Honim

Honim
Honim


Kerakli masalliqlar:

1. Qo'y charvi yog'i yoki mol yog'i - 200 gr.
2. Kartoshka - 1,5-2 kg.
3. Piyoz - 1 kg.
4. Un - 1-1,5 kg.
5. Pomidor - 2 dona.
6. Tuz va ziravorlar


Tayyorlanishi:

Sho'r suvga oddiy hamir qoriladi.


Hamir tinguncha qiymasini tayyorlaymiz. Kartoshka va piyoz artib, somoncha to'g'raladi. Charvi yog' mayda kubik to'g'raladi. Xamma masalliqlar aralashtirilib, ziravorlar solinib, tuzi rostlanadi.




Tingan hamir iloji boricha yupqa qilib yoyiladi. Yoyilgan hamir ustiga dog'langan yog' surtib, so'ng qiymani bir hil qalinlikda hamir ustiga sochib chiqamiz.



So'ng bir chekkasidan 10 sm. qalinlikda rulet xoliga keltirib o'rab chiqamiz. Xar 3-4 qavatdan so'ng hamirni uzunasiga kesib, manti-qasqonning yog' surtilgan listiga o'rab chiqamiz. Qasqonga suv solib, qaynatilinadi. Va suv qaynab chiqqach, listlar qo'yilib, 40-45 daqiqa davomida pishiramiz.

Qizil qayla. Piyoz to'g'ralib, qizigan yog'da, tovada qovuriladi. So'ng, ustiga qirg'ichdan chiqarilgan yoki mayda to'g'ralgan pomidor solinadi va tuzi rostlanib, biroz qovuriladi.

Pishgan honimni kerakli hajmda kesib, likopchalarga qo'yamiz. Dasturhonga qizil qayla, qatiq va ko'kat bilan tortamiz.

Yoqimli ishtaxa!

Qo'ziqorin-kartoshkali rulet

Mazali, tez va to'yimli. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ajoyib gazak o'rnini va mazali pirog o'rnini ham egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Holodes

Mol oyog'i suvda suyagidan ajralgunicha qaynatiladi. So'ng, suvdan olib, suyagidan ajratib, to'g'rab, qayta solinadi. Ustiga go'sht mayda to'g'ralib solinadi. Go'sht pishgach, tuz va ziravorlar, to'g'ralgan sarimsoqpiyoz solib, yana 5-10 daqiqa qaynatiladi....

Pirog "Sabzavotlar savatchasi"

E'tiboringizga vitaminlarga boy va mazali pirogni taqdim etamiz. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Osh tayyorlash retsepti - masalliqlar, pishirish bosqichlari, usullari, sirlari

Osh tayyorlash retsepti yuzlab, minglab turlarga ega. Har bir oshpazda ushbu milliy taomni tayyorlashning o’z usuli va oshpazlik sirlari bor. Osh palovning eng taniqli turi – o’zbek oshidir....

Olmali quymoq

Quymoq - barcha uchun sevimli nonushta. Taqdim etiladigan quymoq retsepti esa siz va yaqinlaringiz uchun juda ham sevimli nonushta bo'la oladi. Ushbu retseptni bir bor tayyorlashingiz bilan takror va takror tayyorlashga odatlanasiz. Mazali, oddiy va tez tayyorlanadi....

Grechkali pashtet

Juda ham mazali va to'yimli! Buterbrodlar uchun asos va mazali gazak o'rnini egallashi aniq. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Tuxumli greniki

Ertalabki nonushta uchun uneversal tanlov! Qarsildoq non bo'lagi va nozik asos bir-biriga kirishib, mo'jizaviy lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun ajoyib yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi hech kimni befarq qoldirmaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Gazak "Nozik suluguni pishlog'i"

Nomiga munosib nozik va juda ham mazali! Chexiya oshxonasining mashhur gazaklaridan biri. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga lazzat bag'ishlashi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Shilpildoq

Qozondagi qizigan yog'ga oldin piyozni solib, novvot rang tus olgunicha qovuramiz. So'ng, go'shtni solib, qovurishda davom etamiz. Keyin pomidor qaylasi. So'ngra, kartoshka, sabzi, bulg'or qalampirlari, sarimsoq piyoz bo'lakchalari ketma-ket solinib, masalliqlar chiroyli qizil tus olgunicha qovuramiz. Ta'bga ko'ra, sarimsoq piyoz (yashil) va...

Olot somsa

Un elab, qaynatib sovutlgan suvga tuz solinadi.  Sho’roq qilib  qattiqina oddiy xamir tayyorlab olamiz. Xamirni yaxshilab mushlab tindiramiz. Ungacha qiymasini tayyorlab olamiz....

Fikr qo'shish