Ayyor qiz

"Xavo namuncha sovuq bo'lmasa... Uff, shunchayam kuttiradimi?! Uyga borib olay, oyimga xam, ularga xam shu qilganlari uchun uch kun arazlamasammi?! Bo'ldi. Sabrim tugadi. Ketdim!”
Momiq yoqali oq pal'to kiyib olgan, oppoq yuzlari sovuqdan lola rangini olgan Farzona qoshlarini chimirib, o'ziga-o'zi gapirgancha ketib borardi. Qo'lqop xam kiyib olmagani uchun qo'llari muzlab qolgan edi. Shu sabab, dam-badam qo'llarini cho'ntagidan chiqarib, nafasi bilan isitishga urinar, bir ish chiqishiga ishonmay, yana cho'ntagiga solardi.
Shu payt qor qoplagan qatnov yo'lidan sekin-asta "odimlab” kelayotgan qora rangli avtoulovga ko'zi tushdi. Bir qarashda mashina qorda sekinlab kelayotgandek ko'rinsa-da, uning izidan kelayotganini qiz sezib turardi. Etigini qordan tozalamoqchidek birrov egilib, mashina tomonga ko'z tashladi. U kutgandek, mashina xam to'htadi. Farzona esa qaddini rostladi-yu, to'g'ri mashina tomonga qadam tashladi. Mashina egasi qiz u tomonga kelayotganini ko'rib, oynani tushirdi.
– Vokzal tomonga ketyapsizmi? - Farzona yigitga yuzlandi.
– O'tiring...
Farzona orqa eshikni ochib, mashinaga chiqdi. Rulda o'tirgan xaydovchiga bir nazar tashladi-yu, keyin boyagi araz kayfiyati bilan deraza osha ko'chaga qarab ketaverdi.
* * *
– Oyi, qishni o'rtasida shartmidi, shu?!
– Men nima qilay, qizim, ular shuni istashyapti. Agar bir-biringizga ma'qul bo'lsangiz...
– Xali qish ohirlamay to'yni xam boshlarsiz?!
– Xa, nima qipti?! Xammayoq oppoq qor... Osmondan sexrli qorparchalar yog'iladi. Romantika... – suxbatga singlisi Shahina aralashdi.
– E, bor-e, o'sha romantikang bilan! Agar shu "qiziqish”laring bo'lmaganda, universitetni men bilan birga bitirgan bo'larding, tushundingmi? Ta'tildan unumli foydalangin-da, bor darsingni qil!
– Endi baribiram shu "romantika”ga qiziqyapsiz-ku! Xar xolda, o'tga kuni ishdan qaytishda sizni uyga tashlab qo'ygan yigit xamkasbingiz emasdir...
– Xaliyam shu erda turibsanmi? - Farzona divandagi yostiqchani olib, singlisiga qarab irg'itdi. Shahina eshikdan chiqib ketishga ulgurdi. Keyin Farzona xam "suxbat tugadi” degandek bir ho'rsinib, o'rnidan turdi. Eshikka yaqinlashib, erda yotgan yostiqchani oldi, divan ustiga to'g'rilab qo'yayotib, oyisining savol nazari bilan unga boqib turgan nigoxlariga duch keldi. "Xech gap yo'q!” degandek, xissizgina qarab qo'ydi.
* * *
– Shunchayam kuttiradimi?! Muzlab qoldim ahir! Shartmidi shu qorli kunda uchrashish?!
– Kechir, Farzona! Ko'chalar rosa muzlagan, mashinada yurish qiyin... Shunga biroz ushlanib qoldim...
– Biroz ushlanib qoldim emish! Men esa sizni naq o'n besh daqiqa kinoteatr oldida kutibman-a! Kamiga kim-kimlar gap tashlab o'tishmadi! – qiz g'uncha lablarini cho'chchaytirdi.
– Kim ekan o'sha senga gap otgan?! Xozir borib...
– O'zingizni bosing-e! Undan ko'ra ayting-chi, xozir nima qilmoqchisiz?
Yigit ko'zgu ichidan qizga bir qarab oldi.
– Xozirmi..? Kino allaqachon boshlandi, ulgurmaymiz bari bir. Keyingi seansgacha birorta restoranga borib, tushlik qila qolamiz...
–Yahshi, – Farzona yigitning yonidagi o'rindiqda turgan guldastaga qarab qo'ydi.
– Qaysiga olib borasiz?
– "Evropa” degan yangi restoran ochilibdi. O'sha yoqqa... – yigit qizning fikrini bilish uchun yana unga qaradi. Nigoxi qizning nigoxiga ergashib, yonidagi o'rindiqda turgan guldastani ko'rdi. – Gap bilan bo'lib, berishni unutibman, bu senga!
– Raxmat. Chiroyli ekan... – qiz atay ko'zlarini yumib, gullarni xidlab ko'rdi.
– Senchalik emas!
– Aziz aka... Uydagilar... Bilishmaydi xaliyam... O'sha yigit siz ekanligingizni... Aytolmadim...
– Qo'yaver, to'ydan keyin bilib olishadi! Xali bu kunlarni sog'inib, kulib eslaymiz. Bu xam bir davr-da!
– Keyinchalik bilib qolishsa-chi?
– Qaytanga sen ko'nglingni ochmaganing, oriyatni ustun qo'yganing uchun ular oldida qadring yanada yuksaladi!
– Shahina bir kuni meni olib kelib qo'yganingizni ko'rgan ekan... U sizligingizni bilsa, aniq ayyorlik qilganga o'hshab qolaman...
– Ayyorginam, restoranga etib keldik! Yur, tamaddi qilib olaylik. Uydagilarga keyin yahshilab tushuntiramiz. To'g'risini aytamiz!
– Nimani?
– Senga ma'qul bo'lganimni. Ahir meni tanimaysan-ku! – yigit ko'cha tomonga ishora qildi. Farzona xam sal nariroqda bir-ikki xamkasblari bilan maktabdan chiqib kelayotgan oyisini ko'rdi.
– Xa, rostdan... Sizni tanimayman... Lekin xali menga ma'qul bo'lishga ulgurmadingiz. Xali erta!
Ikkovlari baravariga kulib yuborishdi.