Sevgilimning to'yi kuni…

Sevgilimning to'yi kuni…
Sevgilimning to'yi kuni…


Men bahtning boshqa tomonini topdim… Huddi tanganing ikki tomoni bo'lganidek bahtning xam ikki tomoni bor, ishoning, o'z tajribamdan gapiryapman.
Men uni shunchalik sevardimki, xech qachon birga bo'la olmasligimizni bilib xam sevardim…
Unga unsiz termulib, go'zalligi va shirin so'zlariga maxliyo bo'lib o'tirardim. Shunday damlarda agar joningni ber desa, xech ikkilanmay bervorardim… Lekin u xech nima so'ramasdi…
Men esa uni qiynardim…
Qaylig'idan voz kechishini, menga turmushga chiqishini juda-juda hoxlardim.
U esa siniq jilmayib qo'yishdan nariga o'tmasdi. Avvaliga uni ayblardim.
— Qanday qilib o'zing sevmagan odamga turmushga chiqasan… Senda yurak yo'q, toshsan, — degan paytlarim xam bo'lgan. O'shanda unga qattiq ozor berayotganimni bilmasdim… Hudbinligimni boshqarolmay undan ko'p narsa talab qilganman. Aslida, u menga xech nima va'da qilmagandi.
Faqat sizga ozor berishni istamayman, derdi. Lekin bu bilan jonimga yanada qattiqroq ozor berayotganini tushunmasdi. Muxabbatdan qiynalishga jon deb rozi bo'lardim. Lekin u rozi emasdi.
Bir boshidan gapirib beradigan bo'lsam, u bilan institutni tugatib, ishga kirganimda tanishganman. Direktor arizangizni yozavering, deb chiqarib yuborganda, kotibaning honasida bir muddat kalovlanib turdim-da, komp'yuterdan bosh ko'tarmay nimalarnidir chiqillatayotgan qizga najot kutgandek qaradim.
— Qog'ozingiz yo'qmi?
— Qog'oz kerakmi?
Bu gapni ikkalamiz bir paytda aytib, keyin kulib yubordik. Tezda ariza yozib, ertasi kuni ishga chiqadigan bo'lib uyga qaytdim. Yo'l bo'yi o'sha qiz hayolimdan ketmadi. Nimadan hursandligimni o'zim xam bilmasdim, ishga kirganimdanmi yoki shunday chiroyli qizni uchratganimdanmi?..
Lekin birinchi ish kundanoq hayollarim tumandek tarqadi. U xaqida xali xech bir ma'lumot yig'ib xam, xusniga to'yib termilib xam ulgurmagandim… Qop-qora «inomarka» avtomobilda kelgan yigit uni mashinasiga o'tqizdi-yu, olib ketdi… Ko'nglim vayron bo'lgancha qolaverdim…
Men bilan birga sigaret chekib turgan xamkasbim xolatimni sezdi, shekilli:
— U fotixalangan… — dedi sigaretni chuqur-chuqur tortib.
— Uydagilari qarindoshiga majburlab fotixalab qo'yishgan…
Hayollarimni sezdirib quyganimdan hijolat bo'ldim.
U esa fikrlarimni o'qiyotgandek yana davom etdi:
— Ishga kelgan borki, uni sevib qoladi…
Madina xaqida eshitganlarim shu bo'ldi.
Negadir ishlashga ishtiyoqim xam qolmadi. Xar kuni uni kuzataman…
Nafis, chiroyli, ba'zan maxzun, ba'zan quvnoq… Tuyg'ularimni tizginlab olgan bo'lsam-da, yuragimdagi umid o'chmasdi. Ahir xali to'yi bo'lmagan-ku! To'g'risi, uning qaylig'i bilan raqobatlashishga mendek oddiy yigitga yo'l bo'lsin edi. Lekin ko'ngil o'lgur, ko'nmasa qiyin ekan… Hayolimda uni boyvachcha yigitidan tortib olardim, keyin bir umr bahtli yashardik… Sekin-sekin u xam men bilan bemalol gaplashadigan bo'ldi. Ikkalamiz bitta honada o'tiramiz, uning sarishta va ozodaliga juda xavasim kelardi. Uyimni yashnatib yurishini hoxlardim.
Uyda to'rtta o'g'ildan keyin tug'ilgan yagona qiz bo'lgani bilan erka-tantiq emasdi. Aksincha, ba'zan homush tortib qoladigandek tuyilardi…
Uning erkalanib, erkin gapirishlari juda yoqardi…
U qanchalik meni o'ziga yaqin olib gapirsa, shunchalik jonim azoblanardi.

