Qissavur

Qissavur
Qissavur


Yoz. Xavo issiq. Qo'qon avtovokzaliga odam degani sig'maydi. Xar ikki odamning biri qo'lidagi chitro'mol bilan o'zini elpigani-elpigan. Issiq ayniqsa, avtobus xaydovchilarini domiga olgan. Yuraverib o'rganib ketgan bo'lishsa-da, baribir qo'llaridagi qorayib ketgan ro'molchani bo'yinlariga surishlaridan dim xavo jonlariga tegib ketganini bilib olish qiyin emas…

Panaroqda yuztacha odam turgandi. Bachqir avtobusi kirib kelganini ko'rishdi-yu, xammalari o'sha yoqqa chopa ketishdi. Kimdir elkasiga mayda-chuyda to'la haltani ilgan, kimdir yonidagini turta-turta oldinga intilgan. Maqsad bitta. Nima qilib bo'lmasin, avtobusga chiqib olish. Qolib ketsang, yana soatlab issiqda qovrilasan…

Yoshi o'n ettidan oshgan, bo'yniga to'qilgan ro'molcha tashlab, og'zidagi saqichni jag'ining uyog'idan buyog'iga oliftalarcha aylantirayotgan Mamir xam olomon avtobusga o'zini urganini ko'rib jinsisining cho'ntagiga qo'lini soldi-da, yarimta piska chiqardi va ikki barmog'ining o'rtasiga joylashtirdi…

Piska cho'ntakkesarlarning joni-dili. Sindirib yarmini kaftingga joylaysan-u, sumka bormi, cho'ntak bormi, bildirmaygina kesib ketaverasan…

Yo'q, buning xam o'z yo'llari bor. Kesgandan keyin sih xam, kabob xam kuymaydigan qili-ib kesish kerak. Cho'ntak yoki sumka egasi payqamasligi lozim…

Kesdingmi, ichidaginiyam ustalik bilan olib ketishni bilishing shart. Yo'qsa, kesishdan ne foyda?..

Mamir esa, bunaqa ishlarni qiyvoradi. Qo'qonlik ustasi Nor qiyshiq (ko'zi g'ilayligi uchun shunday laqab orttirib olgan) ning kaltaklarini eyaverib pishgan. Ana endi oshig'i olchi. Manaman deganini kesib, borini shilib ketadi. Sezib bo'pti!..

Xa, aytgancha, piska yana bir narsa uchun juda asqotadi. Masalan, katmon yohud pul egasi payqab qolib shartta bilagidan oldi deylik. Ana shunday maxallarda Mamir piska qistirilgan barmog'ini unga to'g'rilaydi-yu, bir zarb bilan yuziga tortib yuboradi. Ko'ribsizki, o'sha odam qon tizillagan yuzini qo'llari bilan berkitib erga engashgan ko'yi to o'ziga kelguncha Mamir g'oyib bo'ladi. Melisagayam habar qilishga ulgurmay qoladi…

Mamir bir chetda og'zidagi sigaretini uyoqdan-buyoqqa aylantirgancha kuzatib turgan Nor qiyshiqqa ma'noli ko'z qisib qo'ydi-da, avtobusga o'zini urayotgan olomon orasiga kirdi. Aksiga olgandek bu erdagilarning aksariyati qariyalar ekan. Xammasining egnida chopon…

— Uf-f!..

Mamir jig'ibiyron bo'lib odamlarni turta-turta, engilroq kiyinganini, qo'lida sumkasi borini qidira boshladi…

— Ex, ana!..

Uning ko'zlari tiqilinchda bazo'r nafas olib inqillay-inqillay oldinga intilayotgan yoshi tahminan o'n sakkizlardagi uzun sochli qizni mo'ljalga oldi. Qiz sumkachasini qo'ltig'iga maxkam qistirib olibdi…

Mamir ustozining «o'git»larini esladi.

