Bir yigitning xasratli xikoyasi

Bir yigitning xasratli xikoyasi
Bir yigitning xasratli xikoyasi


Shu yilgacha onam sog'lom edi. To'g'rirog'i men shunday deb o'ylagan ekanman. Chunki onam namozlarni tik turib ado qiladigan, ramazon ro'zalarini, xatto nafl ro'zalarni xam qiynalmasdan tutadigan, nafl ibodatlarni aslo kanda qilmaydigan muhlisa ayol edi. Men xam namoz o'qiyman, ro'zalarni tutaman. Men ramazon oyida ota-onam bilan birga saxarlik qilishni, ular bilan birga o'tirib iftorlik qilishni o'zim uchun unchalik muxim sanamas edim. To'g'risini aytsam, ularning hizmatini qilishga biroz beparvo edim. Shuning uchun bo'lsa kerak, saxarlik va iftorlikda ular nima eb-ichayotganiga xam e'tibor qilmaganman. O'zim esa saxarlik vaqti tugashiga o'n daqiqa qolganda uyg'onib, dasturhonda nima bor bo'lsa, shuni eb-ichib og'iz yopardim va bomdodni o'qib yana uyquni davom ettiraverar edim.

Ota-onam bilan birga saxarlik qilishimiz uchun hotinimga “taom tayyorlab ber” deb aytmaganman. Hotinimni ayaymanmi yoki undan qo'rqamanmi bilmadim?! Balki hotinim ro'za tutmagani uchun uni tong saxarlab uyg'otgim kelmagandir. Extimol ...


Farzandlarim yoki hotinim betob bo'lib qolsa, darxol do'htirga chopaman. Lekin onamni biror marta do'htirga olib borganimni, uning sog'ligi uchun tunlari bedor bo'lib qayg'urganimni eslolmayman. Onam esa do'htirga o'zi borib ko'rinar edi. Indamagani uchun bo'lsa kerak, yahshi ekan deb hotirjam yuraveribman. Aslida, uch-to'rt yil oldinoq do'htir onamga ro'za tutishni taqiqlagan ekan. Musulmon bo'la turib ro'za tutmaslikni tasavvur qila olmagan onam qiynalib bo'lsa xam ro'za tutaveribdi. Do'htir onamga parhezni buyurganini bilar edim. Lekin onamga nima mumkin, nima esa mumkin emasligini men notovon so'rab xam ko'rmabman. Uyga bozorlik qilsam, o'zimga yoqadigan narsalarni harid qilib kelaverar edim. Hotinim nimani yoqtirishini bilamanu, lekin onam nimalarni yoqtirishini bilmayman.

Endi esa onamning betobligi g'olib kelib, bu yildan (2018) boshlab ro'zani tutolmayapti. Namozlarni xam deyarli o'tirib o'qiyotgan ekan.

Onam xajga olib borishimni rosa hoxlar edi. Imkonim bo'la turib, buni xam shu kungacha ortga surib keldim. Xozirgi kunga kelib uzoq safar qilishga toqat qilolmaydigan bo'lib qoldi.

Bu yil xam ro'za tutyapman. ...

Endi onamga saxarlik yoki iftorlik qilib berishimning foydasi yo'q. Endi onam bilan birga saxarlik qiladigan bo'lsam, tong saxar onamni bezovta qilgan bo'laman. Chunki onam ro'za tutolmaydi.

Afsusdaman, duo qilinglar, Allox taolo onamga shifo bersin, onam bilan birga saxarlik va iftorlik qilay, onamga saxarlik va iftorlik taomlarini o'z qo'llarim bilan edirib qo'yay, iltimos duo qilinglar!

Xa, azizlar, extimol biz xam mazkur yigit kabi beparvolikka yo'q qo'yayotgan bo'lishmiz mumkin. Ota-onamizni g'animat bilaylik. Umr o'tib boryapti, ota-onamiz bizni kutib turishmaydi.

Jumbok 13 qism

Samshod va Malik Dishruhni uchratishdan bir necha yil oldin Dishruh tugulish paytiga Nazar tashlaymiz kiskacha Tanishib olsak......

