Men BAXTLI bo'laman ishonavering uzbekcha she'r

Men BAXTLI bo'laman ishonavering
Men BAXTLI bo'laman ishonavering


Bir kun malikaga o'xshab qolaman,
Gul qadalgan oppoq libos olaman,
Muzdek yuraklarga o'tlar solaman,
Men BAXTLI bo'laman ishonavering.

Bir kun ko'z o'ngimda gulaydi baxor,
Oyqizlar havasla aytishar yor-yor,
Menga gullar tutar meni suygan yor,
Men BAXTLI bo'laman ishonavering.

Bir kun mahkam quchib dadam poyini,
Sog'inchla aylanib uy har joyini,
Yig'lab tark etsamda Ota uyimni,
Men BAXTLI bo'laman ishonavering.

Bir kun yor-yorlarga to'lar samolar,
Yo'limda tutashar ko'kka olovlar,
Bobom va buvimdan olib duolar
Men BAXTLI bo'laman ishonavering.

Bir kun xonamga baxtlar to'ladi,
Oynadan go'zal bir kelin kuladi,

Dadam juft Oyim ham ikkita bo'ladi,
Men BAXTLI bo'laman ishonavering.

Bir kuni yuzimga upalar surib,
Boshimga popukli romollar o'rab,
Qizchalar chiqqanda ro'molcha so'rab,
Men BAXTLI bo'laman ishonavering.

Bir kuni charog'on bo'ladi kunlar,
Guldonda ochilar oq atir gullar,
Hovli ko'chalarga sepganda suvlar,
Men BAXTLI bo'laman ishonavering.

Birkun ular uchun sarpo teraman,
Ko'zlariga o'tdek yonib turaman,
Borsangiz sizga ham salom beraman,
Men BAXTLI bo'laman ishonavering.

Bir kun fayizli bir joy tuzataman,
Dadajon, Oyijonga choy uzataman,
Begimni ko'chaga shod kuzataman,
Men BAXTLI bo'laman ishonavering.

Birkun polvonimga aytsam allalar,
Uyimga to'lar so'ng beshik yallalar,
Toybola onasi bo'lgan pallalar,
Men BAXTLI bo'laman ishonavering.

Bir kun nigoxlarim bo'lar bo'lakcha,
Orzularim sari BAXTdan yo'lakcha,
Qizchamga kiydirib atlas ko'ylakcha,
Men BAXTLI bo'laman ishonavering.

Bir kuni boshimdan yog'ar yog'dular,
Meni tark etadi g'amlar qayg'ular,
Farzandlarim uchun qilib orzular,
Men BAXTLI bo'laman ishonavering.

Bir kun termulsalar ko'zimga kulib,
Ko'zlaridan boqiy sevgisin bilib,
Begim bekligini duvolar qilib,
Men BAXTLI bo'laman ishonavering.

Yuragim dardin olsam qalamga

Yuragim dardin olsam qalamga. Taqdir qog'oziga tushadi alanga. Nechta gulga moyil bo'lmagan qalbim. Bitta yor dastidan to'ldi alamga....

Mayli telba bulay sening ishqingda

Mayli telba bulay sening ishqingda Hozirgi ahvolim telbadan battar Soginch o'yib kirdi jon tomirimga Bir bor qaytib kelib sen meni qutqar......

Bir lahzaga tiriltir mani (Ibratli she'r)

Tanam azobda man ming afsusdaman Qabrim tor na bo‘y bor na bordir eni Yagona o‘tinchim so‘rayman sendan Alloh bir lahzaga tiriltir meni......

Aka - Uka urushmasin

Bir qorindan kelib dunyoga Bir birini turtishmasin G'iybat ig'vo gaplarni deb Aka - Uka urushmasin......

Ishqimning uvoli tutmasa bo'ldi

Yo'lingni armonlar kutmasa bo'ldi, Yuraging fig'onlar yutmasa bo'ldi, Baxtli bo'lishingni tilayman lekin, Ishqimning uvoli tutmasa bo'ldi......

