Ilon yutvargan odam
Bu voqeani eshitib avvaliga sira ishonmadim. Bu keksa chol meni boplab laqillatdi, deb o'yladim. Ammo cholning gaplari rostligini uning kampiri Oysuluv momodan eshitgach, ishonishdan o'zga choram qolmadi. Hullas, bu voqeani Xaydar bobo shunday xikoya qilgan edi:
«U paytlarda kuni bilan dalada yurardim, momongiz bir yillik kelin, ro'zg'or yumushlaridan ortmasdi. Yangam xam, akam xam ishdaligi bois Oysuluv ularning bolalariga qarar, ota-onamning issiq-sovug'idan habardor bo'lib turardi.
O'sha kuni xam odatdagiday ishdan shom payti qaytdim. Qishloqning tor ko'chasini xaydovdan qaytgan podalar changitib, uylariga shoshar, ularning ortidan ketayotgan cho'pon bolalar bir-biri bilan baland ovozda so'zlashib, nimalarnidir talashib borishardi. Chang-to'zonda qolmaslik uchun ulardan oldin yoki ancha orqada yurishim kerak edi. Kuni bilan ketmon chopib, g'o'za orasida suv tarab yurganim bois rosa xorigan, tez yurishga majolim yo'q edi. Shuning uchun yo'l chetidagi keksa tolning soyasida bir muddat tin oldim. Shu payt cho'pon bolalarning ovozi yanada baland chiqqanday bo'ldi.
So'ng ular orasidan otilib chiqqan bola men tomonga yugurib kela boshladi. Ko'nglim qandaydir falokatni xis qilgandi. O'rnimdan turib, chopib kelayotgan bolaga tikildim. U akamning katta o'g'li Ilyos edi. Negadir qo'rquvdan turgan joyimda qotib qoldim. U menga yuzlanarkan, yuzi qo'rquvdan oqarib ketgan, qo'l-oyog'i tinimsiz qaltirar, labi labiga tegmay tez-tez so'zlardi.
— Aka, tez yuring. Yangam ilonni yeb qo'ydi! — dedi u.
Ilyosning aytgan gapiga tushunmay takror so'radim. U tag'in o'sha gapni aytdi.
— Esing joyidami? Qanday ilon? Nega yeb qo'yadi?
Ustma-ust bergan savollarimga javob bermasdan Ilyos qo'limdan uy tomon sudradi-da:
— Yangam uylaringizda uhlab yotgan ekan. Charchagan bo'lsa kerak-da. Avval chaqirdim, xech kim javob bermadi. Keyin kirib borsam, yangamning og'ziga ilon kirib boryapti. Mening baqirganimdan yangam qo'rqib uyg'onib ketdi. O'rnidan turayotganda yutindimi yo boshqa sababdanmi, bilmayman, ilon ichiga kirib ketdi, — dedi.
— O'z ko'zing bilan ko'rdingmi? Balki,
boshqa narsadir? Yoki ko'zingga ko'ringandir?
— Nimaga ishonmaysizlar? — deb zorlandi Ilyos. — O'zim ko'rdim-ku! Ana yangamning o'zi xam ichimda bir narsa bor, deb qayt qilib yotibdi. Mazasi yo'q.