Jumbok 2 qism

Dayana bilan Damana kurishib uy ichiga kirishdi Damana Samshod hakida suradi Dayana akasi Samshod kamalib kolganini hakida suzlab berdi Damana hayron bulib kanakasiga kamalgani va nima sababdan kamaldi deb suradi Dayana akami dushmanlari va ishhonasidagilar akami stoliga pul tashlab tamigir pora horlikda yolgon tuhmat orkali......

Oriyat (Fotihasi buzilgan qiz)

- Buncha uzoq gaplashding, qizim? Telefon ham qizib ketgandir? Hozir "dod" deb chinqirib yuboradi, - dedi Maqsuda qiziga hazil-chin gapirib. Ammo ich-ichidan jahli chiqdi....

ШАЙТАНАТ… (4-қисм. Биринчи китоб)

Hamdamning taklifini o'ylab ko'rishga ulgurmay depara ichki ishlar bo'limi boshlig'i kapitan Mirsultonov kirib keldi: — Ot aylanib qozig'ini toparkan. Bizdan qutulib bo'psiz! — u shunday deb Zohid bilan qo'shqo'llab ko'rishdi. — Yaxshi, yaxshi. Ishni o'zimizdan boshlaganingiz, yaxshi bo'libdi. Qiynalmaysiz. Mana, bu yoqda biz bor. Borib...

Meni ham izlasin kimdur, mayliga topolmasa ham..

Men yaxshi ko`raman yig`loqi qizni,  Kelgandan ketgancha ko`z yosh qilsa ham.  Ko`z yig`lab yupatar har birimizni,  Ko`z yoshdir ko`nglimga eng toza malham.....

Yetim va nogiron qizaloq haqida

Avtobusda odam unchalik ko'p emasdi. Bekatda 35 yoshlar atrofidagi bashang kiyingan ayol avtobusga chiqdi. Kun juda issiq, aksiga olib hamma joylar band Faqat orqaroqdagi o'rindiqlarning birida 14-15 yosh atrofidagi qizcha jimgina ko'chani tomosha qilib ketardi. Ayol o'sha tomonga yurdi. Lekin qizcha joy berishni hayoliga ham keltirmasdi. Avtobus...

Dada, oyim nimaga uyg'onmayaptilar?.

Jajji bolakayning savoli shundog'am siqilib turgan dadasining yuragini ezdi. Ög'lini tizzasiga ötqazdida, peshonasidan öpdi. "Oying ög'lim, rosa charchagan. Endi bir-necha kun uxlab, yaxshilab dam olishi kerak" Bolakay indamadi. 5 yoshli bolakay onasining og'ir kasalligini ancha oldin fahmlagandi. Shifoxonaga dadasi körishga olib borganida, oyisi...

Izzat – Islomdadir!

Tarix kitoblarida hazrati Umarning (r.a.) fath etilgan Quddus shahriga kirib borishlari shunday tasvirlangan: Quddusliklar «xalifangiz kelsagina shaharni sizlarga topshiramiz», deyishadi. Hazrati Umar (r.a.) bir tuya, bir xizmatkor bilan Madinadan Quddusga ravona bo‘ladilar. Kamtarlikni qarang. Dunyoning yarmini boshqarib turgan amir xohlaganida...

Nishonga urilgan gaplar: “Agar erkak ayolini suv bilan sug'orsa, (ayoliga suv ichirsa), ajr oladi”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.  Umidsizlikka tushma! Alloh taolo sen uchun tor joylardan chiqadigan yo'lni ato etadi. Sen ushbu oyatni yodingda tut: "Qachon biron narsani iroda qilsa, Uning ishi "Bo'l” demoqlikdir, xolos. Bas, u narsa bo'lur”(Yosin surasi,...

Sevgi Bor Men Ishonaman...

Ba'zilar hozirgi kunda haqiqiy sevgi qolmagan deyishadi. Lekin, men uning borligiga ishonaman. O'zim guvoh bölganman shunday sevgiga. Bu xuddi qörqinchli tushga öxshaydi... Opam bir yigit bilan bir-birlarini qattiq sevishardi....

Fikr qo'shish