Yolgonchi onamni sog'indim

Yolgonchi onamni sog'indim
Yolgonchi onamni sog'indim


Sakkiz yoshli bolajonning onasi vafot etishi bilan dadasi farzandini yolg'iz qolishidan qo'rqib, ona mexridan ayrilib qiynalib qolmasin, deb boshqa ayolga uylanishga majbur bo'ldi.
Oradan bir necha kun o'tgach ota farzandini bag'riga bosib, erkalab:
– Toychog'im, yangi onang bilan avvalgi onangni orasida qanday farq bor,-deb so'rab qoldi.
Bola juda xam beg'uborlik bilan javob berdi:

– Xaqiqiy onam menga yolg'on gapirardilar, ammo ikkinchi onam aldamaydilar, xamma aytganlarini qiladilar.

Ota taajjublanib so'radi:
– Qanaqasiga, bolajonim?
O'g'il:
– O'ynab o'tirganimda onamga yoqmaydigan ish qilsam, menga:
"Agarda quloq solmaydigan bo'lsang, senga ovqat bermay qo'yaman", derdilar, ammo gaplariga parvo xam qilmasdim. Chunki gaplari yolg'onligini, baribir meni och qoldirmasliklarini bilardim. Ba'zan, ko'chada ko'p o'ynab qolib ketsam, chiqib meni ko'chama-ko'cha izlardilar, topganlaridan keyin esa yuz ko'zlarimdan o'pib, meni uyga olib kelib, mazali taomlar berardilar.

Endi esa yangi onam, "agar o'yinni bas qilmasang senga ovqat yo'q", dedilar. Mana ikki kundan beri qornim och, juda qiynalib ketdim, dada....!
Menga yolg'onchi onamni qaytarib bering, iltimos, dada! Yolg'onchi onamni juda-juda sog'indim! - deya yig'lab yubordi...

Soatlarning har bir daqiqasini ham qadrla.

Soatlarning har bir daqiqasini ham qadrla....

НАРИГИ ДУНЁДАН КЕЛГАН ОВОЗ… (Юраги заифлар ўқимасин)

Қачондир сиз ёлғиз қолган пайтингизда кимдир исмингизни айтиб чақирганми? Чақирган бўлса, сиз чўчиб овоз келган тарафга қарагансиз-у, ҳеч ким йўқлигига гувоҳ бўлгансиз. Айримлар шу ҳолат бир неча марта такрорланса, юрагида қўрқув ҳиссини туя бошлайди. Аслида бундан қўрқмаслигимиз керак экан. Олимларнинг айтишича, исмимизни айтиб чақирган, бироқ...

JANNATNING EShIKLARI OChILUR...

JANNATNING  EShIKLARI  OChILUR...          Abu xurayra (r.a)  va Abu Sa'id (r.a)dan rivoyat qilinadi, ikkovlari aytdilar:          «Bir kuni Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam bizlarga hutba qilib:         «Jonim qo'lida bo'lgan Zot bilan qasamki» deb uch marta aytdilar. Keyin boshlarini quyi solib turaverdilar, turaverdilar...        ...

Hikoya: Yurakka sanchilgan so'z

Damir Sultonovich inqillagancha o'rnidan turarkan zalvorli gavdasining qo'zg'alishidan o'tirgan stuli og'ir g'ichirlab ketdi. U oq oralagan jingalak sochlarini qo'li bilan orqaga tarar ekan, chuqur ux tortib qo'ydi. Haqiqatan ham, keyingi paytlarda Damir Sultonovichni oyoq og'rig'i bezovta qilardi. Damir Sultonovich yoq-bu yoqdan suhbatlashib...

Safardagi xodisa

Bir yigit bemor yotgan qarindoshining xolidan habar olish maqsadida yo'lga chiqibdi. Qo'lida ikkita non, meva-chevasi bor. Birmaxal,tutzor bo'ylab sekin ketayotganida tut tagida yig'lab o'tirgan bir kimsaga ko'zi tushibdi......

Juvon

U ayol goh-gohida ishxonamizga kelib turardi. Balki uni shunchaki ayol desam, biroz yoshi o‘tinqirab qolgandek taassurot uyg‘otar sizda. Chunki, ayol deyish nisbiy tushuncha. O‘n yetti yoshli qizni ham, yetmish yoshli onaxonni ham ayol deyish mumkin. Shuning uchun ham uni ayol emas, juvon deyish ma’qulday....

Xalol sevgi

Uning ismini qo'l telefonimga (Hadija) deb yozib qo'ydim. Lekin o'ziga bu xaqda aytmagan edim. Bir kuni qo'l telefonimni olib ishlatmoqchi bo'ldi. Qarasa (Hadija) ismi turgan ekan. Darrov shu zaxoti qoni qaynab, peshonasidan ter donalari chiqib ketdi. Jahl bilan mendan (Hadija)ni kim ekanligini so'radi......

AYOL NEGA YIG‘LAYDI?

Bolakay onasidan so‘radi: "Nega yig‘layapsiz?” — Chunki men — ayolman. — Men tushunmayapman! Onasi uni bag‘riga bosib dedi: "Buni sen hech qachon tushunmaysan”....

Jumbok 12 qism

Samshodni asta sekin bilmagan narsalarini urgata boshladi Samshod juda kup narsalardi urganib sir sinoatini tushinishi kerak bulardi Samshod armiyada chegara kushinlarida hizmat kilgan harbiy tayorgarlikdan habari bulgani bilan Samshodni kutib turgan bu jang maydoni hech kande madad kuchlarisiz hech kande yordamsiz birgina hato hayotiga nukta...

Jaxil ustida so'ralgan taloq

Bir kuni oilalik bir er, uyiga qaytishi bilan ayoli janjal ko‘tara boshladi. Janjal shu darajada avj oldiki, xatto ayol taloq so‘rashga o‘tdi. Jahl otiga minib olgan ayol, talog‘ini berishini so‘rashdan nariga o‘tmay qo‘ydi. Hech chora topmagan er, qog‘oz qalamni olib "Ha, men Faloniy o‘g‘li Falonchi, aqli hushim joyida, nima deyayotganimni yaxshi...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Anvar
    Anvar 18 мая 2024 21:02
    Mening onam ham yolgʻonchi boʻldi. 3 yil avval onajonim saraton kasaliga chalingandi. Saraton kasaliga chalinganlar oʻzlariga judayam eʼtiborli boʻlishi kerak ekan. Har doim musofirdaligimda telefon qilganimda "yaxshiman bolajonim" derdilar. Men onamni gaplariga ishonib yaxshi ekan deb bemalol yurdim. Bir oycha avval onam qattiq kasal boʻlib yotib qoldi. Koʻz oldimda onajonim soʻnib bordi. Shunda ham meni aldadi. " Hali tuzalib yaxshi boʻlib ketaman, hali oʻlmayman" deb aldadi. 4 kun oldin onajonim Allohga omonatini topshirdi. Haliyam oʻzimga kelolmayapman. Onamsiz, duoguyimsiz qanday yashayman endi, vaqtida onamga qaray olmadim deb oʻzimni kechira olmayapman. Onasi borlar iltimos onangizni " Men yaxshiman bolajonim, xavotir olma" degan soʻzlariga ishonmang. Onalarni ichida dardi koʻp boʻlarkan. Onangizni asrang, keyin bu dunyodan topolmaysiz. Ey Allohim onajonimni qabrlarini nurga toʻldirgin, onam jannating uchun munosib edi. Jannatingdan onam uchun joy ber.

Fikr qo'shish