Ochilgan gullarni umri ko'zgacha

Ochilgan gullarni umri ko'zgacha, O'limning orasi qoshu ko'zgacha. Muxabbat va nafrat shunchalar yaqin, O'ylamay aytilgan bitta so'zgacha...!...

Seni sevdim ona vatanim

Sog'inchlardan o'rtansa dillar, Seni so'rab tursa tuyg'ular, Armonlarga bermayin yo'llar, Seni sevdim ona vatanim......

Duo qiling...

Duo qiling.....! Kelin bo'lay kelinlarni zo'ri bo'lay, Mexribonim xonadonin nuri bo'lay.....! Ota uyga andux bilan bormayin xich, Baxt chashmasin yonib turgan duri bo'lay, Oyijon deb dadajon deb axti bo'lay.....! Qaro qoshli shaxzodamning baxti bo'lay.....!!!...

Ozor berma...

Ozor berma qalbimga ozorlardan to‘yganman Ko‘zimdagi bor yoshni yig‘lab to‘kib bo‘lganman Kuchli bo‘lsang shunchalar kulib yashashni o‘rgat G‘am alamli hayotni sensiz ko‘rib bo‘lganman....

Inson yashar ekan...

Inson yashar ekan sevib, sevilib, Bu ko'hna dunyo ostonasida. Lekin bilmas ekan dunyoga kelib, Ne kunlar borligin peshonasida...!...

Izohlar 13

  1. Офлайн
    MADINA
    MADINA 10 октября 2023 09:03
    Men,albatta,baxtli bo'laman mavzusida 10-12 ta gapdan iborat matn tashlab yuborizla. Matnda umid qilmoq,harakat qilmoq,intilmoq,izlanmoq,erishmoq,havas qilmoq kabi so'zlardan foydalanilsin.
  2. Офлайн
    Rohatoy
    Rohatoy 9 октября 2023 13:48
    Zõr she'rninggiz!🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷
  3. Офлайн
    Yulduz
    Yulduz 8 октября 2023 12:13
    Assalomu aleykum yaxshi misilar uzur menga matn kerak edi iltimos matn yozivorila men albatta baxtli bo'laman mavzusida matnda umid qilmoq,harakat qilmoq,intilmoq,izlanmoq,erishmoq,havas qilmoq, so'zlari ishtirok etsin iltimos🥰😍❤️
  4. Офлайн
    Janona
    Janona 10 января 2023 09:32
    Sher juda ajoyib gap yoʻq👌
  5. Офлайн
    Iroda
    Iroda 9 октября 2022 10:40
    👍👍👍👍👍👍👍👍 tasirlandik zor
  6. Офлайн
    Jasmina
    Jasmina 26 июня 2022 19:40
    Men baxtli bo'laman ishonavering sherni asl muallifini isim shariflari nima iltimos aytvorila
  7. Офлайн
    Xxxx.
    Xxxx. 22 мая 2022 14:34
    Ijodizga OMAD ✊✊
  8. Офлайн
    Marjona
    Marjona 20 марта 2022 05:52
    She'rga Gap yoq ijodlarizga omad
  9. Офлайн
    Nozanin Qodirova
    Nozanin Qodirova 11 ноября 2021 16:59
    Kotta rahmat. Juda ham manoli she'rlar ekan!🤗
  10. Офлайн
    Irodahatamova
    Irodahatamova 13 октября 2021 21:22
    Kottakon rahmat 😘😘😘❤❤❤
  11. Офлайн
    Darina
    Darina 13 октября 2021 18:53
    Menga matn kerak
  12. Офлайн
    Dilzoda
    Dilzoda 9 октября 2021 16:36
    Fucxgdxhtjag
  13. Офлайн
    Durdona Saidmuhammadova
    Durdona Saidmuhammadova 6 октября 2021 18:40
    Kattakon raxmat

Fikr qo'shish