Axdga vafo

Axdga vafo
Axdga vafo


Umar ibn Al-Xattob davrlarida u kishining xuzurlariga uch kishi miskin bir yigit bilan kirib shunday deyishdi:
- Ey, mo'minlar amiri, mana bu yigitdan biz uchun qasos olishingizni so'raymiz, sababi bu inson bizni otamizni o'ldirdi.
Umar ibn al-Hattob:
- Nima uchun otalarini o'ldirding?
Yigit:

- Men tuya va echkilarni o'tlatib yuruvchi cho'ponman. Tuyalarimdan biri otalarining eridagi darahtni egani uchun otalari tuyamni tosh bilan urib, o'ldirib qo'ydi. Keyin men xam huddi shu toshni olib otalarini urgandim, o'lib qoldi.
Umar ibn al-Xattob dedi:
- Demak, sen jazoga maxkumsan.
Yigit:
- Menga uch kun muxlat bering. Otam vafot etganlar. Menga va kichik ukamga bir hazinani meros etib qoldirganlar. Agar meni qatl etsangiz, mendan keyin meros xam yo'qoladi, ukam xam xech vaqosiz qoladi.

Umar ibn al-Xattob:
- Kim seni qaytib kelishingga kafil bo'la oladi?

Yigit odamlarning yuziga razm solib chiqar ekan, mana shu inson deb Abu Zarrga ishora qiladi.
Umar ibn al-Xattob:
- Ey, Abu Zarr, sen shu yigitga kafilmisan?
Abu Zarr:
- Xa, ey mo'minlarning amiri.
Umar ibn al-Xattob:

- Sen u yigitni tanimaysan. Agarda qochib ketgudek bo'lsa, uning o'rniga seni jazoga tortaman.
Abu Zarr dedi:
- Men unga kafilman, ey mo'minlar amiri.
Shu bilan yigit jo'nab ketdi. Oradan bir kun, ikki kun va nixoyat uchinchi kun o'tyapti xamki, yigitdan darak yo'q.

Odamlarning barchasi Abu Zarrdan havotirda edilar. Uni aslo jazoga tortilishini istamas edilar.
Shu maxal, shom namozidan biroz oldin yigit xalloslab yugurib yetib keldi. Uning yuzidan charchab, xoldan toygani bilinib turar edi. Yigit Umar ibn al-Xattob, mo'minlar amirining oldilariga kelib to'htadi.
Yigit:
- Hazinani ukamga topshirib keldim. Endi, meni jazolashingiz mumkin. Men sizning ihtiyoringizdaman.

Umar ibn al-Xattob hayron bo'lib so'radilar:
- Seni nima qaytardi? Qochib ketishing xam mumkin edi-ku?!
Yigit:
- Rasululloxning vafotlaridan so'ng, "odamlarda “axdga vafo” degan narsa qolmabdi", deb aytishlaridan cho'chidim.

Umar ibn al-Xattob Abu Zarrdan so'radilar:
- Nimaga sen kafil bo'lding?
Abu Zarr:
- "Rasululloxning vafotlaridan so'ng odamlarda “yahshilik” qolmabdi", deb aytishlaridan qo'rqdim.
O'lib ketgan odamning farzandlari bundan ta'sirlanib, "biz uni afv etdik" deb aytdilar.

Umar ibn al-Xattob:
- Nimaga? Nima uchun?
Yigitlar:
- Odamlar "Rasululloxning vafotlaridan so'ng odamlardan “afv” yo'qolib ketayapti", deb aytishlaridan qo'rqyapmiz.

“Yosh jazman”ning kasofati...

Bu oilani uzoq yillardan beri bilaman. Adashmasam, ular turmush qurgan kundanoq janjallashishni boshlashgan edi. Ammo har gal bu janjallar dahanaki so‘kish-u yengil haqoratlar bilan yakun topardi. Oxiri ajralishdi ham. Afsuski, shundan keyingi janjal ikkovlari uchun ham qimmatga tushdi…...

