Begona qo'ng'iroq

Begona qo'ng'iroq
Begona qo'ng'iroq


Kunlarning birida begona telefon raqamidan qo'ng'iroq bo'ldi, go'shakni ko'targanimda narigi tarafdan: -Dada, men sizni qattiq sog'indim, juda qattiq sog'indim, tezroq kelsangizchi. Dada! - degan kichkina qizbolaning umidli, mahzun ovozi eshitildi. Beixtiyor kulimsiradim: “Qizaloq, adashding, nomerni hato tergan ko'rinasan, ” deb telefonni o'chirdim. To'rt yashar o'g'lim bor. Xayolimga farzandim keldi. Bu qizcha xam milionlab shunaqa shirintoylarning biridirda deb qo'ydim.

Ammo kutilmaganda yana o'sha telefon raqamidan qayta qo'ng'iroq bo'ldi. Ertasiga xam o'sha raqamdan o'sha qizcha hazin ovozda meni yo'qlayverdi. Xar safar: - Dada, qachon kelasiz? Sizni qattiq sog'inib ketdim! - o'sha so'zlar. Telefon o'chirilgach yana qayta qo'ng'iroq bo'laverdi. Men telefonimni o'chirib qo'yaverdim. Qayta - qayta qo'ng'iroq bo'laverardi. Oxiri telefonni ko'tarishga majbur bo'ldim. - Dada, Men sizni qattiq sog'indim! Men juda qattiq qiynalib ketdim... Dadajonim! Qay darajada sizni sog'inganligimni bilasizmi! Onamning aytishicha bu sizning yangi raqamingiz ekan.


Adashishim mumkin emas. Onam sizni ishlagani ketgan deydilar. Dada, bizni boqaman deb qiynalib, ishlab yurganingizni bilaman. Agar ko'rgani kelish uchun imkoningiz bo'lmayotgan bo'lsa, hech bo'lmasa telefonda suxbatlashib, erkalab qo'ying! G'oyibona bo'lsada, betimdan, ko'zimdan, qulchalarimdan o'pib erkalab qo'ying! Mexrib jo'shib ketdi. Uning betidan, ko'zidan, qulchalaridan g'oyibona o'pib erkalab qo'ydim, “Erkatoyim, qizalog'im”, - deb erkaladim. - Raxmat!... Dadajon!... Juda xam hursandman! Juda xam bahtliman!... Uzulib-uzulib aytilgan so'zlardan keyin telefon o'chdi. Bir soatlar o'tar – o'tmas xaligi nomerdan qayta telefon bo'ldi.

Bu safar ovoz soxibi kichkina qizcha emas, balki bolaning onasi edi - Janob, Sizdan uzr so'rayman. Kechadan beri sizni biroz qiynab qo'ydik. Shu sababli sizdan kechirim so'ramoqchi bo'lib telefon qilayotgan edim. Qizalog'imni anchadan beri sog'lig'i yahshimas. Oqqon kasalligiga duchor bo'lgan. Dadasi yaqinda avtoxalokat natijasida vafot etdi. Mash'um xabarni qizalog'imga aytishga jur'at qila olmadik. O'tgan davrda uning yolg'iz ovunchog'i dadasi edi... Dadasi uni qattiq yahshi ko'rardi...

Uni erkalab, shirin so'zlar aytib darddan qiynalgan vaqtida unga dalda bo'lib kelgan... Dadasi vafot etgandan keyin u qattiq azob ichida qoldi... Oxiri qizimning qiynalganlariga, zorlanishlariga chidayolmay telefondan sonlarni tavakkal yozib shu dadangni yangi telefon raqami deb bergandim...

Ammo yolg'onim sabab bo'lib boshqa kishilarni bezovta bo'lishini o'ylamagan ekanman... Narigi tomondan ayolning ichi to'lib, o'ksib-o'ksib yig'layotgani bilinib turardi. Ushbu gaplarni bazo'r qiynalib gapirayotgandi. Shunda “Qizingiz xozir yahshimi?”, - deb so'radim men. Ayol esa yig'isini yashirishga urinib, biroz sukutdan keyin: - U ketdi, meni yolg'iz tashlab ketdi, qizalog'im dadasining oldiga ketdi. Siz uni erkalab qo'yganingizdan keyin dadasini ovozi eshitilgan telefon go'shagini qattiq quchoqlab, yuzida tabassum bilan omonatini topshirdi...! Yuragim ezilib ketdi, nima deyishimni bilmay qoldim...

