Ibratli xikoya

Ibratli xikoya
Ibratli xikoya


Bir ayolning eri vafot etdi. Ikki qizi yetim qoldi. Bu musibat sabab faqirlik, muxtojlik uning boshi uzra aylana boshladi. Uyning egasi ijara xaqqini so'rar, dilbandlarining ochlikdan sillasi qurib borardi. Mablag' yo'qligi tufayli uydan chiqarib yuborildi. Xar hil gap so'zlar - u, yomonlarning zararidan qochib, begona shaxarga ketdi. U shaxarda qaxraton sovuq xukm surardi. Qizlarini eski - vayrona masjidda qoldirib, yemak topib kelish maqsadida tashqari chiqdi.
Musulmon, viqorli, shaxar zodagonlaridan biri bo'lgan kishiga duch keldi. Axvolini tushuntirib yordam so'radi.
Ayolning gaplarini eshitib bo'lgach boy:
— Gaplaring rostligini isbotla! Dalil keltir menga!— dedi.
Ayol:
— Sizga qanday isbotlay, bu shaxarda xech kimim yo'q bo'lsa, meni kimsa tanimaydiki sizga keltirib so'ylatsam, — dedi.
Musulmon kishi unga ishonmadi, yuzini o'girib ketdi.
Ayolning shundoq xam g'am quchgan qalbi, battar sindi. Ilojsizlikdan yig'lay boshladi. Shu payt uning yonidan yoshi ulug', keksa bir kishi o'tib ketayotgandi. Ayolning xoli uning diqqatini jalb qildi.
— Tinchilikmi, qizim? Nimaga yig'layapsiz? — deb so'radi.

Ayol axvolini, boyagi kishining unga ishonmaganligini aytib yig'ladi.
Cholning unga raxmi kelib uyidan ayol - qizlarini jo'natdi. Ular ayol va uning masjidda qolgan qizlarini keltirishdi. Edirib - ichirib, yuvintirib chiroyli kiyimlar berishdi. Oliy darajada izzat - ikrom qilishdi.
Chol va uning oilasi nasroniylar edilar.
Tun yarmiga cho'kkanda, ayolni nochor xolida qoldirgan musulmon kishi tush ko'rdi.
Unda, qiyomat qoim bo'lgandi. Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam va Ularning ortlarida bayroqlari xilpirab tik turardi.
Shunda boyning nigoxi yam - yashil zumraddan qurilgan chiroyli qasrga tushdi. Uning ayvonlari dur va yoqutdan, qubbalari marvarid, javoxir - u marjonlardan yasalgan, o'ta nozik va xashamatli edi.
Boy Rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan qasr kimga tegishli ekanligini so'radi.
U Kishi:
— Tavxidli musulmonniki, — dedilar.
Boy:
— Ey Alloxning elchisi, menman o'sha Alloxning yagona, Sizni xaq Payg'ambar ekanligingizga iymon keltirgan, tavxidli musulmon, — dedi.
U kishi:
— Qani, dalil - isboting, gaping rostligini tasdiqla?! — dedilar.
Uning aqliga chaqmoqdek ayol bilan o'tgan suxbat keldi.
— Sen ayoldan dalil so'rading - ku?! «Gaplaring rostligini isbotla!» deding - ku! — dedilar.
U qo'rqib uyg'onib ketdi. Qilgan ishidan juda afsuslandi. Ertasi kunidan boshlab ayolni shaxar bo'ylab ahtara boshladi. Ahiri uni nasroniyning uyda ekanligini bildi.
Borib:
— Ayol va uning qizlarini menga bering! — dedi.
— Buning iloji yo'q, ular uyimga kelgandan beri shunaqa baraka yog'ila boshladiki, tasavvur qilolmaysiz, — dedi chol.
— Men sizga ming diynor beraman, ularni menga bering! — dedi, boy.
— Yo'q, — dedi, nasroniy.
— Berishingiz shart! — dedi boy.
Nasroniy:
— Siz hoxlayotgan narsaga sizdan ko'ra men xaqliroqman. Tushingizda ko'rgan qasr, men uchun qurilgan. Alloxga qasam, uyimga ayol va qizlari kelgandan so'ng, uning qo'lida men va oilam islomni qabul qildik, keyin siz ko'rgan tushni men xam ko'rdim.
Rasulullox:
— Ayol va uning qizlari senikidami? — deb so'radilar.
— Xa, shunday, ey Rosulullox, dedim.
U kishi:
— Bu qasr sen va oilangniki, dedilar, — dedi.
Bu gaplarni eshitgan boy shu darajada nadomat qildiki, umri bo'yi xech narsaga bunchalik afsus qilmagandi!

