Mening dunyoyimda uzbekcha she'r

Mening dunyoyimda


Osmondan tushmadim, yerdan chiqmadim,
Meni yaratmagan quyoshiy o'qlar,
Dunyoga keldimu, dunyo demadim,
Mening dunyoyim bor dunyosi yo'qlar.

Hayot peshonamdan o'pmadi bir bor,
Hayotiy qo'rqinchlar o'pdi qanchasi.
Mening dunyoyimda gul bor, qabr bor,
Mening peshonamda ishqning panjasi.


Yashayman toqatga toatlar qilib,
Mening dunyoyimda ajdarsherim bor.

Har kech vijdonimni joyidan yulib,
G'usl qildirguvchi mo'min devim bor.


Siz meni bilmaysiz, bilolmaysiz ham.
Men bilgan dunyoda bilmaganlarim.
Mening dunyoyimning qo'shig'i - alam,
Mening dunyoyimning guli - nastarin.

Mening dunyoyimda qo'llarim - xanjar
Mening dunyoyimda ko'zlarim - qamoq
Mening dunyoyimda dunyoyim yashar,
Mening dunyoyimda yo'qdir yashamoq.

Aslida haqiqat insonning o'zi,
Asli mo'minlik bu - vijdondir abad.
Hali dunyolardan ketaman to'zib,
Meni olib ketar haqqa muxabbat.

Siz meni ranjitmang dunyoni sotib,
Ko'nglimni ko'zlarga sochib o'taman.
Osmonni yig'latib, yerni uyg'otib,
Keyin dunyoyimga qochib ketaman.

Ochilgan gullarni umri ko'zgacha

Ochilgan gullarni umri ko'zgacha, O'limning orasi qoshu ko'zgacha. Muxabbat va nafrat shunchalar yaqin, O'ylamay aytilgan bitta so'zgacha...!...

Uzur sizga yuragimni berolmayman

Men roziman ko‘nglingizdan o‘chirsangiz Bevafosiz rosti yo'lga sololmayman Yaxshi edi gina qilmay kechirsangiz Uzur sizga yuragimni berolmayman......

Noqobil farzand!

O'g'il bo'lib xech Onangni o'ylaysanmi? Farzandisan-sog'inganin bilmaysanmi? Kutar bo'lsa yo'llaringga ko'zin tikib, Hech yo'q oyda axvolini so'rmaysanmi?......

Menga umr berding salomat qilib

~Menga umr berding salomat qilib, ~Olgan nafasimni nixoya qilib. ~O'zingga shukrlar aytaman Allox, ~Bugungi kunimga Alxamdulillax!...

Sukunat hech bo‘lmaganda

Sukunat... hech bo‘lmaganda, O‘z qalbimni tinglashni o‘rgatdi. Tartibga solishni xayollarimni, Javobsiz qo‘ymaslikka savollarimni. O‘zimni anglashga... ahvollarimni......

Yur yoshlikka

Dard yog’ilsa qalamni tutib, Chuqur o’yga tolib qolaman. Hech qadriga yetmagan o’sha, Yoshligimni esga olaman......

Ko‘nglim yig‘laganda qayda edingiz?

Balki kimsa topmas joyda edingiz, Dengiz tubida yo oyda edingiz, Kechalar Xudo deb o‘rtanib zor-zor, Ko‘nglim yig‘laganda qayda edingiz?......

Hamma joyda buyum bozor

Hamma joyda buyum bozor, Lekin hamma mehrga zor. Mehr shunday kam yob narsa, Asli fakat onada bor...!...

Ko'ngil topmoq mumkin bitta gul bilan

Ko'ngil topmoq mumkin bitta gul bilan, Bazilar baxt izlar boshqa yo'l bilan. Mehr berib yashaylik bir birimizga, O'lchanmasin inson qadri pul bilan....

Hayotimda yashayman kunglimda surur

Hayotimda yashayman kunglimda surur. Yaqinlarim mehridan olaman huzur. Bu dunyoda kim ham be darda o'tmaydi. Nolisam gunohdir Allohga shukur....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Gulim
    Gulim 16 ноября 2023 15:55
    Shu mavzuda insho yozish kerak manimcha

Fikr qo'shish