Hayotiy

Hayotiy
Hayotiy


“Uylanganimda qurilishda ishlar edim. Bilasiz, bunaqa joyda
ishlaganlar doim ishdan keyin “changyuvdi” qilishadi. Men xam qatordan qolmasdim. Ayolim u paytda faqat bomdod namozini o'qirdi. O'zim
ichsam xam, namoziga qarshiligim yo'q edi.Uning dindan oz-moz habari bo'lib, mengayam onda-sonda gapirib turardi. Shu gaplarining ta'sirida “jumavoy”ga aylandim. Ammo juma namozga chiqadigan odamning payshanba kuni ichishi durust emasligini o'zim xis etdim. Shunday qilib, xar juma kuni juma namoziga boradigan, unga tayyorgarlikni esa, payshanbadagi “changyuvdi”ni tark qilishdan boshlar edim.Keyin-keyin jumadan keliboq ichish yuzsizlikday tuyula
boshladi. O'zimdan o'zim uyaldim. Shunday qilib, payshanbaning yoniga jumayam qo'shildi —“changyuvdi” ikki kunga qisqardi. Keyin chorshanba, seshanba, dushanbalar xam payshanbaga xamrox bo'lishdi. Faqat shanba – xaftaning ohirida ichishni tark qilish biroz qiyin bo'ldi. Boshqa kunlarim payshanbaga qo'shilish barobarida o'zim xam hotinimga qo'shilib bomdodni o'qiy boshladim. Ammo hotinim mendan oldinda borardi – u besh vaqtga o'tgan edi. Biz bahtli edik. Ayolimni ardoqlayman, u xam meni xurmat qiladi. Ammo, xech narsadan kamimiz yo'q, deb aytolmayman, bunday deyishga bir kamimiz tilimni tishlatadi. Turmush qurganimizga etti yil bo'lgan esa-da, farzandimiz yo'q edi. Bormagan duhtirimiz qolmadi. Xech biri ayb senda yoki hotiningda, degani yo'q. Boshqa turmush qursanglar, ikkalangiz xam farzandli bo'lib ketasizlar, faqat bir-biringizga to'g'ri kelmayapsiz, shunaqasi xam bo'lib turadi, deyishardi. Ikkalamiz bir-birimizga qarab mo'ltiraymiz, ahir, yillar o'tgan sari u meni, meni uni jondan ortiq ko'rib borardim.Shunday kunlarning birida hotinim:- Bir narsani siz bilan maslaxat qilmoqchiydim, - deb qoldi. Hayolimga darrov qo'rqinchli narsa keldi.

- Nima ekan? – dedim shumshayib.
- Men Olloxdan farzand so'rab, “Agar farzand bersang, xijobga kiraman”, deb va'da bermoqchiman... Siz shunga qarshilik qilmaysizmi?Yomon gapni kutib turganimgami, hotinimning bu gapidan hursand bo'lib ketdim. Xatto xijobga kirishiga rozilik beraturib, “Agar farzand bersa, men xam ichishni butkul tashlab, besh vaqt namozga o'taman”, deb yubordim! Hullas, ikkimiz shu kecha shartlashdik: agar Hudoyim bizga farzand bersa, u xijobga kiradi, men ichishni tashlab, besh vaqt namoz o'qiyman!Shu axd bilan tongni ottirdik. Ertalab birga bomdodni xam o'qidik. Namozdan keyin hotinim: “Bir narsani o'yladim”, deb qoldi. 
- Ho'sh?
- Bizning Olloxga shart qo'yishga xaqqimiz bormikan? Sen bizga farzand bersang, xijobga kiraman yoki namoz o'qiyman, deyishga xaqqimiz bormikan? To'g'risi, bunday shart qo'yganimga uyalib ketyapman. Yahshisi, men xijobga kiray, Olloxim menga farzand bersin...
Ayolim bu so'zlarni ko'zda yosh bilan aytdi. Aytganlari mening xam miyamga tepdi. Uyalib boshladim.
- To'g'ri aytasan, - dedim, - bizning Olloxga shart qo'yishga xaqqimiz yo'q. Men xam shu bugundan ichishni butkul tashlayman-da besh vaqt namozga kiraman. Mukofotini esa, O'zidan so'rayman!Olloxga shart qo'yganimdan bir uyalgan bo'lsam, ayolimning aqli etgan narsaga men erkakning aqli etmaganiga ikki uyaldim. Shu kundan xayot tarzimiz o'zgardi. Farzand ko'rish extiyoji xam armonga emas, ishonch va hotirjamlik og'ushidagi allanechuk shirin bir sog'inchga aylanib qoldi. Men ibodatimdan masrur edim. Shu bilan birga, Ollox tez kunda bizga farzand berishiga qat'iy ishonch xam bor edi.O'ziga beadad shukurlar bo'lsinki, o'sha kundan bir yil o'tib, sakkiz yil deganda qizlik bo'ldik. Shu paytga qadar farzand bermaganigayam shukurlar qildim.Angladimki, U mendan pok zurriyodlar chiqarishni hoxlagan, shuning uchun xam xarom-harish eb-ichib yurgan maxalimda farzand bermagan. O'ziga ming-ming shukurlar bo'lsin. Qizning ortidan esa, o'g'il bilan xam siyladi...