— «Agar ko'rinishidan engiltak, oliftanamo qizlarni tunamoqchi bo'lsang, — degandi Nor qiyshiq. — Avval ularning badaniga qo'l tekkizib ko'r. Ishon, engiltak qizlar erkakning qo'llarini badanida tuysa, erib ketishadi. Sen ana shundan foydalanib qolasan…»

Mamir qiynalib-siqtalib bo'lsa-da, qizning orqasidan tushdi.

Xa, u xaqiqatan ofatijon edi. Sochlari taqimini o'pgan, kaltagina ko'ylagi ostidan turtib chiqqan siynalari oxanrabodek o'ziga tortadi…

Mamir amal-taqal avtobusga chiqdi-da, qizning orqasiga o'rnashib oldi.

«O'lja» bu tahlit tiqilinchlarga ko'nikmagan ekanmi, tez-tez silkinib qo'yar, qovog'idan qor yog'ilardi.

«Xozir seni muloyimlashtirib qo'yadi akang! — hayolidan o'tkazdi Mamir qizning mayin sochlarini xidlab-xidlab qo'yarkan. — Sochiga yuzim tegsayam indamadi. Demak, buyam ustoz aytganidek ketaveradigan hilidan…»

Ishqilib, ohiri bahayr bo'lsin!..

Shu tobda aksiga olgandek, odamlar uyoqdan-buyoqqa sirg'alib o'tib Mamirning bemalol xarakatlanishiga halal berardi…

— Yo'q, — dedi o'ziga o'zi kutilmaganda mushtlarini tugib. — xozir xarom ish qilib o'tirmayman. Bekorga vaqt kyetkazib nima qilaman?.. Ketvorgan bittta bumidi?.. Katmonini olvolsam, bunaqalarning o'ntasiga etadi…

Yana ustoz o'rgatgan usullar ishga tushdi. Mamir barmoqlari orasidagi piskaning tig'ini sumkachaga tekkizib sekingina tortgandi, to'rtta barmoqcha siqqulik teshikcha paydo bo'lib, sumkacha ichidagilar uning kaftini to'ldirdi.

Bu xolatni qiz tugul, yonidagilar xam sezmay qolishdi…

Mamir kaftidagilarni maxkam g'ijimlarkan, bugun kechagidan xam mo'mayroq pul ishlab topganini darrov xis qildi…



* * *


— Bolam-ey, qay go'rlarda sang'ib yurasan-a sen? — shom payti uyga kirib kelgan shirakayf Mamirni urisha ketdi onasi Munis aya. — Ertalabdan beri yo'lingga ko'z tikaman.

— O'ynab yurganim yo'q-ku, ona!.. — g'o'ldiradi Mamir aftini bujmaytirib. — Tirikchilik qilib yuribman, tirikchilik!

— Obbo, qachon so'rasam, bir gapni qaytaraverasan. Nima ish qilganingni aytmaysan. Ahir, men onangman! Ichingdagini bilishim kerakmi-yo'qmi?

— Bilib nima qilasiz? Sizga pul olib kelsam bo'ldimi?

— E, olib kelgan pulingam qurib ketsin!.. Havotir olganim-chi?..

— Mang, manavi pullarni olib qo'ying! — Mamir bir dasta mingtalik chiqarib Munis ayaning qo'liga tutdi.

— Voy, men o'lay, shuncha pulni qaerdan olding?.. Ilgari bunaqa katta pul olib kelmasding-ku!.. Ayt, qilgan ishing qanday ish ekanki, shuncha pul to'lashsa?.. (Munis aya shu kunga qadar o'g'lim birovlarning xojatini chiqarib pul topyapti deb o'ylardi)

— Sizga nima? — onaning ko'zlariga baqrayib tikildi Mamir. — Uzumini eng-u, bog'i bilan ishingiz bo'lmasin!..

— Yo'q, aytasan. Qaerdan olganingni aytmaguningcha qo'ymayman.

— Uf-f!.. Hotin kishi degani o'zi… Noshukur bo'larkan-da!.. Aytdim-ku, buyog'ini surishtirmang deb, ona!.. Tergayverarkansiz-da!..


Mamir Munis ayaning xay-xaylashiga e'tibor qilmay honasiga kirib ketdi.

Xozir yolg'iz qolib tungi rejalar xaqida bosh qotirishi lozim edi.



