Siz o'shamu? sevgi haqida she'r

Siz o'shamu?


Yulduzim deb,izlaganim,
Armonlarda bo'zlaganim,
Kecha-kunduz so'zlaganim —
Siz o'shamu,siz o'shamu?

Olislardan topmaganim,
Ammo aslo tonmaganim,
O'ylab-o'ylab qonmaganim —
Siz o'shamu,siz o'shamu?

Tushlarimga kirib yurgan,
Yulduzlarday yonib turgan,
Meni o'ylab hayol surgan
Siz o'shamu,siz o'shamu?

Qolmang deyman zavolimga,
Jamolingiz hayolimda,
Dilim dardi savolimda,
Siz o'shamu,siz o'shamu?

Peshonamga taqdir bitgan,
Yuragimni abgor etgan,
Otabegim deya kutgan
Siz o'shamu,siz o'shamu?

Bir bor ko'rib,o'lay deyman,
Kulgichiga to'yay deyman,
Ko'ksiga bosh qo'yay deyman,
Siz o'shamu,siz o'shamu?

Yuragim bunchalar isyon ko'tarma

Yuragim bunchalar isyon ko'tarma, Iltimos bir muddat yig'lamay turgin. Bilaman hayotdan ancha to'ygansan. Hech bo'lmasa u uchun to'xtamay urgin....

Sen bilan baxtliman...

Sen bilan bahtliman, bahtliman ishon, Yurakda jo'sh urar sevgi to'lqini. Biroq yuragimga solar g'alayon, Yo'qotib qo'yishdan qo'rqaman seni......

Sevgi nima...

Sevgi nima ilohiy kuchmi? Sevgi nima itoat burchmi? Sevgi nima fakat kutishmi? Yoki sevib sung unutishmi?......

Bir umr yo'lingizda intizor ko'zim

Bir umr yo'lingizda intizor ko'zim Doimo sizni deb yashayman o'zim Siz uchun dildagi eng shirin so'zim Har onda birgaman sizla azizim...

Yo‘qotgim kelmas

Xayolda yuzlaring suratin chizdim, Ishqning bog‘larini sen bilan kezdim. O‘shanda muhabbat neligin bildim, Men seni yo‘qotgim kelmas hech qachon......

Sensiz hayot yo‘q

Yaxshiyam birinchi muhabbatimning gaplariga laqqa tushmabman! Eng tuturiqsiz odamlar oshiqlar bo‘lsa kerak!.. Birortasi shu paytgacha so‘zida turmagan!.. «Sensiz hayot yo‘q!» – deb, mana, pensiyagayam chiqdi o‘sha birinchi muhabbatim…...

Sevaman bu dunyoda ko'zim yumguncha

Sevaman bu dunyoda ko'zim yumguncha Sevaman ruhim osmon uzra chiqguncha,  Sevaman sevgim sizga yetguncha  Sevaman to siz ham mendek sevguncha....

Umidim uzgim yo'q armondan qochib...

Umidim uzgim yo'q armondan qochib, Yuragim to'rida tursang nur sochib. Darding ololsaydim har tong ko'z ochib, Yonimda kulganing o'zi baxt menga....

Baxt gul emaski uzib ko'rgani

Baxt gul emaski uzib ko'rgani, Yo sharbat emaski ta'tib ko'rgani. Baxt sevgidir, orzu va tilak, Unga yetishmoq uchun ko'rashmoq kerak....

Sevgi bu ollohdan aziz inoyat

Sevgi bu ollohdan aziz inoyat. Uni xor qilmoqlik katta jinoyat. Sen menga, men senga buyuk omonat. Oramizda bo'lmasin sira HIYONAT❤️...

Fikr qo'shish