Ishhonadagi yigit-qizlar yig'ilsa, albatta gap muxabbat mavzusiga burilardi. Xar gal «men muxabbatga ishonmayman», — derdim qaysarlik bilan.
— «Qizlarga umuman ishonmaslik kerak, muxabbat to'ydan keyin keladi».
U esa katta-katta ko'zlarida xayrat bilan menga qarab qolardi.
— Xali sevib qolmagansiz-da… Bo'lmasa unaqa demagan bo'lardingiz, — derdi. Qaysarlik bilan gapimda turib olsam-da, ichimda «koshki edi sevib qolmaganimda», deb ezilardim.
Uning boshqa qizlarga o'hshamagan mayinligi meni kun sayin o'ziga jalb etaverardi. Ohiri unga xazil aralash «Agar fotixalangan bo'lmaganingizda sizni sevib qolardim» deydigan bo'ldim.
U esa odatdagidek jilmayib qo'ya qolardi. «Nega taqdir uni menga asramagan, nega mendan oldin fotixalanib qo'yishgan», degan savollar bilan o'zimni qiynardim. U esa to'yi yaqinlashgani sayin o'z tashvishlari bilan ovora edi. Lekin boshqa qizlarga o'hshab quvonib emas, balki, shunday qilish kerak bo'lgani uchun qilayotgandek tuyilardi nazarimda.

Bu qizdagi meni o'ziga maxliyo qilgan siri nimadaligini bilolmay boshim qotardi.
To'yi yaqinlashgani sayin azobim ortib boraverdi.
Endi uni yomon ko'rib borardim. «Nega uchradi, yomon gapirib urishib bersa-chi», deb o'ylardim. Ba'zan gap orasida uni jerkib berardim, gox qo'pollik qilardim…
U esa qo'polligimdan ko'zi yoshga to'lsa-da, indamay qo'ya qolardi.

Bir kuni 8-mart bayramida ishhona yaqinidagi kafeda hotin-qizlarga bayram qilib berdik. Raxbardan yashirib yigitlar oz-ozdan ichib oldik. Beihtiyor unga tikilib qoldim. Buning noto'g'riligini bilardim, lekin ihtiyorimga qarshi chiqqim kelmasdi. «Bugun bir ko'nglimning amriga bo'ysunsam bo'ysunibman-da. Ahir xar kuni bechorani qafasga solaman», hayolimdan o'tdi.
Tushlik paytiga mo'ljallangan bayram anchaga cho'zildi, keyin ishhonaga qaytdik. Shunda birinchi marta unga tik qarab:
— Nega meni kutmay turmushga chiqib qo'ydingiz-a? — dedim.
Gaplarimni xar doimga xazillarimga yo'yib, kulib qo'ya qoldi.
— Kulmang, rost aytyapman… Men sizni yahshi ko'rib qolganman. O'sha birinchi uchratgan kunimdan buyon yahshi ko'raman…
U menga xayrat bilan tikilib qoldi, keyin sekingina:
— Bilaman, — dedi.
— Nimani bilasiz?… — endi men xayratlandim.
— Yana xazilkashlik qilayotganingizni, — kuldi u.
— Xozir muxabbatga ishonmayman, sevgi yo'q narsa, deysiz…
— Qaylig'ingizdan tortib olsam, menga tegasizmi?
— Yo'q, — kulib yubordi u.
— Sizga teksam, rashk qilaverib kunimni ko'rsatasiz…
Tilim aylanmay qoldi.
Axmoqona xazilkashligim boshimga balo bo'ldi.
Shu kuni ishdan chiqib, bayram baxona rosa ichdim. Yuragim shunaqa siqildiki, dunyo ko'zimga qorong'u edi. «Nega xam uchratdim? Tinchgina yashab yuruvdim…
Endi xammani unga taqqoslayman, xammadan uning hislatlarini ahtaraman! Endi qanday yashayman!»
Endi xar kuni unga yahshi ko'rishimni aytadigan bo'ldim.
U esa kulib qo'yishdan nariga o'tmasdi.
Bir kuni o'zimni tuta olmadim.
— Biror marta bo'lsa-da, gapimni jiddiy olasizmi? Ahir men ishqingizda jinni bo'lyapman-ku! Qanaqa beraxm qizsiz!
U anchagacha javob bermadi, keyin sekingina:
— Aksincha… men juda raxmdilman. Sevib qolib, qiynalishingizni hoxlamayman! Buni qanchalik azobligini bilmaysiz…
— Huddi birovni sevadigandek gapirasiz-a?! Siz toshyuraksiz, xech kimni sevmaysiz… Siz xatto o'sha… qaylig'ingizni xam sevmaysiz!
Bu gapimdan keyin u yig'lab yubordi va yugurib honadan chiqib ketdi. Shu bilan ertasi kuniyam ishga kelmadi. Jinni bo'lib qolay dedim. O'zimni o'zim yomon ko'rib ketdim. Endi bu erda qololmasdim.
Ariza yozib raxbarimning xay-xaylashiga qaramay ishdan bo'shab ketdim. Tezroq uni unutmasam jinni bo'lishim aniq. Odamning yahshi hislati xam birovga ozor berishi mumkin ekan. Men uning yahshiligidan kuygandim. Lekin undan uzoqda xam uning hayoli bilan yashardim. Azobimda, firog'imda xam u.
O'zimcha undan voz kechmoqchi edim, lekin bu men o'ylaganchalik oson emas ekan. Xar kuni telefonimga jiringlab qolarmikan, deb tikilaman. Bu dunyoda xech kim meni unchalik tushunmaydi. Fotixalangani sabab menga barcha gaplarini aytgan, men uni juda yahshi bilardim…

