Kesma lag'mon

Kesma lag'mon
Kesma lag'mon


Kerakli masalliqlar:

Qayla uchun:

1. Go'sht - 0.5 kg.
2. Bulg'or qalampiri (qizil) - 2 dona
3. Bulg'or qalampiri (yashil) - 2 dona
4. Koreys karami yaproqlari - 0,5 kg.
5. Koreys turupi - 1 dona
6. Qizil sabzi - 1 dona
7. Kabachki - 1 dona
8. Pomidor - 2 dona
9. Piyo0 - 2 dona
10. Sarimsoq piyoz - 5-6 bo'lakcha
11. Ko'kat (sel'dr) - 1 bog'
12. Soya sousi - 2 osh qoshiq.



Hamir uchun:

1. Un - 4-5 stakan
2. Tuhum - 2 dona
3. Nomokob suv - 1 kosa.


Qayla tayyorlanishi:

Qozonga 1 cho'mich yog' solinadi. Yog' qizigach, to'g'ralgan piyoz solib, qizargunicha qovuriladi. So'ng, yirik somoncha shaklida to'g'ralgan go'sht solinadi. Go'sht biroz qovurilgach, ustiga to'g'ralgan pomidor solinadi va qovurishda davom etiladi.


Pomidor ezilib, yo'q bo'lgach, 1 kosa suv solinadi. Suv qaynab chiqqach, olov pasaytirilib, go'sht pishgunicha qaynatilinadi. Solingan 1 kosa suv kamayib, qovurish xoliga etganida, olov balandlatiladi. Va, yirik to'g'ralgan barcha masalliqlar ketma-ket solinib, qovurishda davom etiladi.



5-7 daqiqadan so'ng, soya, tuz, yanchilgan achchiq qizil qalampir ta'bga ko'ra solinadi. So'ng, masalliqlar ko'milgunicha suv solinadi. Suv qaynab chiqqach, olov pasaytiriladi va 15-20 daqiqa qaynatilinadi.


Hamir tayyorlanishi:

Un ustiga 2 ta tuhum va sho'r suv solinib, qattiq hamir qoriladi. Hamir uzoq mushtlanib, tindiriladi.
Tingan hamir yoyiladi. Ustiga un sepib, shu xolida 5-10 daqiqaga qoldiriladi. Yoyilgan hamir biroz qotgach, uni tahlanadi va kerakli qalinlikda hamirni kesib chiqiladi. Kesilgan hamir barmoqlar yordamida titib yuboriladi. Va bu hamir qaynayotgan sho'r suvda pishiriladi.



Iste'mol qilish:

Avval idishga pishgan hamir solinadi. So'ng ustiga qayla solinib, to'g'ralgan ko'kat va oq piyoz bilan bezatilib, dasturhonga tortiladi.

Yoqimli ishtaxa!

Qo'ziqorin-kartoshkali rulet

Mazali, tez va to'yimli. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ajoyib gazak o'rnini va mazali pirog o'rnini ham egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pigodi

Un idishga solinib, o'rtasi ochiladi va ichiga hamirturush, iliq sho'r suv solib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi. Hamirni o'rab, oshishi uchun issiq joyga qo'yiladi. Hamir oshgunicha qiyma tayyorlanadi......

Tovuqli kotlet

Non ivitiladi, so'ng, suvidan silqitilib, qiymaga qo'shiladi. Ustiga tuhum chaqilib, yahshilab aralashtiriladi. Tuz va ziravorlar solinib, yana aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan qiyma kichik bo'lakchalarga bo'linib, biroz tindiriladi. Tovada yog'ni biroz qizdirib, unga bo'lakchalar kerakli shakl berilgan (yapaloqlagan) xolda solinadi va ikki tomoni...

Anor mevasining foydali hususiyatlari

Xammamizga ma'lumki kuz kirib kelishi bilan o'lkamizda anor va hurma pishib etiladi. Demak, bu mevalarni iste'mol qilish ayni vaqti. Shu sababli biz, siz azizlarimizga bugun anor mevasining foydali xususiyatlari xaqida va nega uni iste'mol qilish foydali ekanligi borasida to'htalishni lozim topdik....

Qatlama tayyorlash retsepti - bosqichma-bosqich ko'rsatma + foto

O’zbek milliy xamirli pishiriqlarining turli xillari mavjud va ularning barchasi o’ziga xos ravishda juda mazalidir. Ana shunday pishiriqlardan biri qatlama bo’lib, u qavatli xamirni yog’da qovurish usulida tayyorlanadi. Uning retsepti quyida batafsil....

Patir retsepti

Patir (fatir) – Osiyo mamlakatlari xalqining an’anaviy hisoblanadigan pishirig’i, u choyga ham, ovqatga ham ajoyib qo’shimcha bo’ladi. Ushbu retseptdagi patirni piyoz bilan ham, piyozsiz ham tayyorlash mumkin....

Kartoshkali chips retsepti - uy sharoitida tayyorlash, qovurish, duxovkada pishirish usullari

...

Tarvuzli shirin reseptlar

Xozir tarvuz mavsumi juda qizg'in. Mazali poliz ekini barcha bozor, do'kon va ko'cha rastalarini to'ldirib tashladi. Tarvuz harid qilayotib barcha qanday qilib eng shirin va pishgan tarvuz tanlasam ekan deya bosh qotiradi....

Qisqa muddatli parhez

Natija: 3 kunda 2-5 kg vazn tashlash mumkin. Taomnoma: kuniga 1,5 litr yog'siz qatiq bilan kifoyalanish. Agar judayam och qolsangiz, bir nechta nordon mevalardan iste'mol qilishingiz mumkin. Qanday: taomnomada belgilangan qatiq miqdorini 5-6 qismga bo'lib iching. Qulayligi: juda arzon va amal qilishda juda oson. Kamchiligi: faqat kuchli irodaga va...

Sarimsoq-pishloqli buterbrod

Qarsildoq va hushbo'y, nozik va juda ham mazali! Ertalabki nonushta va kechki ovqat uchun qo'shimcha sifatida juda ham ma'qul bo'ladi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Fikr qo'shish