Одамлар

Bu hayot biz uchun nima odamlar,
Sinovmi, jumbokmi yoki bir uyin.
Bilmokka kanchalar intilsang agar,
Yashamok shunchalar tuyular kiyin.

Bu dunyo biz uchun nima odamlar,
Zurlar bulib olgan kurash maydonmi.
Nohak otasidan ranjir ugillar,
Onalar kiziga karab hayronmi.

Bu nafas biz uchun nima odamlar,
Demak biz borlikning bir bulagimiz.
Bizga nesamardir ganimat damlar,
Osmonni yoritsin tilaklarimiz.

Bu yurak biz uchun nima odamlar,
Har lahza bulingay ming bir bulakka.
Uning honishin tinglasak agar,
Ruhimiz uchadi kushdek falakka.

Bu yoshlik biz uchun nima odamlar,
Kim ham bosa olgay yurak taftini.
Yuzimizga ajin tushsa ham agar,
Yana soginamiz uning atirini.

Muhabbat biz uchun nima odamlar,
Ming yillab kutamiz visol onini.
Buni ishk utida kuyganlar bilar,
Sevgidan yaratmish inson jonini.

Guzallik biz uchun nima odamlar,
Kim ham ayta olgay oshiklik sirin.
Goho sarob misol turar jilvagar,
Shuncha kup anglaysan tushungan sarin.

Bu umr biz uchun nima odamlar,
Bu yillar, bu kunlar soat-dakika.
Kancha yokib, kancha yokdik shamlar,
Kimlar bizni eslar, kimlar unutar.

Bu kungil biz uchun nima odamlar,
Ne uchun chalinar dil torlarimiz.
Kimnudir kuziga tushurgay namlar,
Bilmayin etkazgan ozorlarimiz.

Bu yullar biz uchun nima odamlar,
Olga yursang ortga kaytish ham bordur.
Unga karaganda uylang har safar,
Bu hayot yullari juda ham tordir.

Bu takdir biz uchun nima odamlar,
Hudo yorug kilsin peshonangizni.
Uksinmang ustma-ust tushsa ham gamlar,
Doimo pok tuting iymoningizni.

Tiriklik biz uchun nima odamlar,
Aziz saklamokmi dustlar nomini.
Yahshilik yulida boglasak kamarini,
Ushada sezgaymiz hayot totini.

Bu sherim siz uchun nima odamlar,
Balki bir shunchaki kungil ermagi.
Shu erda suzimni kilsam muhtasar,
Ahadning bir tushdek shirin ertagi.

Izohlar 1

Офлайн
Salom
Salom 12 июня 2018 12:03
yahshi sher ekan manga yoqdi

Fikr qo'shish