Ishdan ketib dadam bilan savdoda ishlay boshladim. Uni unutish uchun ko'proq ishlashim kerak edi. Bir tomondan uning qaylig'i boyvachcha yigitligi alamimni keltirardi. Sog'inch azobini engish uchun xar uni eslaganimda telefonimga «Sog'indim» deb yozib qo'yadigan odat chiqardim. Bir kunda ellik marta yozibman! Keyin bu ermakka aylandi. Sog'inchlarimni sanab qalbim taftini bosardim. Dadamda tijoratda, yangi ish joylari ochishda tug'ma qobiliyat bor edi. Qaysi ishga qo'l urmasinlar, albata o'ngidan kelardi… Men xam shu yo'ldan ketdim. Dadamning ishini ancha engillatdim.
Oradan uch oylar o'tdi.
Dadam kasodga uchragan bir tadbirkorning to'yhonasini sotib olib, uni yuritishni menga topshirdi…
To'ylar mavsumi yaqin bo'lgani uchun tezda ta'mirdan chiqarib, mijozlarga taqdim etishimiz kerak edi. Tunu kun shu ish bo'yicha yugurdim, aytilgan muddatda ishlarni tugatdim. Ko'p o'tmay to'y o'tkazadigan talabgorlar xam chiqdi. O'z ishimdan fahrlanib to'yhona eshigida turibman. Karnay-surnaylar sadosi ostida oppoq limuzindan novvotrang kostyum-shim kiygan kuyov bola tushdi… Uni ko'rib yuragim to'htab qolay dedi…
Demak, to'yhonamdagi birinchi to'y sevgilimniki ekan! Ey, Hudo, qaysi gunoxlarim uchun?..
Oyog'im ostidagi er yo'qolgandek boshim aylanib ketdi…

Kuyov qo'lini uzatganda mashinadan oqqushdek bo'lib kelin xam tushdi. Ko'zimni yumib oldim, uning bahtiyor chexrasini ko'rishga toqatim yo'q!
Shartta teskari o'girilib keta boshlagandim, nimadir qattiq gumbirlab, atrof qiyqiriqlarga to'lib ketdi. Shoshib o'girildim… kuyov jo'ralar kelin-kuyov sharafiga salyut otishgan ekan… Lekin men salyut emas, boshqa narsa xayratga soldi. Kuyovning yonidagi qiz Madina emas, boshqa edi! Ishonmay unga tikilib qaradim. Yo'q, ko'zlarim aldamayapti. U boshqa!
Yugurib birinchi qavatdagi honamga yugurdim. Eshikni maxkam yopib, tanish raqamlarni terdim… «Allo» degan mayin ovozdan tomog'imga nimadir tiqilgandek bo'ldi.
— S-salom, beraxm… Nega shu paytgacha biror marta qo'ng'iroq qilmadingiz?
Bir zumlik sukunatdan keyin javob keldi:
— Siz baribir muxabbatga ishonmaysiz-ku!
— Ishonmayman! — yana qaysarligim tutdi.
— Lekin menga tegsangiz, kuningizni ko'rsataman, bilasiz-a!
— Bilaman!..
O'zim ta'mirlatgan to'yhonada to'yimiz bo'lib o'tdi.
Biz-bir-birimiz uchun yaratilganimizni vaqtida xis qildik.
Boshqa sevishganlarga xam shuni maslaxat beramiz, xayotingizning xar laxzasida xushyor turing, bahtingizni boy berib qo'ymang..

