Volidamni nega yig'latding. uzbekcha she'r

Volidamni nega yig'latding.


Soxta nigohlardan bezidi ko'nglim,
Umrimning yarmidan to'ydimmi nahot.
Onam ko'z yoshida ko'rganman seni,
Volidamni nega yig'latding hayot?

Qo'rqdingmi undagi metin sabridan,
Fig'oning falakda,mana deysan dod.
Sinoving oldida chidab yursa ham,

Volidamni nega yig'latding hayot?

Ko'zyoshin ko'rguncha bo'lmasmidim ko'r,
Sezaman,yuragi qiladi faryod.
Farzand deb o't cho'qqa ursa ham o'zin,
Volidamni nega yig'latding hayot?

Oromin yo'qotgan kechalar guvoh,
Tunda ham uyqusin qilgansan barbot.
Oyog'i ostida jannatni qurib,
Volidamni nega yig'latding hayot?

Gohida g'am cheksam bo'lar parvona,
Shukurki menda ham bordir shunday zot.
Hamisha shodlikni ko'ray ko'zida,
O'tinchim onamni yig'latma, hayot...

Quyoshdan sham afzal, shamda vafo bor

Quyoshdan sham afzal, shamda vafo bor, O‘z tanin yoqsa-da kulbam yoritgay. Quyoshni sevaman, nur bisyor va lek - Barchaga kulishi ko‘nglim og‘ritgay....

Mehr

Orzularim armonlarga aylanmasin, Hayollarim dardni baxt deb saylamasin, O'tmishlarim meni qiynab o'rtamasin, Bevafolik, bemehrlik qiynar meni......

Yulingizdan termang aslo tikonlarni

Yulingizdan termang aslo tikonlarni, Qulingizni yulsalar xam silab quying. Bu dunyoni g‘urbat bilgan kimsalarni, Shayton deya qul siltang u, kulib quying.....

Rashqchi ayollar

Ho'p ahtarur erining kirin. Topib olsa birorta sirin. Tamom bo'lgay erkak bechora. Qidirardi biron bir chora......

Beshik kuchib turgan ayol chiroyli

😊 Ming shirin izhordan takdir atagan, 😊 Yorni sogintirgan hayol chiroyli. 😊 Yuzidagi onalik dogi ketmagan, 😊 Beshik kuchib turgan ayol chiroyli....

Sevgi o'zi besh harf

Sevgi o'zi besh harf Besh qit'ani titratar Ba'zilarga baxt tilab Ba'zilarni yig'latar....

Bir sher to'qib beraymi?

Bir sher to'qib beraymi? Dardim to'kib beraymi. Sizni suygan yurakni, So'kib so'kib beraymi. Sizni hursand qilmagan, Tilagimni kechiring. O'z tengini bilmagan, Yuragimni kechiring...!...

Yig'lama baribir o'lgan bo'laman

Taqdir zarbasidan yiqilsam birkun Seni yuragimdan o‘chirsam bir kun Bu zor alamlardan qutilsam bir kun YIG'LAMA BARIBIR O‘LGAN BO‘LAMAN..!...

Kapalaklar odamlardan mehribon

Tug’ilgandan men sho’rlikning bag’rim qon, Bir jismimda talashadi ikki jon. Jon talashsam, tepamda charx urgan ul, Kapalaklar odamlardan mehribon…...

Volidamni nega yig'latding.

Soxta nigohlardan bezidi ko'nglim, Umrimning yarmidan to'ydimmi nahot. Onam ko'z yoshida ko'rganman seni, Volidamni nega yig'latding hayot?......

Fikr qo'shish