Ilyosning keyingi gaplaridan battar havotirim oshdi. Ayni damda gap nimada ekanini tushuna olmay, chalkashib ketdim. Uyga yetib borguncha hayolim ming bir ko'chaga kirib-chiqdi. Nixoyat, xovlimizning adog'idan aylanib o'tgan ko'chaga burildimu, darvozahonaga yetib borishga xam sabrim chidamay, pahsa devordan oshib tushdim. Molhona tomondan uyga yaqinlashib borarkanman Oysuluvning daxshat bilan o'qchiyotgani va uning boshida parvona bo'lib turgan onamning zorlanishi eshitildi. Onam Oysuluvni qo'lidan tutib turar, otam esa ne qilishini bilmay, u yoqdan-bu yoqqa borib kelardi. Otam meni ko'rishi bilan:
— Xozir akang xamsoyaning uyiga o'tdi. Tez bo'l, Toshtemirning mashinasi bilan kelinni balnisaga olib borish kerak. Uydan pul ol, ust-boshingga qara, — dedi
Otamning gapi tugamasdan mashina singnali chalindi. O'qchiyverib xoldan toygan Oysuluv mashinada biroz o'ziga kelganday bo'ldi. Undan nima bo'lganini so'ragan edim:
— Bugun rosa charchab, toshday qotib uhlabman. Bir maxal og'zimga sovuq narsa kirganday bo'ldi. Tushmi, o'ngmi, ajrata olmadim. U sekin sirpanib oshqozonim tomon boraverdi. Men qo'rqinchli tush ko'rayotganday uyg'ona olmasdim. Bir maxal Ilyosning baqirgan ovozidan uyg'onib ketdim. Shundagina bu daxshat o'ngimda bo'lganini bildim. Ishonmaysiz, oshqozonimda bir narsa bor. Yo'g'on
arqonga o'hshaydi. O'qchiganimda shunday buralib og'riq beryaptiki…
U yana tinimsiz o'qchiy boshladi va shifohonaga yetib borgunimizcha tinmadi. Oysuluvning og'zidan tupuk xam chiqmay qolgan, ammo daxshat bilan o'qchirdi. U zamonlarda xozirgiday shifokorlar, tehnika qaerda. Shifohona deganimiz xam g'aribgina kulba edi. Do'htirlari xam shunga yarasha. Ular Oysuluvni honaga olib kirishgach, gap nimada ekanini eshitib, xayratdan yoqa ushlashdi. So'ng honasiga qamalib olib, uzoq vaqt yo'q bo'lib ketishdi. Nixoyat, do'htirlar Oysuluvni teksh irib ko'rish uchun boshqa bir honaga olib o'tdi. U erda mahsus apparat bilan Oysuluvning oshqozonini tekshirishmoqchi edi. Ammo u ilonni eslatadigan zontni yutolmadi.
Shifokor zontni Oysuluvning og'ziga olib borishi bilan u nafas i bo'g'ilib o'qchir va rangi dokaday oqarib, o'rnidan turib ketardi. Bir payt shifokorlardan biri bundan naf chiqmasligini, nima bo'lgan taqdirda xam uning dardi aniq bo'lmaguncha shu erda qolishi kerakligini aytdi. Hullas, onam ikkimiz o'sha tunni shifohonaning yo'lagida o'tkazdik. Oysuluv esa tinchlantiruvchi ukoldan so'ng uhlab qolgandi. U tongda o'zini biroz o'nglab uyg'ondi. Go'yoki uni endi xech narsa bezovta qilmayotgandi. Unga nonushta berilgach esa barchasi qaytadan boshlandi va kechagi axvol takrorlandi. Nima qilishimni bilmay uyga — akamning oldiga shoshdim.
U erga borganimda akam endi shifohonaga jo'namoqchi bo'lib turgan ekan. U mendan nima gapligini so'radi. Vaziyatni bilgach, akam o'ylanib turarkan Ilyos gapga aralashdi:
— Aytdim-ku yangam ilon eb qo'ydi, deb. Uni chiqarib olishning yo'lini ko'rish kerak.
O'g'lining gapidan jaxli chiqqan akam uning yuziga tarsaki tortib yubordi va:
— Og'zim bor deb xar qanday gapni gapiraverasanmi?! Bor, yo'qol, kattalarning gapini poylama, — dedi.
Keyin menga yuzlandi: — Shaxarga olib borishimiz kerak.
Aslida, bundan boshqa choramiz xam yo'q edi. Ahir Oysuluvning qanday darga chalinganini bilmasdik. Biz shifohonaga qaytib borganimizda nima qilishni bilmay boshi qotgan do'htirlar «Tez yordam» mashinasini xozirlab, Oysuluvni viloyat markaziga yubormoqchi bo'lib turishgan ekan. Biz uni olib jo'nashga tayyorlanayotgan edik, Oysuluv yotgan honaga shu erda davolanayotgan keksa ayol kirib keldi. Onahon Oysuluvning axvolini so'rab, qanday dard qiynayotgani bilan qiziqdi. Onam esa ayolligiga borib, dardini dasturhon qila ketdi. Onamning so'zlarini tinglagan ayol:
— Keliningizning ichida ilon bor, — dedi xech kutilmaganda.
