Men seni judayam, juda sog‘indim sog'inch haqida she'r

Men seni judayam, juda sog‘indim
Men seni judayam, juda sog‘indim


Hijronlar qalbimni buncha ezadi,
Armonlar orzuning qasrin buzadi.
Yuragim bir senga zorlik sezadi,
Men seni judayam, juda sog‘indim.

Armondir dardimni aytolmaganim,
G‘ururni yiroqqa haydolmaganim,
Armondan og‘irdir qaytolmaganim —

Men seni judayam, juda sog‘indim.

Ko‘ngilning ming bitta zori bo‘lsa ham,
Imtihon dunyoning kori bo‘lsa ham,
Iqrordan dilimning ori bo‘lsa ham
Men seni judayam, juda sog‘indim.

Dardimni aytmadim, tishladim tilni,
Hijrondan ming karra g‘ashladim dilni,
Topmadim sen tomon boshlagan yo‘lni
Men seni judayam, juda sog‘indim.

Yillarki izlayman bosgan izingni,
Ko‘zimda ko‘raman qora ko‘zingni,
Qaniydi, bir bora ko‘rsam o‘zingni,
Men seni judayam, juda sog‘indim...!

Sog'inchlar qalbimga berdiku azob

Sog'inchlar qalbimga berdiku azob,  Go'yoki bo'larmish orzularim sarob.  Lek senga bo'lgan ishonchim so'nmas,  Lek qalbim sensizlikka ko'nmas....

Borligimni eslab turing

Eng baxtiyor kunlarizda. Shirin hayol surganizda. Orzular bog'iga kirganizda. Borligimni eslab turing......

Sogindim visolim

Sogindim Visolim Sogindim jamoling Yuragim tuhtab kolar Vujudim kuydan kolar Kuzlaring aklim olar......

Nechun kelmading…???

Seni kutdim, kutdim ko’p uzoq Yo’llaringga ko’zlarim mushtoq Kelishingdan aylabon ogoh Bevafo yor nechun kelmading?......

Sog'insam aytmayman sog'indim deya

Sog'insam aytmayman sog'indim deya Aytsam sevgim sirin buzib qo'yaman Sog'insam astagina derazangizga Yuragim rasmini chizib qo'yaman...!...

Yana xasta bu yurak seni soraverar

Yana xasta bu yurak seni soraverar Sog'inchlarga tolaverar Osmonlardan tomchi tomchi yomg'irlar yog'sa ham Dardim yuvish o'rniga yangilaverar....

Sog'insamda yurak tutib

Sog'insamda yurak tutib, Men yoningga bormay sevdim, Sevganimni pinxon tutib, Senga dilim yormay sevdim...!...

Nuqsonlarda sarson bo'lsang ham

Nuqsonlarda sarson bo'lsang ham, Yuragimda armon bo'lsang ham. Kecholmayman sendan baribir, Sog'inaman yomon bo'lsang ham...!...

Men sizni osmonlarcha sog'indim

Men sizni osmonlarcha sog'indim, Uzoq uzoq zamonlarcha sog'indim, Gar sog'inish yomon odat desangiz, Mayli o'sha yomonlarcha sog'indim!...

Sog‘inch yoqasini tutganda yurak

Sog‘inch yoqasini tutganda yurak, Yulduzlar bag‘riga uchgim keladi. O‘ksik ko‘z yoshini to‘kkanda falak, Men seni sog‘inib ko‘rgim keladi....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Фарходжон
    Фарходжон 14 апреля 2023 12:08
    Согиндим якинларимни

Fikr qo'shish