Mana azizlar..farzand kurish maksadida. Allohga tavakkal kilgan va uning farzlarini bajargan bir oilaning kanday yutukka erishganining guvohi buldingiz.
Men ham bu vokeani eshitib uzimning bilib-bilmay kilib kuygan hatoyimni anglab etdim..

Men bir osiy banda.. uzim anglamagan holda Allohga shart kuygan ekanman,ya'ni uy-joy kilsam,mashina olsam. kurbonlik suyaman deb niyat emas,Allohga shart kuygan ekanman. Biz osiy bandalar avval Allohga ataganimizni in'om etib,hamma farzlarini bajarib keyingina Allohdan iltijo kilib surashimiz kerak ekan.
Bilib-bilmay kilgan gunohlarimizni va anglamay Allohga kuygan shartlarimizni parvardigorim uzi avf etsin va magfirat aylasin...!!!
Alloh hammamizni tugri yulga boshlasin.

Hulosa sizdan azizlarim...

Yetim qolgan gullar

Qaynoq garmsel har quturganda, shaharcha quyuq toʻzon ichida qoladi. U biydek dashtning qoq kindigida boʻy rostlagan bu shaharchani yer yuzidan supurib tashlamoqqa ahd qilgandek, toʻlgʻonib, yulqinib quyun uyurib esadi. Soʻng shiddati andak susaygandek boʻladi-da, tagʻin yangidan kuch olib, koʻp qavatli qizgʻish gʻishtin uylaru koʻkka nayzadek...

Zuho namozi va uning fazilati

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam aytdilar: "Kimki o‘n ikki rakaat zuho namozi o‘qisa, Alloh unga jannatda oltindan bir qasr bino qilgaydir"....

Bolalaringizga o'qib bering: “NOShUD AYIQ”

Deqqonning arava do'g'asin yasabYaxshigina pulga sotishin ko'rib,(Bu ish chidam, hunar etadi talab)Ayiq ham bu ishga go'yo qo'l uribYashamoqchi bo'ldi, qarang, bir zamon. Qasiru qusurga to'ldi-ku o'rmon.Qancha daraxtlarni qilsa-da nobudAyiqvoy noshud –Uddalay olmadi deqqon hunarin. Maslahat olay deb keldi u sarp:«Sabab nimaykin, bilmadim,...

Uzoq kutilgan sovg'a

Tarbiyachi yotoqhonaga kirib, bolalarni past ovozda uyg'ota boshladi. Ovozini pasaytirgani befoyda bo'ldi. Bolalar uyg'onar-uyg'onmas chug'urlashib ketishdi. Gap bugungi bayram, qorbobo va shunga o'hshash yana allanimalar xaqida edi. Yodgor ularga axamiyat bermasdan jimgina derazadan tashqariga qarab o'tirardi. Esini bilgandan buyon shu – xar yili...

Amerika polisiyasi

Amerikaga endi kelgan vaqtimda eskiroq mashinada yurardim. O'zbekistondan olgan xaydovchilik guvoxnomam bilan. Uch......

KALTABINNING KASOFATI…

Lolaxonni Oltinqo'rg'onning oldi xonadoniga berishgandi. Qishloqning eng kelishgan, chiroyli qizi bo'lgani uchunmi, kuyov bo'lmish Ne'matjon unga tilab-tilab uylangandi. Aslida, o'zi ham yomon bola emas. Yigitmisan yigitdek, qosh-ko'zlari qop-qora, har qadam tashlaganda tog'larni zirillatgulik kuchi bor, kolxozda bosh hisobchi edi… Nima qilsin?!...

Bitta sms tufayli buzilgan to'y.

Osmonda suzib yurgan uvada bulutlar bir joyga jam buldi-yu, havo aynib, asta-sekin yomgir tomchilay boshladi.Hayal utmay,uning shiddati kuchaydi.Hozirgina kuklam shabadasida chaykalgancha kiygos gullarini kuyoshga kuz-kuz kilib turgan darahtlar bir zumda egilib koldi.Erga duvva tukilgan gulbarglar esa yulak chetidagi arikchalarda gir-gir...

Meni yig‘latgan hikoya

Bu hikoyani birov aytib berdi. Meni kanalimdagi "Xoshim" nomli hikoyamni o‘qigan inson aytib berdi. Eshitganda bir yig‘laganidim. Yozib tugatguncha yana yig‘ladim. Balki mening ko‘nglim bo‘shdir. Siz ham o‘qib ko‘ring azizlar!......

Kuz bahori

Darvoqe, kuzning ham oʻz bahori bor. Kechagina xunuk koʻrinib turgan yulgʻunlarning pushti koʻylagi sayhonlik, dalayu yoʻl chetlariga goʻyo koʻklam keltirgandek. Elektropoezd vagoni derazasiga termulib ketayotgan shaharlik bola onasiga deydi: — Onajon, qarang chiroyliligini! Kuzda ham daraxt gullabdi. Oʻqituvchimiz daraxtlar faqat bahorda...

Bahtli bo'lish siri

Bir kishining o'g'li bo'lib, u: “Men bahtsizman”, deb takrorlayverardi. Ota bahtli bo'lish sirini bilib kelish uchun o'g'lini davrining eng katta donishmandi xuzuriga yubordi. Yigit cho'lda qirq kun yo'l bosib, ko'zlagan manziliga......

Fikr qo'shish