Bo‘yra to‘quvchi qissasi

Xalil Sayyid bo‘yra to‘qishlik bilan shug‘ullanar edilar. Har qachon joynamozni yerga yoki sholi poxoli ustiga yozilganini ko‘rsalar, yugurib borib joynamoz tagiga yangi bo‘yra to‘shab qo‘yar ekanlar. O‘sha paytdan boshlab joynamozlar tagiga bo‘yra to‘shaladigan bo‘ldi. Bir safar g‘aroyib tush ko‘rdilar......

"Sevgi so'zlarda emas, qalbda yashaydi!"

- Bu xato ekanligini ich-ichingizdan o'zingiz ham his qilib turibsiz. To'g'ri, haqiqiy muhabbat uchun kurashsa arziydi. Lekin siz allaqachon maydonni tashlab ketgan odamsiz. Endi ming chiransangiz-da, orqaga qaytolmaysiz. ...

Otam

O‘smirlik yillarim edi. Nima bo‘ldi-yu, bir kuni nogaxon nojo‘ya so‘z tufayli otamning dilini ranjitib qo‘ydim. Bir ozdan so‘ng uyimga keldim, qilgan aybimni o‘ylab, ko‘zlarimga yorug‘ dunyo tor bo‘lib ketdi. Endi qanday qilib otamdan kechirim so‘rash yo‘lini izlay boshladim. Otam uyimiz oldidagi yo‘l bo‘yiga mevali daraxt o‘tkizayotgan edi. Men...

Jumbok 11 qism

Samdosh hitoyni avtorom resbublikasi bulmish urimchi shahriga etib bordi 1979 yilari ustozi Malikni kidirib tobdi......

Bir kechalik kelin

To'y juda chiroyli o'tdi. Taomlar ko'pligidan stol oyoqlari sinay derdi. Musiqachiyu honandalar almashaverib to'yhonani qizdirdilarki! Pullar sochildi. Xamma samimiylik bilan baht tiladi. Gullar, sharlar, raqslar. Konsertga aylanib ketdi to'y xam. Xammaning og'zida to'yning xashamatli bo'lgani muxokamasi. Kuyov uyiga borishganda xam raqs, o'yin...

ISHID (ИГИЛ) HAQIDA “KALLAKESAR…” NOMLI HAYOTIY HIKOYA (3-qism)

OQQA O'RALGAN MURDA Mehmonali kutilmagan ko'ngilsizlikdan tamom bo'layozgandi. Hech narsaga tushunmay, nuqul goh zanjirlangan qo'l-oyoqlariga, yerto'la tepasidagi kichik darichaga, hozirgina qulf urilgan temir eshikka boqardi. Azbaroyi alami kelganidan lablarini yanada mahkamroq tishlar, jahl bilan polni mushtlab-mushtlab olardi....

Mehrli bo'laylik

Televizori buzilib qolgan bir musulmon oilasi, uni tuzatish uchun uyiga sozlovchi ustani chaqirdilar. Usta televizorni sozlamoq uchun orqa uskunalarini ochdi-yu... xayratdan dedi:......

25000$ Dollarlik sir

Er-hotin birga 60 yil umr kechirishdi. Ular orasida bir-biridan berkitadigan xech qanday sir yo'q edi......

Jumbok 7 qism

Prokuror kancha urinmasin burnini Tagida turgan narsani kurolmasdi Samshod bir marotoba kurin shuni uzi Etarli deb uylab uyiga etolmadi bu Orada Jafar Samshodni uyiga bordi Holajan onajon yahshimisiz sogligiz Yahshimi ona ......

Hikoya: Huvillab qolgan dunyo

Ba'zan ismimga e'tiroz bildirishadi. Xudoning ismi, oldiga Abdul qo'shib aytgin, deyishadi. Biroq menga bu ism boshqa maqsadda berilgan. Yetti oyda tug'ilganim uchun shifoxonada menga «Hech qancha yashamaydi, o'ladi», deb tashxis qo'yishgan. Hatto «Mehringiz tushib qolsa, bir umr unutolmay, iztirob chekib yashaysiz», deya otam qarindoshlariga meni...

Fikr qo'shish