Tug'ilmagan bolalar suxbati

Tug'ilmagan bolalar suxbati
Tug'ilmagan bolalar suxbati


Tug'ilmagan bolalar suxbati: — Ular meni nobud qilishga qaror qilishganida, yig'lab, qaqshadim, ammo eshitishmadi. Badanimga tekkan metal juda sovuq ekan. Og'rig'i xam yomon bo'larkan. Oyoq-qo'limni kesayotganlarida… ularning menga raxmlari kelmadi. Onam esa faqat unsiz yig'ladi, holos

Jannat. Yorug'likka burkangan go'shaning oppoq belanchaklarida suxbatlashib o'tirgan chaqaloqlarning qiqir-qiqir kulgilari, sho'h-shodon ovozlari dilbar shabada bilan chambarchas bo'lib ketgan bir pallada, diqqatlarini xozirgina belanchagiga yarim oqsab, yarim emaklab kelib yotgan chaqaloq bo'ldi. Xammasi birdaniga uni o'rab olishdi.
— Nima bo'ldi?
— U yoqda bo'ldingmi?
— Er yuzi qanday ekan?
— Odamlarchi?
— Gapira qolsangchi endi!
Bolajonlar uni bir zumda ming hil savollarga ko'mib tashlashdi. U oldin xech narsa demadi. Egnidagi nur taratib turgan oppoq libosini echib tashladi. Uning bitta oyog'i va ikkala qo'li xam majrux edi. Bolajonlar birvarakayiga “ox”lab yuborishdi.
— Nima bo'ldi?
— Qaytib keldim.
— Nega qaytding?
— Keragim yo'q ekan.
— Oyoq-qo'llaringga nima qilishdi.
U aybdorona boshini egdi. Keyin oxista gap boshladi:
— Ularga qiz bolaning keragi yo'q ekan. Tangrim ularga meni ravo ko'rganida, ochig'i, ular xam men kabi hursand bo'lsalar kerak, deb o'ylagandim. Qolaversa, oldin xammasi yahshi edi. Onam  meni qanchalik asrab avaylar, e'zozlardi. Otam xam nafaqat meni, balki men sabab onamni xam boshida ko'tarib yurgandi. Nazarimda, xammasi meni intizorlik bilan ko'z tikib o'tirgandek edi. Men… juda-juda bahtiyor edim, eshityapsizlarmi, judayam bahtiyor edim.

— Bo'ldi, yig'lama, nega bunday bo'ldi ahir?
— Ular meni nobud qilishga qaror qilishganida, butun umidlarim yo'q bo'lib ketdi. Qancha yalindim, yolvordim, ammo ular eshitishmadi. Yig'lab, qaqshadim, ammo… badanimga tekkan metal juda sovuq ekan. Og'rig'i xam yomon bo'larkan. Oyoq-qo'limni kesayotganlarida… ularning menga raxmlari kelmadi. Onam esa faqat unsiz yig'ladi, holos.
— Xech kim yordam bermadimi?
— Yo'q. Bitta oppoq kiyinib olgan hola onamning boshini silab turib: “Xafa bo'lmang, singlim! Hudo hoxlasa xammasi yahshi bo'lib, keyingi gal sizga xam o'g'il beradi, mana ko'rasiz”, dedi.
Chaqaloqlarning bari jim bo'lib qolishdi. Oraga cho'kkan sukunat qiyomiga etganida, yana bitta qizaloq o'rnidan turdi.
— Men bora qolay endi. Ota-onam meni intizorlik bilan kutishyapti. Nazarimda tug'ilishim bilanoq ular…
— Yo'q, yo'q, yo'q! Borma uyoqqa, iltimos, — uning etagiga yopishdi boyagina dunyodan qaytgan qizaloq. – Odamlar juda yomon, ular seni xam shu ko'yga solishadi. Borma!
— Yo'q, unday bo'lmaydi, – dedi ikkinchi qizcha. – Ular meni kutishyapti. O'n ikki yildan beri. Otamning xam xamma joyda yashirinib yig'lab, onamning xam tuni bilan yig'lab qilayotgan duolari faqat bitta: “Yaratgan Egam, marxamatingni darig' tutma bizdan, hox o'g'il, hox qiz bo'lsin, farzand ber!”.
U ketdi. Qolganlar uning ortidan xavas bilan termulib qolishdi.
— Odamlarga o'g'il bola kerak ekanda-a? – dedi bitta qizaloq.
— Buning nimasi yahshi, masalan men xam o'g'il bolaman. Lekin foydasi yo'q-ku, – dedi bitta bolakay.
Chaqaloqlar yalt etib unga qarashdi.
— Nega foydasi yo'q?
— Chunki men… — dedi bolakay va biroz gapirishga taraddudlanib turib, keyin boyagina dunyodan qaytgan qizga ishora qildi. – uning ukasiman.
— Rostdanmi?
— Xa, ko'p o'tmay uning onasi dunyoga keltiradi meni.
— Unda nega hafasan, ahir ular o'g'il kutishyapti-ku.
— Xa, men tug'ilaman. Lekin… lekin yashamayman.
— Nima uchun?
— Chunki, dunyoda xamma narsaning bir badali bor, — dedi bola bir nuqtaga tikilib o'tirib, ho'rsinib qo'yarkan. – Shunaqa…