* * *



Oydin kecha. Shaxar ko'chalarida o'tkinchilarning xam deyarli keti uzilgan. Faqat Mamirgina egniga qora shim, qora ko'ylak kiyib boshini eggancha noma'lum tarafga ketib borardi.

Chorraxaga etganda boshini yanada pastroq tushirib oldi. Bu o'g'rilarga hos odat. Chiroqlar yorug'idan xam havfsirashadi. Kunduzi kissasi kesib ketilgan kimsalarning birontasi beihtiyor uchrab qolishidan qo'rqishadi…

Nixoyat, u ko'zlagan tor ko'cha ko'rindi. Ko'cha boshida kelishilganidek uni Nor qiyshiq kutib turardi.

— Namuncha sudralmasang? — do'qlagan bo'ldi u Mamir yaqin kelib ulgurmay. — Lallayaverarkansan-da qachon qarasa!..

— Bratan, nima deyapsiz? — tirjaydi Mamir. — Bugun «loy»ning kattasini qo'lga kiritdim.

— Yo'g'-e… Ho'sh, qancha?

— Uyog'ini surishtirmang-da! Mana, ulushingiz!..

Nor qiyshiq shogirdining qo'lidan bir dasta mingtalikni olarkan, ko'zlari chaqchayib ketdi.

— Obbo sen-ey!.. Qotiribsan-ku-a?.. Qani, bir boshdan ayt-chi!.. Qaysi boyvachchani o'marding?..

— Avvaliga anavi ko'rsatgan qizingizni. — maqtana ketdi Mamir. — Keyin narigi avtobusga chiqqandim, bir oliftanamo qariya o'tirgan ekan. Vey, qiyiqqa tugvopti pullarini… Seki-in yaqin bordim. Qarasam, mudrab boryapti. Paytdan foydalandim-u, astagina qo'lidagi qiyiqni sug'urvolib juftakni rostladim. Ishonasizmi, qimirlab xam qo'ymadi.

— Yonidagilar-chi?

— E, bittasi ola qarash qilgandi, piskani shundoq tomog'imga olib borib uyoqdan-buyoqqa yurgazim qo'ydim. Tushundi shekilli, aybdor odamday erga qarab oldi, xi-xi-xi-xi!..

— Bas, kulishni bas qil!.. Devorniyam qulog'i bor deyishadi… Aytgancha, qizni qitiqlab ko'rmadingmi?

— To'g'risi, bratan, ko'nglim tortmadi.

— Ko'nglingdan o'rgildim, tirrancha!.. O'zing kimsan-u, ko'ngling nima bo'lardi.

— Ja erga uravermang!.. Bilasiz-ku, uncha-munchasiga qarayvermayman!.. Sizning ta'limingizni olganman-da!..

— Bo'pti, endi quloq sol!.. Xozir bir erga boramiz. Honadonni o'maramiz.

— Bratan, havfli-ku!..

— Quyonyurak bo'lma! Men tashqarida atrofni kuzatib turaman. Sen ichkariga kirasan-da, pul qidirasan. Esingda bo'lsin, buyum-suyumga e'tibor qilib o'tirma. Faqat pul qidir!..

— Xovlimi?

— Yo'q, kvartira. Ja boy odamniki…

— Bo'pti, ketdik unda!..

— Men oldinroqda, sen o'n besh metr orqada borasan. Unisi-bunisi hitlanmasligi kerak.

— Ja ustasiz-da!.. — Nor qiyshiqning elkasiga urib qo'ydi Mamir va tayinlangandek o'n besh metr orqada qolib yo'lga tushdi…



* * *



Afsuski, bu reja amalga oshmaydigan ko'rinib qoldi.

Ko'chaning narigi yuzida bo'yi naq ikki metr keladigan, xar qo'li gurzidek Homit qimorboz xamtovog'i G'ani bilan birga o'tib ketayotgan ekan. Nor qiyshiqni ko'rib birdan to'htadi.

— Xoy, qiyshiq! — qichqirdi u ko'chani boshiga ko'tarib. — Nima balo, ko'zingni yog' bosganmi?..

