Insho (achchiq xaqiqat)

Insho (achchiq xaqiqat)
Insho (achchiq xaqiqat)


— Ertaga dam olish kuni, — o'qituvchi bolalarga qarata dona-dona so'zladi.
— Albatta ota-onangiz bilan biror madaniy maskanga borib, taassurotlarizni insho tarzida yozib keling.
Dushanba kuni tekshirib olaman!

Qo'ng'iroq chalingach, 4-«b» sinf o'quvchilari uylariga yo'l oldi. Anvar to liftdan ko'tarilib uy qo'ng'irog'ini chalguncha xam ertaga kim bilan qaerga borish mumkinligi xaqida o'ylardi.
— Ertaga aylangani chiqishimiz kerak ekan, — salomni xam unutib eshikni ochgan onasiga shoshilib gapirdi. — Ustozimiz aytdi, agar insho yozib kelmasak, ikki qo'yarkan.

— Yahshi, yahshi, — oshhonaga qaytdi Maloxat, — tez kiyimlaringni almashtir.
Ishdan xorib kelgan Azizbekning bo'yniga osilgan Anvar unga onasiga aytganlarini takrorladi. Buni eshitgan ota boshini qashlab, Maloxatga imladi:
— Ana, oying bilan aylanib kelasizlar.
— Yana menmi? O'tgan safar xam bormagandingiz...
— O'zi bir kun dam olsam... juda charchaganman.
— Mening esa mazam yo'q. Isitmam xam chiqdi, shamolladim, shekilli, — ayol boshiga tang'ib olgan ro'molga imo qildi, — boshim tars yorilay deyapti...

Azizbek ikkisiga mo'ltirab turgan o'g'liga qaradi:
— Ho'p, mana, yonimizdagi boqqa chiqamiz, birrovga, bo'ptimi?
— Doim o'sha erga chiqamiz-ku, dada... muzeyga boraylik.
— Xay mayli, faqat odobli bola bo'lib borib kelasan, kelishdikmi?
— Ho'p bo'ladi! — suyunib ketgan Anvar darxol honasiga chopdi: ertangi kun uchun buyum va kiyimlarini xozirladi.

Tong otishi bilan o'rnidan turib sayoxatga xozir bo'lgan bolakay otasining uyg'onishini 2soatcha kutdi. So'ng nonushta qilib yo'lga tushishdi... Tushlikdan so'ng ularni kutib olgan Maloxat o'g'lidan kun taassurotlarini so'radi.
— Xoziroq insho yozishga kirishaman, ancha narsalarni o'rgandim... — javob berdi o'g'li.
— Yasha! Boraqol honangga...

Ertasiga 1-soatda barcha daftarlarni yig'ib olgan o'qituvchi darsni boshladi. Tanaffusda insholarni tekshirar ekan, Anvarnikini o'qib, bir zum turib qoldi. O'yga cho'mdi. So'ng Anvarning oyisiga qo'ng'iroq qilib, kelib ketishini so'radi. Maloxat esa o'g'li maktabda birovni urib-netib qo'yganmikin, degan havotirda darxol yo'lga tushdi.
— Anvar a'lochi bola, — gap boshladi o'qituvchi Maloxatni qarab, — ayniqsa, o'qish darsini yahshi ko'radi, ajoyib insholar yozadi... Kecha xam bir insho yozgan ekan.

— Xa, dadasi muzeyga olib bordi! — ustozi o'g'lini maqtash uchun chaqirtirganini payqagan Maloxat fahrlandi, — keliboq inshosini yozdi.
— O'zingiz o'qib ko'rdingizmi?
— Ulgurmabman-da, — o'ng'aysizlandi ayol.
— Unday bo'lsa, albatta o'qing. Bolalar biz kattalar ko'ra olmagan ayrim xaqiqatlarni teran ko'radi, o'rganadi, o'zlashtiradi... Kerak bo'lsa, biz kattalarga saboq beradi.

O'g'lining daftarini qo'liga olgan Maloxat xayron bo'lgancha uni ochdi.
«Muzeydagi taassurotlarim.

Kecha men dadam bilan muzeyga bordim. Kichik sayoxatimiz mobaynida ko'p narsalarni o'rgandim. Masalan, aldashni. Oyim dugonalari bilan gaplashib dam olish kuni uchrashishga kelishib olgandi. Dadam kelishi bilan esa boshiga ro'mol o'rab «kasalman», deb aldadi. Dadam bo'lsa, meni muzeyga olib boraman, deb va'da bergandi. Ammo biz muzeyning yonida turib uni tashqaridan ancha tomosha qildik. Keyin esa kinoga tushdik. Chiptachi hotin yoshim nechadaligini so'ragandi, dadam to'qqizda deb aytdi. Aslida o'n yoshman-ku, deb aytmoqchi edim, dadam «jim» deb ishora qildi. Keyin ko'zim ro'paramda ilib qo'yilgan yozuvga tushdi. U erda «o'n yoshdan katta bolalarga bilet olinishi shart», deb katta qilib yozib qo'yilgan ekan.