Xalol sevgi

Uning ismini qo'l telefonimga (Hadija) deb yozib qo'ydim. Lekin o'ziga bu xaqda aytmagan edim. Bir kuni qo'l telefonimni olib ishlatmoqchi bo'ldi. Qarasa (Hadija) ismi turgan ekan. Darrov shu zaxoti qoni qaynab, peshonasidan ter donalari chiqib ketdi. Jahl bilan mendan (Hadija)ni kim ekanligini so'radi......

G'azab

Bir kuni ilon duradgor ustaxonasiga kirib uyoq-buyoqqa o‘rmalay boshladi. Yerda yotgan arra ustidan sudralib o‘tgan edi, yengilgina jarohat oldi. Ilon bundan g‘azabi kelib, unga javob qilaman deb arrani tishlagan edi, og‘zining atrofidan qon oqib chiqdi. Ilon menga arra hujum qilmoqda, o‘limga to‘qnash keldim shekilli, deb o‘ylab, unga kuchli...

“Aytilmagan dil izhori”

Ismim Nodira oilaliman. 3 og ‘il farzandim bor. Erim g ‘amxo‘r, qaynonamdan alohida yashaymiz. Tashqaridan qaraganda juda baxtliman. Lekin, armonim bor, ilk muhabbatimga sevishimni ayta olmaganman…  Dadamning aytishlariga qaraganda, oyijonim meni dunyoga keltirib olamdan o‘tgan ekanlar. ...

Jumbok 2 qism

Dayana bilan Damana kurishib uy ichiga kirishdi Damana Samshod hakida suradi Dayana akasi Samshod kamalib kolganini hakida suzlab berdi Damana hayron bulib kanakasiga kamalgani va nima sababdan kamaldi deb suradi Dayana akami dushmanlari va ishhonasidagilar akami stoliga pul tashlab tamigir pora horlikda yolgon tuhmat orkali......

Mazlumning duosidan qo'rq

Yo'lda ketayotib mashinalar tirbandligidan ancha to'htab qoldik. Yo'l chetida bir ayolni g'alati xatti-xarakatlari e'tiborimni tortdi. Bechoragina aqli zaif ekan deb achindim. Kimgadir juda o'hshatdim, ammo eslolmadim......

Jumbok 5 qism

Dayana Bilan Sabrina uyga kelganda Samshodni honasi tuzib yotgandi Sabrina hayron bulib Dayana akeni Honasi namuncha tuzib yotibdi deb oyogi Ostidan klon topib Oldi Dayana bu Buyinga takadigon kamogdan chikanida Aksiga......

Uzoq kutilgan sovg'a

Tarbiyachi yotoqhonaga kirib, bolalarni past ovozda uyg'ota boshladi. Ovozini pasaytirgani befoyda bo'ldi. Bolalar uyg'onar-uyg'onmas chug'urlashib ketishdi. Gap bugungi bayram, qorbobo va shunga o'hshash yana allanimalar xaqida edi. Yodgor ularga axamiyat bermasdan jimgina derazadan tashqariga qarab o'tirardi. Esini bilgandan buyon shu – xar yili...

UCHINCHI BASHORAT

(Tarixiy hikoya) Movarounnahrda saraton issiqlari avjga chiqqan payt. Sahargi salqinlik ko‘p o‘tmay kunduzgi jazirama bilan almashadi. Quyosh go‘yo odamzod, nabotot va hayvonot olamini o‘z qudratiga yana bir bor ishontirishga qasd qilganday... Butun borliq, hatto shamol ham nafas olmay qotgan kabi. Uch oshyonalik muazzam rasadxona ichi salqin....

Soatlarning har bir daqiqasini ham qadrla.

Soatlarning har bir daqiqasini ham qadrla....

Fazilatli ona

Hali uch yoshga to‘lmagan qizcha onasining orqasidan kiyimini tortqilab: - Oyijon, bugun Jannatda qasr qurmaymizmi? deb qoldi. Menimcha yanglish eshitdim shekilli dediim....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Zulayho
    Zulayho 3 ноября 2022 16:13
    Zor ekan menga juda yoqdi

Fikr qo'shish