Nor qimorbozni tanib chuqur uf tortgancha unga yaqin bordi.

— E, akalar, qalay, oshiqlar olchimi ishqilib? — xazillashgan bo'ldi Nor.

— Qayoqqa ketyapsanlar? — javob berish o'rniga so'radi Homit.

— Xa, endi… Sizlarning qaerga ketayotganingizni so'rayotganimiz yo'q-ku, brat!..

— Seni ja boyib ketdi deyishyapti?.. Qachon akalaringga ulush berib, mundoq duo olasan-a?..

— Aka, o'g'rining xech qimorbozdan duo olganini ko'rganmisiz?..

Bu gapdan Homit sal ranjiganday bo'ldimi, kutilmaganda ayyorona ko'z qisib Norning elkasidan ushlab chetga tortdi.

— Xozir zo'r o'yin bo'ladi. Yur, shogirdingni olib bir chetda tomosha qilasan. Vey, u erda o'zing bilasan-ku, xammasi bo'kib ichishadi. O'ng kelsa, birontasini shilvolarmiding…

Nor birdan boshini ushladi.

Xaqiqatan, qimorboz to'g'ri aytyapti. Katta qimorligi rost bo'lsa, unaqangi erlarda ilgariyam bo'lgan. It egasini tanimay qoladi. Bemalol kimnidir shilib juftakni rostlab yuborsa bo'ladigan… Qolaversa, xam pulli bo'ladi, xam kayf qiladi…

— Men rozi, qani boshlang o'sha qimoringizga!.. — dedi Nor yonidagi Mamirga bilinar-bilinmas ko'z qisib. — Bunaqangi ishlarni mana, Mamir qoyillatib tashlaydi.

— Lekin aytib qo'yay, — dedi Homit pichirlab. — Birovga dimingni chiqarmaysanlar!..

— Albatta. Gap bo'lishi mumkinmas…



* * *

Shu choqqacha shaxardagi manaman degan o'g'ri xam qimorbozni o'marmagandi.

Nor tavakkal qildi.

Mamirga ishondi.

Katalakdekkina xovlidan o'tib qimorhonaga kirib borarkan, ostona xatlagandanoq ichkarida yonboshlagancha kayf surayotgan o'n chog'li katta-kichik qimorbozlarga bir-bir razm solib chiqdi. Shu asnoda pul berkitib qo'yilishi mumkin bo'lgan joylarni ko'zdan kechirdi.

Hona bo'm-bo'sh. Jixoz deganining o'zi yo'q. Demak, bular yutgan pulini yo sholcha ostiga, yo burchakda qalashib yotgan sumkalarga joylashadi…

— Qani, jo'raboshi, qartalarni suz!.. — dedi Homit deraza tokchasida turgan bir piyola aroqni simirib ichgach. — Kutishga toqat yo'q.

Jo'raboshi deganlari Mamat ismli qirqlarni oralagan, oq sochli, qoshlari qalinligidan buralib-buralib ketgan, oriq bir erkak edi. Erinibgina o'rnidan turdi-da, qo'lidagi qartalarni aralashtira-aralashtira, dasturhon ustiga tashladi.

— Avval xamma ataganini o'rtaga tashlasin! — Mamat bir-bir qimorbozlarga ko'z soldi. — Nimaga ammamning buzog'iday lallayib o'tiribsanlar? Tashlasang-chi xammang!..

— O'zi… Bugun qanchadan tikamiz? — so'radi Homit.

— Boshqalarni bilmadim-u, lekin men boshlanishiga o'n ming tikaman. — Mamat birinchi bo'lib dasturhon ustiga bir dasta yuztalik tashladi.

— Unda men yigirma ming tikaman. — deya Homit xam bir dasta ikki yuztalikni o'rtaga qo'ydi…

Hullas, kimdir besh ming, yana kimdir o'n mingdan pulni tashlab bo'lgandan so'ng ko'ngli taskin topgan Mamat qartalarni suzishga tushdi.