Qong'iroq

Muhim ish yuzasidan uch kunga safarga chiqishimga to‘g‘ri keldi. Uylanganimga uch yil bo‘libdiki, ayolim va o‘g‘limdan uzoqda bo‘lishga o‘rganmagan, ulardan hech ham ayrilmagandim. Ular ham shunday......

Zarina ismli qiz maktubi asosida

Men opamning taqdirini aytib bermoqchiman. Bu xuddi qörqinchli tushga öxshaydi. Opam bir yigit bilann bir-birlarini qattiq sevishardi. Yigit opamni bir zum ham yolg'iz qoldirgisi kelmasdi....

Zaxar kuchi

Bir oilada ko'p janjal bo'lar, eri hotinini murosaga keltirishi juda og'ir ekan. Er hotindan, hotin undan tinimsiz nolir ekan. Kunlardan bir kun ulug' tabib oldiga borib eridan ko'p hasrat qilibdi va bir zahar berishini so'rabdi, shoyad shu zaharni eriga berib undan qutulsa…......

Yolgonchi onamni sog'indim

Sakkiz yoshli bolajonning onasi vafot etishi bilan dadasi farzandini yolg'iz qolishidan qo'rqib, ona mexridan ayrilib qiynalib qolmasin, deb boshqa ayolga uylanishga majbur bo'ldi......

Ayyor qiz

"Xavo namuncha sovuq bo'lmasa... Uff, shunchayam kuttiradimi?! Uyga borib olay, oyimga xam, ularga xam shu qilganlari uchun uch kun arazlamasammi?! Bo'ldi. Sabrim tugadi. Ketdim!”......

Axdga vafo

Umar ibn Al-Xattob davrlarida u kishining xuzurlariga uch kishi miskin bir yigit bilan kirib shunday deyishdi: - Ey, mo'minlar amiri, mana bu yigitdan biz uchun qasos olishingizni so'raymiz, sababi bu inson bizni otamizni o'ldirdi......

Qiz farzand

Shu qizingni ko'zimga ko'rsatma deganman senga. Kuni bilan ishdan charchab kelsangu uyda esa asab buzarlik.. Yo'qot ko'zimdan nari qil! - deb ishdan qaytgan er hotiniga baqira ketdi......

Boylik Yoki Ota-Onam - Qayg'uli Dramma 2.

Boylikka ko'z suzib uzoq ketibman,  Otamni - Onamni yolg'izlatibman.  O'zga yurtda shox bo'lib bir zum,  Asli o'zim kimligimni unutvoribman....

Boy ayol bir...

Boy ayol bir kambag'alning uyi yonidan o'tib ketayotib, uydagilarning hursandchilik qilayotganini, kulayotganini eshitib qoldi. Ayol hizmatkoriga shu uyga kirib, qanday bayramni nishonlashayotganini so'rashni buyurdi......

Uch vasiyat

Luqmoni xakim o'limidan oldin o'g'liga uch vasiyat qildi: birinchisi – zinxor hotiningga siringni aytma, ikkinchisi – boylikka yangi etishgan nokasdan qarz olma, uchinchisi – mirshab bilan do'st tutinma......

Fikr qo'shish