HO'KIZ MONOLOGI (hajviya)

Ordona qolgan oqibat Akammisan, ukammisan, kim bo'lsangam meni tanivol! Men Ho'kizboy Torg'il o'g'li Suyarqulov bo'laman. Avlodlarimiz o'sha kiroyi ho'kizlardan bo'lishgan. Bobomning bobosimi, yo bobosining bobosimi, allambalo zotlardan bo'lishgan ekan. Zotimiz o'sha kattakon zotlardan ekan. Olaxon momom gapirib bergan. Momom rahmatli meni ne...

Madat ber, Alloh

–Dada, oyim nimaga uyg‘onmayaptilar? Jajji bolakayning savoli shundoq ham siqilib turgan dadasining yuragini ezdi. O‘g‘lini tizzasiga o‘tqazdi-da, peshonasidan o‘pdi. –”O‘g‘lim oying, rosa charchagan. Endi bir-necha kun uxlab, yaxshilab dam olishi kerak”...

ShAYTON BERGAN SUVNING OQIBATI

ShAYTON BERGAN SUVNING OQIBATI Rivoyat qilishlaricha, shayton uzum urug'ini o'g'irladi. Qancha qidirsalar xam urug'ni topolmadilar. Barcha xayvonlardan so'rab-surishtirdilar, lekin xech biri bilmadi. Ohiri uni shayton olgani ma'lum bo'ldi. – Menga uzumga uch marta suv quyishga ruhsat bersangiz, o'sha urug'ni topib beraman, – deb shayton shart...

Qariyalar uyidagi otaning istirobi

Salom o'glim!  Balki bu xatim sening qo'llaringga tushmas balki yetib borsa xam o'qimassan..  Lekin negadir bugun yozgim dardlarimni shu xatga tushurgim keldi. Taqdir shunday ekan keksayib qolib nevaralarimni yonida kelinimni qo'llaridan choy ichib xordiq olib keksalik gashtini surar chog'imda Qariyalar uyiga olib kelib tashlading. ...

ЙИҒИ… - Шукур ХОЛМИРЗАЕВ

...

​​Shavqatsizlik qurboni...

O'qing fakat yig'lamang 😪😪😪😪😢😢😢😢 Shavqatsizlik qurboni. 🍂Ayol farzandi dunyoga kelishi uchun amaliyot honasiga kirib ketdi. Bola tug'ildi. Ona xayotdan ko'z yumdi. Ayolidan ayrilib, farzandi onasiz qolganidan ota qattiq hafa bo'ldi. Chaqaloqni o'zi parvarishlay olmasligini bilib holasiga berdi. O'zi etti oydan keyin uylandi. Yangi ayolidan ketma -...

AJOYIB QISSA

AJOYIB QISSA ! Kunlarning  birida qurbaqalarning to'dasidan  ikki qurbaqa chuqurlikka tushib ketibdi.  Barcha qurbaqalar chuqurlik tepasida jamlanib  olib  -  «Bo'ldi endi,  shu  erda o'lib ketasizlar..   xadib  sakrayverishdan foyda  yo'q"  der  edilar.   Uzoqqa  bormay,  ikki  qurbaqaning  biri qo'rquv va qattiq  tushkunlik  oqibatida nobud ...

ISHID (ИГИЛ) HAQIDA “KALLAKESAR…” NOMLI HAYOTIY HIKOYA (4-qism)

TILXAT Chamasi qirq daqiqa ichida Mehmonali chuqurni ko'mib, tuproqni tekislab, gilamni qaytadan joyiga to'shadi-yu, harsillagancha qariya va barzangi o'tirgan stol qarshisiga yaqin bordi. — Barakalla-a, — deya yoqimsiz tirjayish qildi Soli ota. — Bo'larkan-ku! Qani, endi kursiga cho'k! Mehmonali ko'rsatilgan kursiga cho'kib bir qariyaga, bir...

Mirzo Ulug‘bek haqida / Мирзо Улуғбек ҳақида (1394-1449)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan 1994 yil Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda katta tantanalar va xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. Parijda ham YUNYeSKO qarori bilan uchrashuvlar va konferensiyalar bo‘lib o‘tdi. Ulug‘bek 1394 yilning mart oyida Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida,...

Jumbok 6 qism

Jafar kimorvozlardi yigib yahshilab Ahamyat berib karasa terak gruhidan Uchta kimorvoz tirik kolgan ekan Kimorvozlardan birini oldiga chakirib Nega aynan seni tudendagilardi uldiryapti Deb suragandi terak gruh boshligi bilmadim Deb......

Fikr qo'shish