Qiz farzand


Shu qizingni ko'zimga ko'rsatma deganman senga. Kuni bilan ishdan charchab kelsangu uyda esa asab buzarlik.. Yo'qot ko'zimdan nari qil! - deb ishdan qaytgan er hotiniga baqira ketdi...
Ko'zlarini jovdiratib qo'rqib turgan uch yoshli qizaloq dadasini gaplaridan kegin sekingina onasini orqasiga yashirindi...
Dadasi ahir u qizingizku.. Unda nima ayb... Alloh bersa o'gil farzandlik ham bo'larmiz..
O'chir ovozingni.... Beshta qiz tugish keldi qo'lingdan, tiling esa ikki qarich.. Bitta o'gil tugib qo'y, kegin menga nasihat kilasan..
Ayol boshqa hech nima demadi.. Qizini opalarini oldiga olib kirdi va eriga dasturhon tayyorladi...
Yarim tun erni tomogi qurib suv ichgani chiqdi.. Shu payt qizlarini honasidagi chiroq yoniq ekanini ko'rib, hona tomonga yurdi.
Ichkaridan kenjatoy qizini yigi ovozi eshitilardi. Qizalok yiglab bir nimalar derdi..
Hudojon nega meni o'gil qilib yaratmading.. Nega meni otamni har kungi janjaliga, oyimni ko'z yoshlariga sababchi qilib yaratding. Hudojon mayli dadam meni yahshi ko'rmasin, men ularni yahshi ko'raveraman. Mayli meni so'ksinlar, ammo oyimni yiglatmasinlar.. Bitta men ularni shuncha qiynayapman... Meni oldingga chaqirib ol Hudojon. Yolvoraman sendan Hudojon...
Erkak eshitganlaridan karaht holatiga tushib koldi... Ohirgi uch yillik umri ko'z oldidan o'ta boshladi..
Nahot shu qizcha men yuz o'girgan qizcha bulsa... Shunday mehr egasi meni zurriyodim bo'lsa... Nohotki ko'zlarim shunchalik ko'r bo'lgan bo'lsa... Erkak ming hayol bilan honaga kirdi..
Dadasini ko'rgan qizaloq qo'rqqancha, shoshib joyiga yotmoqchi bo'ldi.
Ota uni qo'lidan tutib qo'rquvdan katta katta bo'lgan ko'zlariga termulib, yuziga oqib chiqqan yoshini artdida..
Badbaht otangni kechir bolam dedi...
Qizaloq shoshib otasini bo'ynidan mahkam quchoqlab oldi... Lablari esa " Rahmat senga Hudojon" deb pichirlardi...
O'gilmi qizmi ilohim Farzand bersin Hudoyim...
Izohlar 2