Quymoq

Quymoq
Quymoq


Kerakli masalliqlar:

1. Sosiska - 1 pachka
2. Tuhum - 10 dona
3. Un - 2 osh qoshiq
4. Razrihlitel' (qavartma) - 1 choy qoshiq
5. Pista yog'i - 2 osh qoshiq
6. Tuz


Tayyorlanishi:

10 ta tuhum idishga chaqiladi, ichiga un, razrihlitel' (qavartma), yog' va ta'bga ko'ra tuz solinadi. Bu xamma massa blenderda yahshilab aralashtiriladi.


Duhovka listini yog'lab, ichiga aralashma solinadi.Va uning ustiga parrak qilib to'g'ralgan sosiska kerakli miqdorda solinadi. Bu listni oldindan qizdirilgan duhovka ichiga qo'yiladi. O'rtacha olovda 10-15 daqiqa pishiriladi.



Pishgan quymoq bo'laklarga bo'lingan xolda, xoxishingizga qarab, bezatilib, dasturhonga tortiladi.
Bu ertalabki nonushta dasturhoniga tortish uchun qulay va oson pishiriladigan taomdir.

Ushbu quymoqni tuhum pishiradigan tovada xam pishirish mumkin. Tovada pishirishdan oldin uning katta-kichiklik hajmiga e'tibor qiling. Yodingizdan chiqmasin, quymoq pishish jarayonida ko'tariladi.

Yoqimli ishtaxa!

Tuxumli greniki

Ertalabki nonushta uchun uneversal tanlov! Qarsildoq non bo'lagi va nozik asos bir-biriga kirishib, mo'jizaviy lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun ajoyib yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi hech kimni befarq qoldirmaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Piyoz-tuxumli pirojki

Nozik asos va yumshoq xamir bu juda ham mazali. Juda ham tez tayyorlanadigan pirojki. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'lishi turgan gap. Taomnomangizdan o'zining o'rnini egallashi aniq. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Norin

Norin shoxona taom bo'lib, o'zbek milliy taomlari orasida tayyorlanishi ancha murakkab bo'lgan taomdir. Asosan yilning sovuq fasllarida tayyorlanadi. Taomni ta'bga qarab mol yoki ot go'shtidan tayyorlash mumkin....

Manti

Idishga unni solib, sho'r suvda hamir qoramiz. Hamir tingunicha qiyma tayyorlaymiz. Go'sht va piyoz mayda kubik to'g'raladi. Ziravorlar solib, tuzi rostlanadi. Tingan hamir yupqa qilib yoyiladi. Yoyilgan hamir tahlanib, 5 barmoq enligida kesiladi. Xar bir bo'lakka qiyma solib, tugiladi......

Pitsa

Idishga unni, gazda erigan margarinni, choy sodasi va tuzli qatiqni solinadi. Tuhumni bittasini sarig'i olib qo'yiladi va qolgani idishga solinib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi va 4ta bo'lakka bo'linib, 30 daqiqaga tindiriladi. Hamir tingunicha nachinka tayyorlaymiz......

Dimlama

Go'sht, kartoshka, karam va sabzi kerakli kattalikka bo'linadi. Toza qozon tubiga go'sht bo'laklari terib chiqiladi. So'ngra to'g'ralgan piyoz, sabzi, karam va kartoshka teriladi. Bunda xar bir qatlam ustiga ozginadan tuz sepiladi. Eng ustiga to'g'ralgan pomidor va sarimsoqpiyoz bo'lakchalari solinadi. Qozon gazga qo'yilib, yarim kosa suv...

Qizil baliqli blinchik

Mo'jizaviy ta'mga ega blinchik! Ajoyib gazak va yengil tamaddi o'rnini egallashi turgan gap. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pigodi

Un idishga solinib, o'rtasi ochiladi va ichiga hamirturush, iliq sho'r suv solib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi. Hamirni o'rab, oshishi uchun issiq joyga qo'yiladi. Hamir oshgunicha qiyma tayyorlanadi......

Chuchvara

1 kosa suvda 1 osh qoshiq tuz eritiladi. Tayyor eritma unga solinadi va 2 tuhum ta qo'shib, hamir qoriladi. Hamir yahshilab mushtlab, tindirib qo'yiladi. Qozonga suv solinib gazga qo'yiladi. Suv qaynab chiqqach, 2-3 dona mayda to'g'ralgan piyoz va kartoshkalar solinadi....

Xonaki suharik

Ko'pchiligimizga ma'lum, xozirda do'konlarda turli ta'mli non suhariklari (kirieshkalar) sotiladi. Bolalarimiz ularni yahshi ko'rib iste'mol qilishadi. Lekin ularning xajmi kam. Bolalarimiz 1-2 qutisiga tuyishmaydi. Farzandlarimizni yanada hursand qilish uchun biz suhariklarni uy sharoitida tayyorlaymiz.....

Fikr qo'shish