Barchamiz xayrat va havotir bilan unga qaradik. Ayol so'zida davom etdib:
— Bu bezarar ilon. Chaqmaydi, xech kimga ziyon xam yetkazmaydi. Faqat bolani yahshi ko'radi. Qaysidir yili beshikdagi nabiramning ustida yotgan ilonni ko'rib men xam qo'rqib ketganman. Keyin bilsam bu bolajon ilon go'dak xidini hush ko'rarmish. Ba'zida oy-kuni yaqin ayolni avrab, ichiga kirib oladi, deb eshitganman. Uni chiqarib olishni faqat morbozlar eplaydi.
Agar Ilyos «Yangam ilonni eb qo'ydi», demaganida bu ayolning gaplariga sira ishonmasdik. Ularning xar ikkisi aytgan gaplar bir-birini to'ldirib, bizni ishonishga majbur etardi. Onam esa ayol gapini to'htatishi bilan:
— Egachijon, morbozni qaerdan topsa bo'ladi? Xozir borib olib kelardik, — dedi.
Ammo ayol elka qisib qoshini uchirdi-da:
— Bilmadim. Xozirgi zamonda morboz xam tanqis, bunaqa ilon xam. Lekin so'rab-surishtirib topsa bo'ladi, — dedi.
Endi qaerdan, qanday bo'lmasin morboz topishimiz lozim edi. Aks xolda ochlik va bu daxshatli o'qchishlardan so'ng Oysuluvning axvoli yanada ayanchli tus olishi xech gap emasdi. Hullas, akam ikkimiz ko'chada duch kelgan odamdan birorta morboz xaqida bilish-bilmasligini so'rab, ikki tomonga qarab ketdik. Nixoyat, ertasi kuni olis tog'li qishloqda yashovchi morbozning daragini topib, uni uyga olib keldik. Oysuluvning axvolini ko'rgan morboz xovlidagi o'rik darahtining baquvvat shohiga arqon bog'lashimizni aytdi.
So'ng arqon osilib turgan erda o'choq xozirlashimizni va bir qozon yangi sog'ilgan sut topib kelishimizni buyurdi. Biz shosha-pisha u nima desa, so'zsiz bajardik. Morboz esa bizga yangi ko'rsatmalar berib turardi. Biz daraht tagida tosho'choq qalab, unga bir qozon sut keltirib qo'ydik. So'ng Oysuluvni chaqirib, uning oyoqlarini boyagi arqonga bog'ladik. Arqon uzilib ketishining oldini olib va unga dalda bo'lib akam ikkimiz oyog'idan osilib turgan Oysuluvning elkasidan tutib turardik. Morboz esa shoshilmasdan o'choqqa o'tin qalab, o't yoqdi. Olov taftida sut qaynay boshladi.
— Qo'rqma, qizim. Bu ilon zararsiz. Shunchaki bolani yahshi ko'radi. Og'zingni katta ochib, chuqur-chuqur nafas ol, — dedi morboz shifohonadagi ayolning so'zlarini takrorlab.
Uning aytishicha, ikki kundan buyon Oysuluvga qo'shilib och yotgan ilonga sutning xidi borgach, emak ahtarib o'rnidan tashqariga chiqar ekan. Shunday bo'ldi xam. Bir payt Oysuluvning katta ochilib turgan og'zida qop-qora narsa paydo bo'ldi. Morboz esa chaqqonlik bilan uning boshidan tutib, tortib oldi. Ikki qarich keladigan ilon morbozning qo'lida tipirchilarkan, Oysuluvning rangiga qon yugurdi».
Xamro bobo xikoyasini tugatar ekan, xozir bu kabi ilonlar yo'qligini ta'kidladi va shunday dedi:
— O'shanday ilonlar rostdan xam bolalarni yahshi ko'rarkan. O'g'limiz tug'ilgach, o'sha ilon tez-tez uning beshigida kulcha bo'lib yotib olardi. Ammo xech kimga ziyoni tegmasdi. Yillar o'tib to'ng'ich o'g'lim morboz bo'ldi. O'shandan buyon morbozni ilonning o'zi tanlar ekan, deb o'ylayman.