Beshbarmoq

Beshbarmoq
Beshbarmoq


Kerakli masalliqlar:

Mol go'shti - 300 gr.
Qo'y go'shti - 300 gr.
Ot go'shti - 300 gr.
Qazi - 1 dona
Zira


Hamir

Un - 1-1,5 kg,
Tuhum 2 dona.
Nomokob suv - 1 kosa.


Tayyorlanishi:

Birinchi navbatda, qozonda, go'shtlar, qazi, tuz va zira solinib, 3 soat davomida suvda qaynatiladi. Suv birinchi qaynab chiqqan vaqtida ko'pikni olish kerak. Yodingizda bo'lsin! Ko'pikni qanchalik erinmay olsangiz, suv shunchalik tiniq bo'ladi.



1 kosa suvda 1 osh qoshiq tuz eritiladi. Tayyor eritma unga solinadi va 2 ta tuhum qo'shib, hamir qoriladi. Hamir yahshilab mushtlab, tindirib qo'yiladi. Tingan hamirimiz yupqa, bir tekisda qilib yoyiladi. Hamir qalinligi chuchvara hamiri qalinligidek (2-3 mm) buladi. Yoyilgan hamir, 8 ga 8 to'rtburchak qilib qesiladi. Hamir bo'lakchalari aloxida suvda pishiriladi.



Pishgan hamirni chovli yordamida laganga suzamiz va ustiga go'shtlar qaynagan sho'rvadan quyamiz. Parrak qilib kesilgan qazi, hamda go'shtlar bilan taomni bezatamiz va dasturhonga tortamiz.

Eslatma: taomdagi go'shtlar sizning ta'bingizga qarab o'zgartirilishi mumkin. Sur go'sht bo'lsa taom yanada hushho'r bo'ladi.

Yoqimli ishtaxa!

Pishloqli tart

Juda ham mazali tart! Qarsildoq xamir, nozik sousli asos bu mo'jizaviy lazzatlanishni taqdim etadi. Bayram dasturxoni va kundalik taom dasturxonidan o'zining yorqin o'rnini egallaydi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Norin tayyorlash - retsepti, usullari, sirlari, kerakli masalliqlar, xamiri va go'shti

Norin bu somoncha qilib kesilgan go’sht va maxsus xamir, piyoz, murch aralashmasi va xushbo’y bulyon bilan tortiladigan juda mazali taomdir. Uni tayyorlash uchun an’anaviy tarzda qo’y yoki ot go’shtidan tayyorlangan bulyon va ishlatilishi shart bo’lgan masalliq – qazidan foydalaniladi. Xo’sh, norin qanday tayyorlanadi?...

Gulkaram qovurma

Gulkaramning gul shohlarini o'zagidan ajratib olinadi. Masalliqni sovuq suvda bir-ikki chayqab olingandan so'ng qaynab turgan tuzli suvga solib qaynatib olinadi. Yarim tayyor karamni dog'langan dumba yog'ida piyoz bilan birga qovurib pishiriladi. Taomni dasturhonga likopchalarda tortiladi....

KFC tayyorlash retsepti - qanotchalar uchun maxsus masalliqlar, bosiqchlar

KFC tovuq qanotchalari tayyorlash retseptini ko’pchilik bilishni istaydi. Albatta restoran haqiqiy retseptni oshkor etmaydi va ko’pchilik masalliqlar KFC restoranlariga ham yarimfabrikat sifatida keladi. Shu tufayli xohish bo’lganda oshpazlar ham uning sirini bila olishmaydi. Lekin olingan ba’zi ma’lumotlarni qo’llagan holda, haqiqiy KFCga juda...

Guruchli tovuq sho'rva

Tovuq go'shti qozonga solinib qaynatiladi. Qaynab chiqqanidan so'ng ko'pigi olinadi. Olov osh damlanadigan pastlikda pasaytirilib, qozon qopqog'i yopiladi. Va shu xolatda 3 soat qaynaydi. Guruch pishiriladigan qozon (kashavarka)da pishirib olinadi. Piyoz va ko'katlar (kashnich, ko'k piez) to'g'raladi. Sarimsoq piyoz yanchiladi. Ziravorlardan...

Holodes

Mol oyog'i suvda suyagidan ajralgunicha qaynatiladi. So'ng, suvdan olib, suyagidan ajratib, to'g'rab, qayta solinadi. Ustiga go'sht mayda to'g'ralib solinadi. Go'sht pishgach, tuz va ziravorlar, to'g'ralgan sarimsoqpiyoz solib, yana 5-10 daqiqa qaynatiladi....

Toshkentcha osh (palov)

Qozonga yog' solinadi. Va u qizigach, go'sht solinib, qizargunicha qovuriladi. Ustiga to'g'ralgan piyoz solib, uni xam qizargunicha qovuriladi. Oshni rangi piyozni qovurilishiga qarab o'zgaradi. Agar siz oqishroq oshni xoxlasangiz, piyozni ko'p qizartirib qovurmang. Agar piyozni go'sht rangiga yaqin qizartirib qovursangiz, osh qizil tusda bo'ladi....

Do'lma tayyorlash - uzum barglaridan kovatok retsepti

Tokli do’lma (kovatok) uzum barglaridan tayyorlanadigan nafaqat o’zbek, balki kavkaz, turk va yunon oshxonalarining mashhur taomlaridan biridir. Do’lma guruch, go’sht, baliq, sabzavot yoki yong’oq bilan bo’lishi mumkin. Taomning nomi tukcha fe’l — to’lmoq so’zidan olingan. Maqolada taomning klassik turi — go’shtli do’lma tayyorlanishi retsepti...

Gazak "Nozik suluguni pishlog'i"

Nomiga munosib nozik va juda ham mazali! Chexiya oshxonasining mashhur gazaklaridan biri. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga lazzat bag'ishlashi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Lavash-pishloqli pirog

Yengil va nozik pirog! Shu bilan birga juda ham mazali! Tayyorlanishi oddiy, natijasi lazzatbaxsh. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Fikr qo'shish