Nor esa, xamon bir narsani o'ylardi. Tezroq qaysidir qimorboz yutib, yutuqni «yuva» boshlasa-yu, Mamirni imlasa. Mana shu… Dasturhonning naq yarmini egallab turgan pullarni imi-jimida o'marib juftakni rostlasa…

— Bular kimlar? — kutilmaganda Homitga yuzlanib so'radi Mamat Nor va Mamirga ishora qilib. — Bular xam o'ynaydimi?

— E, bular shunchaki tomosha qilishga kelgan. Mening ukalarim.

— Sotib qo'yishmaydimi ishqilib?

— Nega sotarkan? Bular xam o'zimizdan. Faqat boshqa yo'lminan pul topishadi…

— Shunaqami?.. Xa mayli, boshladim bo'lmasa!..

Qimor boshlandi. Qartasining yuz tomonini yashirib olgan qimorbozlar alang-jalang edi.

Honada pashsha uchsa eshitilgudek sukunat.

Kimdir qartasiga boqib norozi bosh chayqab qo'yadi. Kimdir bilinar-bilinmas jilmayib qo'yadi.

Oradan o'n besh daqiqalar vaqt o'tib faqat Homitning qo'lida uchta, Mamatda bir donagina qarta qoldi.

Qimorbozlar xayron edi. Yutqazish nimaligini bilmaydigan uchar odam naxotki bu kecha o'yinni boy bersa?..

Homitning o'zi bo'lsa, hotirjamgina bir muddat qartalarga tikilib o'tirdi.

— E, bu o'yin-da, akasi! — nixoyat o'rtadagi jimlikni buzdi Mamat. — Bu gal yutqazgan bo'lsang, keyingi gal yutarsan. Shungayam qovoq-tumshuq qilib o'tiradimi odam?..

— Kim yutqazibdi? — dast o'rnidan qo'zg'alib tizzalab oldi Homit. — Sen Mamat ja xaddingdan oshaverma!.. Qani, qartangni ko'rsat-chi!.. Xm-m… Mana bo'lmasa!..

Dasturhon ustiga Homitning qo'lidan uchta tuz uchib tushdi.

O'tirganlar ox tortib yuborishdi.

— Meni yutadigani xali tug'ilmagan, Mamat! — xayqirdi Homit va shosha-pisha o'rtadagi pullarni siqimlab-siqimlab qora charm sumkasiga joyladi. — Men onamning qornidaligimdayoq boshlaganman qarta o'ynashni, uqdilaringmi? Qani, aroqdan quy endi!..

Bu Nor uchun kutilmagan vaziyat edi. U boshqa bir begona qimorbozning yutishini kutgandi.

Endi nima bo'ladi? Bu erga Homitning o'zi boshlab keldi-ku!.. Endi o'zini tunab ketadimi?.. Qanday bo'larkin?..

«O'zidan ko'rsin! — ko'nglidan o'tkazdi u Mamirning biqiniga oxista turtib. — Shunday boyvachchaning kvartirasini tashlab bu erlarga kelib o'tiribman. Quruq ketamanmi endi. Homit peshonasidan ko'raveradi…»



* * *



Xash-pash deguncha ichkilik boshlandi. Kimdir alamidan ichardi, kimdir shunchaki vaqt o'tkazish uchun qadax urishtirardi. Homit esa… Bu tahlit «bayram»larga ko'nikkani sababmi, odatiga ko'ra katta piyolaga to'ldirib-to'ldirib aroq quyar, xar ko'targanda «Sharmanda qilmasin!» degan so'zni albatta tilga olardi…

— Mamir, bo'l, sumkani qo'lga ol!..

Qimorbozlarning aksariyati tarqagan. Honada faqat Mamat hurrak otib uhlar, Homit bo'lsa, tashqariga shamollab kelish baxonasida chiqib ketgandi.

— Tezroq quyon bo'lmasak kech bo'ladi. — dedi shivirlab Nor. — Yurishidan pishib qolgandi Homit. — Qani, derazadan oshib tushamiz…

Mamir itoatkorona sumka to'la pullarni qo'ltig'iga qisdi-da, Norning ortidan deraza oshib pastga sakradi.