Biz 1ta chipta oldik. Urush-urush kino ekan, dadam miriqib tomosha qildi. Men uhlab qolibman. Dadam uyg'otib, muzqaymoq olib berdi va oyimga «muzeyga bordik», deb aytishimni so'radi. Men xam ho'p, dedim va oyimni aldadim. Avtobusga chiqqach, biz chiroyli holaning yoniga o'tirdik. Dadam unga meni ko'rsatib, jiyanim, dedi. Hola menga konfet berdi. Uyda bizni kutib olgan oyim tuzalib qolgan ekan. Oyim dadamdan «maktabda yig'ishyapti ekan», deb pul oldi. Ammo uni menga bermadi. Men esa honamga kirib kiyimlarimni almashtirdim va dars tayyorlashga kirishdim. Mening bugungi kundan taassurotlarim shular edi».
Inshoni o'qib bo'lgan Maloxat ko'zlarini yashirdi. Buni sezgan o'qituvchi xam uni xoli qoldirdi...

Tuxmat

-Hotin, sovuq choy olib kel! - o'shqirdi aroq ichib, mast bo'lib, gandiraklab kelgan erkak. -Xozir, - qo'rquv aralash javob berdi ayol. Choynakni chumagidan choyni ho'rillatib ohirigacha “yutgach” erkak temir karavotga o'zini tashladi. Birozdan so'ng hona uning guldiragan hurragiga to'ldi. Bir soatlardan keyin og'zi qaqrab, suv ichishga turgan...

KELINOYI… (Hikoya)

Sherali qizchasini ayvonda erkalab o'tirgan Buvsaraga yer ostidan boqarkan, yuragi hapriqib-hapriqib ketar, shayton uni kennoyisi tomon chorlab, quchishga, erkalashga undardi. «Nimalar bo'layapti o'zi? — o'z uyi, ichkarida supur-sidir qilish bilan band xotini Madinaga o'g'rincha ko'z tashlab o'ylardi u. — Akamning xotinini yaxshi ko'rsam, o'z...

Film

“Dunyoning eng yahshi 10 daqiqalik fil'mi” unvonini olgan qisqa metrajli fil'mni ko'rish uchun kinoteatrga odamlar yig'ildi. Fil'm boshlandi xamki katta ekranda uyning oppoq shiftidan boshqa xech nima ko'rinmasdi. To'rtinchi daqiqada xam shu axvol, beshinchida xam......

Qariyalar uyidagi otaning istirobi

Salom o'glim!  Balki bu xatim sening qo'llaringga tushmas balki yetib borsa xam o'qimassan..  Lekin negadir bugun yozgim dardlarimni shu xatga tushurgim keldi. Taqdir shunday ekan keksayib qolib nevaralarimni yonida kelinimni qo'llaridan choy ichib xordiq olib keksalik gashtini surar chog'imda Qariyalar uyiga olib kelib tashlading. ...

Qong'iroq

Muhim ish yuzasidan uch kunga safarga chiqishimga to‘g‘ri keldi. Uylanganimga uch yil bo‘libdiki, ayolim va o‘g‘limdan uzoqda bo‘lishga o‘rganmagan, ulardan hech ham ayrilmagandim. Ular ham shunday......

RAMAZON BAROKATI

RAMAZON  BAROKATI Ramazon ro'zasining xayratlantiruvchi jixatlari mudom meni tafakkurga boshlaydi. Aslida bu fazilatlarni ko'pchilik biladi, ammo men yana  bir bor eslatishni ma'qul ko'rdim. Ro'za ro'zador uchun nixoyatda zavqli, roxatbahsh ibodatdir. Ro'zador ruxiy xalovat ichida bo'ladi. Chunki o'zini yo'qdan bor qilgan Allox azza va jaallaning...

BOLALIGIMGA MAKTUB….

Qadirli bolaligim! Ushbu maktubni senga 30 yoshga yaqinlashayotgan va xayotdan zavq olib yashayotgan payitimda yozmoqdaman. Quyidagi so‘zlarimni o‘zinga maslaxatsifatida qabul qilasan degan umiddaman....

Ilon yutvargan odam

Bu voqeani eshitib avvaliga sira ishonmadim. Bu keksa chol meni boplab laqillatdi, deb o'yladim. Ammo cholning gaplari rostligini uning kampiri Oysuluv momodan eshitgach, ishonishdan o'zga choram qolmadi. Hullas, bu......

Ramazon aslida qanday oy?

Ramazon aslida qanday oy? Bismillaxir Roxmanir Roxiym. Allox taologa bitmas-tuganmas xamdu sanolar bo'lsin. Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin....

SINOV

Bahrom yoshligidan aqlli bola bo‘lib ulg‘aydi. U huquq sohasiga qiziqar, sud ishi bilan bog‘liq kinolarni miriqib tomosha qilardi. Maktabni a’lo baholar bilan tugatgach, oliy o‘quv yurtiga imtihon topshirish maqsadida poytaxtga yo‘l oldi. Kirish anchagina qiyin bo‘lsa ham yaxshi niyat bilan Yuridik institutiga hujjat topshirdi. Nihoyat niyatiga...

Fikr qo'shish