Yaqinda musulmon bo'lgan bir yaxudiy xikoya qiladi

«Bir musulmon inson bilan sheriklikda ancha yillar tijorat bilan shug'ullandik. Ishimiz juda kattalashdi. Katta foydalar qildik. Vaqti kelib, ikkimiz ajralishga qaror qildik. O'rtadagi molimizni xisobladik. Ikkimizning ulushimiz aniq bo'ldi......

O'rni bo'lmasa xam yahshilikni ekavering...

Shifohonada yoshi ulug' kishi davolanardi. Xar kuni uni ziyoratiga yosh yigit kelar edi. Qariya bilan bir soatdan ko'proq vaqt birga bo'lib, ovqatlanish, yuvinishiga ko'maklashar va shifohona bog'chasida sayir qildirgani olib chiqardi......

Seni ham dadang olib bersin...

- Seni ham dadang olib bersin... Bu gap kichik Hadichaga qattiq tasir qildi. Qur’on kitobi yo‘qligi uchun o‘rtog‘ini Kitobini so‘rab turgandi....

Oppoqqina qushginam (hikoya)

Yolg‘iz qushni, irim qilib, otmas merganlar… Xalq dostonidan. Mustafo sevib uylandi. Harbiy xizmatdan yelkalari to‘lishib, muskullari shishib qayroqdek yigit bo‘lib qaytdiyu qishloqqizlarini birma-bir nazardan o‘tkaza boshladi. Uning lochin ko‘zlari shu yil o‘ninchini tugatgan Gulyuzda to‘xtadi......

Hikoya: Uzuk o'g'risi

Gulzor tog'orani olib, kir yuvishga hozirlandi. So'ng  barmog'idagi uzukni yechib sovun qutisining ustiga qo'ydi. Gulzorning bu uyga ko'chib kelganiga hali ko'p bo'lgani yo'q, hovlisi qishloq chekkasida joylashgan bo'lib, qo'shni uyda Abdulla aka ismli kishi turmush o'rtog'i va ikki qizi bilan birga yashaydi. Odamlar hali bu yerlardan uy qurishni...

BOZORDA (hajviya)

Bozor aylanib yurgandim. Sotuvchilardan biri kutilmaganda qo'limga gilos tutqazdi. — Qarang shirinligini!.. Xuddi mallasoch qizlarga o'xshaydi!.. Menga qarang, nega teskari o'girilayapsiz? Sotib olsangiz-chi!.. — Pulim yo'q. — Vey, arzongarovga bervoraman. ...

Qizg’aldoq

Necha alplar To‘lg‘onoyga dirayalmay to‘lin oy bilan sirlashib kelayotgandi. Ularning barchasi ko‘ksini zax yerga, Turdixol esa qizini Mashi masxaraga berdi. Mashining muchali maymunligi boismi, bolaligidan daraxtga tirmashib yurardi. Elning og‘ziga shamol o‘ynatib Razzoq mirshab to‘yiga masxara olib keldi. Masxaralar Qizg‘aldoq darasiga dor...

Muqaddas Ramazondagi duoning ijobati

Muqaddas Ramazondagi duoning ijobati O'tgan yili Ramazon oyida jazirama yoz kunlari xar kuni qishloqdan shaxarga — ishga qatnashda issiq va xolsizlikdan tinkasi qurirdi. Kechqurun iftorlikka yaqin oyoqlarini sudrab uyga kirib borar, bir qultum suv bilan og'iz ochar-ochmas ko'zi ilinardi. Yana ikki maxalla naridagi masjidga tarovex namoziga...

OQIL ER

OQIL  ER Erta tong bilan er barvaqt uyg'onib, har doimgidek ayoli bilan nonushta qildi. Kiyimlarini kiyib, ishga otlanayotgan er yozuv honasiga kalitlarini olish uchun kirsa, yozuv stoli va komp'yuter jihozini chang bilan qoplanib ketganini ko'rib, sekingina honadan chiqib ketibdi....

Fikr qo'shish