Kenja kelin
Bir keksa ayolning xikoyasi.
«Mening uch o'g'li bor. Kunlarning biri katta o'g'limning uyiga bordim. Ertalab bomdod namoziga taxorat olish uchun kelinimdan suv olib kelishini so'radim. Taxorat qildim. Namozimni o'qidim. Qolgan suvni yotgan o'rnimga to'kdim. Kun yorishganda kelinimni chaqirib:
- Qizim, nimasini deyisiz, endi qarichilik! O'rnimni xo'l qilib qo'ydim, - dedim.
Uning asablari buzildi. Eng yomon so'zlarni to'kib soldi. Menga choyshablarni yuvishni buyurdi. Boshqa bu ishni qaytarmasligimni talab qildi. Choyshablarni yuvib, quritib, dazmolladim.
So'ng, o'rtancha o'g'limnikiga bordim. Ayni ishni takrorladim. Kelinim o'g'limga zarda, urish qilib, qilgan ishimni aytib berdi. O'g'lim unga bir og'iz so'z so'zlamadi.
Ularning uyidan chiqib kenja o'g'limning uyiga bordim. O'sha ishni yana takrorladim. Kelinim tongda yonimga keldi. Unga xam o'rimni xo'l qilganimni aytdim. U:
- Oyijon, hijolatga o'rin yo'q, bu oddiy xol. Go'dakligimizda siz onalarimizning liboslaringizni xo'l qilib qo'yardik. Sizlar malollanmasdan tozalardingiz. Xech qisi yo'q, oyijon, - dedi. Va ko'rpa - to'shakni olib yuvib tozaladi.
So'ng unga:
- Qizim, bir dugonam mendan u uchun uzuk sotib olishimni iltimos qildi. Men uning barmog'ining o'lchamini bilmayman. Uning qo'llari tahminan siznikichalik. O'lchamingiz nechi? - deb so'radim.
O'g'limning uyidan chiqib, to'g'ri zargarlik do'koniga bordim. Bor mablag'imga uzuklar, taqinchoqlar oldim. O'zimga yarasha to'plagan pulim katta miqdorda edi.
Uyimga o'g'illarim, kelinlarimni chaqirdim. Tilla taqinchoqlarni ularning oldiga qo'ydim. Bo'lgan voqeani bayon qildim. Men ko'rpa - to'shakka bavl qilib qo'ymaganim, sinov uchun suv to'kkanimni aytdim. Tillalarni kichik kelinimning qo'llariga tutqazib:
- Qarilik paytimda hotirjam suyanishim, birga yashashim mumkin bo'lgan qizim - bu. Qolgan umrimni u bilan kechiraman, - dedim - u, ikki katta o'g'limga qarab, - huddi shu kundagidek nadomatga tayyor turing! Chunki, sizning menga munosabatingiz albatta farzandlaringizdan qaytadi. Men siz ikkigizga chiroyli tarbiya beraman deb xarakat qilganim, zaxmat chekkanlarim besamar ketganidan afsusdaman. InshaAllox sizlarning ukangiz o'z axli ila bu dunyoda masrur yashab, Robbisiga yorug' yuz bilan yo'liqadi. Afsuslar bo'lsinki, sizlar onangiz qadr - qiymatini ayolingizga bildira olmaginingiz uchun bundan maxrumsizlar! - dedim».