Afsuski, ikki-uch metr narida Homit ikki qo'lini beliga tiragancha ularni kuzatib turardi.

— Voy ifloslar-ey!.. — asabiy shivirlab ikki o'g'riga yaqin keldi u. — Xali meni chuv tushirmoqchi bo'ldilaringmi, meni-ya?..

— Buni peshona deb qo'yibdi, brat! — bo'sh kelmadi Nor xam. — Yutishingizni o'zingiz xam bilmagansiz, shundaymasmi?.. Xa-endi… Biz xam katta bir ishni tashlab orqangizdan kelganmiz…

— Mana senga, qanjiq!.. — behosdan basharasiga kelib tushgan musht Norni erga qulatdi. Uning orqasidan huddi shu tahlit Mamir xam er tishladi…

— Jon aka, urmang bizlarni, urmang!.. — baquvvat Homitning oyoqlari ostida changga belanib yotgan ikki o'g'ri baravariga yalinishardi. — Jon aka, tavba qildik!.. Tavba qildik!..

Homit yana bir-ikki tepki bilan ularni siylagach, shoshilmasdan Mamirning yonida yotgan sumkani qo'liga oldi.

— Endi bachchag'arlar… O'zingga o'zing qip qo'yding ikkalangam!.. Ertadan boshlab avtobus bekati atrofida ko'rmay senlarni! U erda mening jiyanim bo'ladi ertadan. Mabodo ko'rib qolsam, naq bo'g'izlab tashlayman!..

— Bo'pti, aka!.. Faqat… Qo'yvorsangiz bo'ldi!..



* * *



— Qimorboz bizni bopladi! — dedi ertasi kuni Nor Mamirga ko'kargan yuzlarini silay-silay. — Maraz baribir bir kun oladiganini oladi. Uni sog' qo'ymayman!..

— Keling, boshqa gapdan gaplashaylik! — norozi to'ng'illadi Mamir. — O'shandan bo'lak tashvishimiz yo'qmi?.. Anavi aytganingiz nima bo'ladi endi?

— Qaysi? Xa-a, kvartirami? Vey, shu ishni bir yoqli qilish kerak. Bir dunyo pul bo'lishi aniq uyida. O'zim ko'rganman. Yolg'iz ayol o'g'liminan yashaydi. Yoshiyam anchaga borib qolgan. O'g'li qachon qarasa, Rossiyada yuradi. O'sha yoqlarda yurib «soqqa» qiladi deyishardi…

— Ishqilib, o'g'li kep qolmasmikan?

— Yo'q. Yaqindagina jo'nab ketgan. Kampir ja beg'am hotin ekan. Pishillab uhlagani-uhlagan emish… Hullas, xammasini aniqlaganman…

— Bo'pti, aka, shu bugunoq kiramiz unda. Xa endi, bizam bir qaroqchilik qilsak qilibmiz-da-a, nima dedingiz?..

— Sen bo'shashmasang bo'ldi.

— Menam anoyi emasman. Mana ko'rasiz, qotirib opchiqaman borini…

Ikkovlari shu kunni chekka-chekkada o'tirib, pivo ichib kech qilishdi. Mamir xam uyiga bormadi. Munis aya qaerda mushtlashib yuzlari qashqa bo'lganin

Meni ham izlasin kimdur, mayliga topolmasa ham..

Men yaxshi ko`raman yig`loqi qizni,  Kelgandan ketgancha ko`z yosh qilsa ham.  Ko`z yig`lab yupatar har birimizni,  Ko`z yoshdir ko`nglimga eng toza malham.....

Qissavur

Yoz. Xavo issiq. Qo'qon avtovokzaliga odam degani sig'maydi. Xar ikki odamning biri qo'lidagi chitro'mol bilan o'zini elpigani-elpigan. Issiq ayniqsa, avtobus xaydovchilarini domiga olgan. Yuraverib o'rganib ketgan bo'lishsa-da, baribir qo'llaridagi qorayib ketgan ro'molchani bo'yinlariga surishlaridan dim xavo jonlariga tegib ketganini bilib...

