuni yo'qladi yiroqdan kimdir,

Yonimda yashadi kimdir bexabar.
Kimgadir yoqmadim, kimgadir yoqdim
Kim shirin bol tutdi, kim tutdi zahar.

Kim shodlik ulashdi g'amlar haqqiga,
Borimni ol deya kamlar haqqiga.
Allakim yashadi hayotdan sarxush,
Men chekkan azoblar, namlar haqqiga.

Kim baxtim tiladi tong otmay turib,
Ko'nglimni bog'iga gul ekib ketdi.
Yo'limga tuzoqlar qo'yib kim, birov
Ko'rgan har kunimga pushaymon etdi.

Bir kuni dunyodan ketaman kechib,
Yog'och ot ustida oq to'nim kiyib.
Shunda ham kimlardir azasi yolg'on,
Kimlardir yig'laydi chin dildan kuyib.

Bu hayotda ko'p hikmat, tilsim

Bu hayotda ko'p hikmat, tilsim, Yurak unsiz bo'zlab yotibdi, Tushunganlar o'tiribdi jim Tushunmaslar so'zlab yotibdi......

Dardini

Oddiy qilib tushuntirgan «dardli»dir, Go‘zal qilib tushuntirgan «adabiyotchi»dir, Holi bilan tushuntirgan «oshiq»dir, Tabassumi bilan berkitgan «orif»dir....

Ajab sohir tuyulmoqda bu damlar

Ajab sohir tuyulmoqda bu damlar, Hayqirib kuylaydi hatto toshgacha. Nechun beparvosiz axir, odamlar, Bu tun o‘zgachadir, tamom boshqacha!......

Yig'lamang, ko'zyoshga arzimas dunyo

Yig'lamang, ko'zyoshga arzimas dunyo, Qatra yoshingizga arzimaydi u Yig'lamang arzimas, arzimas go'yo, Muqaddas narsadek ko'ringan tuyg'u......

Jahannamga begona qil

Qalbim ishqqa to‘lib toshsin, Yo Rab, mani devona qil. Jannatingda qadrim oshsin, Jahannamga begona qil!...

Kimlardur xakkimda nelar degandur,

"Kimlardur xakkimda nelar degandur, Men maqsad iymonning butligi dedim. Mana xaqiqatni Allohdan so'rang, Uning xuzuriga kup-quruq ketgum"...

Yana ko'rishguncha, desam maylimi

Xayr, uzoq yillar kutgan mexmonim, Sal kam o'ttiz yilga kechikkan tuyg'u. Huddi vujudimdan ketmoqda jonim, Shunchalar chiroyli bo'larmu qayg'u!......

Sen qaydan bilarding...

Sen qaydan bilarding, osmon chetida Tun zaxri sezdirmay o'chayotganin, Intiq sherigini izlab tun bo'yi Bir yulduz sog'inib uchayotganin......

Нархи канча мехрни айтинг

Нархи канча мехрни айтинг Олиб берай мехрсизларга Ёпмаса бас юзимга эшик Улашаман калби музларга...😔😢...

Bevafo yor

Orzularim yuragimda yig'lamoqda, Armonlarim qah-qah otib quvnamoqda, Seni qo'msab yana meni qiynamoqda, Kelmayapti, bevafo yor kelmayapti......

Fikr qo'shish