Yosh qizning xatosi (Oramizdagi odamlar)

Assalomu alaykum qalbi keng saxovatli aziz yurtdoshlarim, sizlardan iltimos faqat tög'ri tushunasizlar va maslaxat yordamlarizni ayamaysizlar degan umiddaman, eng yaqin dugonam döstimga tög'ri maslaxat beringizlar. Guli oilasida 2 qiz, 1 opasi 1 akasi, va singlisi bor, ular bir vaqtlar baxtli oila edilar, 2004 yil guli boshidan murakab jarohlikni...

Musofirlar taqdiri.... (6 qism)

Aynur' qattiq kaltak yeyishiga qaramay, bu yerdan chiqib ketishga muvaffaq bo'ldi. Dom malyutkaga borib bolasini topishga urinib ko'rdi. Lekin uning bolasini nomi bilan birorta joyda go'dak ro'yxatdan o'tmagandi. Kimdir unga o'zbeklar, qirg'izlar diasporasiga murojaat qilishni maslaxat berdi. Xayriyatki, sahovatli, yahshi kishilar bor ekan, u...

Yosh qizning iztirobi: «Men hech qachon ona bo'la olmayman!»

— Hayotning zarbalari insonni qiynab qo'yar ekan. So'nggi paytlar hech narsaga hafsalam yo'q. Azoblarimning oxiri tugamaydiganday tuyuladi go'yo. Bilaman, qiz bola dardini ommaga dasturxon qilishi chiroyli ish emas. Ammo shu qadar tushkunlikka tushib qoldimki… To'g'ri, har bir odamning bu hayotda o'ziga yetgulik dardi bor....

O'rni bo'lmasa xam yahshilikni ekavering...

Shifohonada yoshi ulug' kishi davolanardi. Xar kuni uni ziyoratiga yosh yigit kelar edi. Qariya bilan bir soatdan ko'proq vaqt birga bo'lib, ovqatlanish, yuvinishiga ko'maklashar va shifohona bog'chasida sayir qildirgani olib chiqardi......

​​Shavqatsizlik qurboni...

O'qing fakat yig'lamang 😪😪😪😪😢😢😢😢 Shavqatsizlik qurboni. 🍂Ayol farzandi dunyoga kelishi uchun amaliyot honasiga kirib ketdi. Bola tug'ildi. Ona xayotdan ko'z yumdi. Ayolidan ayrilib, farzandi onasiz qolganidan ota qattiq hafa bo'ldi. Chaqaloqni o'zi parvarishlay olmasligini bilib holasiga berdi. O'zi etti oydan keyin uylandi. Yangi ayolidan ketma -...

Hikoya: Uzuk o'g'risi

Gulzor tog'orani olib, kir yuvishga hozirlandi. So'ng  barmog'idagi uzukni yechib sovun qutisining ustiga qo'ydi. Gulzorning bu uyga ko'chib kelganiga hali ko'p bo'lgani yo'q, hovlisi qishloq chekkasida joylashgan bo'lib, qo'shni uyda Abdulla aka ismli kishi turmush o'rtog'i va ikki qizi bilan birga yashaydi. Odamlar hali bu yerlardan uy qurishni...

Onangiz oyog'i ostida qul bo'lib yashang

Dahshatli sinov Ona o'g'liga qo'ng'iroq qildi. Yodgor: Allo…! Ona: O'g'lim qaerdasan? Onasini savolidan Yodgorni ensasi qotib, jahli chiqdi......

SOLIXA AYoL QANDAY BO'LADI?

SOLIXA AYoL QANDAY BO'LADI? Ko'pchilik solixa ayol so'zini ishlatadi, lekin uni xamma xar - hil tasavvur qiladi.  Solixa ayol:  - U barcha ishda ohirat manfaatini ustun qo'yadi. Bu degani dunyodan uzilib oladi degani emas. - U eriga xuddi hodim podshoxga hizmat qilganiday itoatda bo'ladi. Bu degani qul degani emas. - U eriga ohiratni eslatishdan...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Али
    Али 25 марта 2021 18:40
    Давоми кани админ ?

Fikr qo'shish