Bulg'or qalampirli do'lma

Bulg'or qalampirli do'lma
Bulg'or qalampirli do'lma


Kerakli masalliqlar:

1. Bulg'or qalampiri - 0.5 kg.
2. Guruch - 0.5 kg.
3. Mol go'shti qiymasi - 300 gr.
4. Kartoshka - 4 dona.
5. Piyoz - 3-4 dona.
6. Sabzi - 2 dona.
7. Sarimsoqpiyoz donachasi va ko'katlar.
8. Ziravorlar va tomat pastasi.


Tayyorlanishi:

2 ta piyoz mayda to'g'raladi. Unga tozalangan guruch yuvilib, qiyma go'shti bilan qo'shiladi. Tuzi rostlanib, ziravorlar qo'shiladi. Ozgina tomat pastasi xam qo'shish mumkin.

Tayyor qiyma tozalangan (dumi olingan) bulg'or qalampiri ichiga joylanadi. Bunda qiyma joylashganidan so'ng qalampir ichiga ko'rsatkich barmoq sig'adigan joy qolishi lozim. Bu guruchning ishib, bulg'or qalampirni yorib yubormasligi uchun kerak.

Qolgap piyoz to'g'ralib, artilgan kartoshka va sabzilar kerakli bo'laklarga bo'linadi. Toza qozon gazga qo'yilib, yog' solinadi. Yog' qizigach, piyoz solinadi. Piyoz novvot rang tusga kirgach, ustiga kartoshka va sabzilar solinib, qovuriladi. Ozginadan sung tomat pastasi, sarimsoqpiyoz bo'laklari va sel'derey solinib, qovurishda davom etiladi.



So'ng, tuz-namagi rostlanib, suv solinadi. Suvning ko'p yoki kamligi xoxishingizga bog'liq. Taom suvli (sho'rvali) bo'lsin desangiz, ko'proq suv soling. Suv qaynab chiqqach, yana bir bor tuzi ko'riladi. So'ng tayyor bulg'or qalampirlari solinib, qaynadiladi. Qaynab chiqqach, olov pastlatilinadi. Qozonni xamma joyi bir tekisda miltirab qaynashiga axamiyat beriladi. 30 daqiqadan so'ng bulg'or qalampirlari sho'rvadan olib qo'yiladi.


Taom aloxida likopchada bulg'or qalampirlari va kosada shurvasi solingan xolda dasturhonga tortiladi.


Yoqimli ishtaxa!

Roll sendvich

Yengil tamaddi uchun ajoyib tanlov! Ajoyib gazak o'rnini ham egallaydi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Beshbarmoq

Birinchi navbatda, qozonda, go'shtlar, qazi, tuz va zira solinib, 3 soat davomida suvda qaynatiladi. Suv birinchi qaynab chiqqan vaqtida ko'pikni olish kerak. Yodingizda bo'lsin! Ko'pikni qanchalik erinmay olsangiz, suv shunchalik tiniq bo'ladi....

Gruzin sousi "Satsebeli"

Satsebeli sousi - Gruzin oshxonasining universal souslaridan biri hisoblanadi. Nega deysizmi? Sababi ushbu sous barcha taomlar bilan iste'mol qilish uchun juda ham ma'qul sous. Ushbu sousni qishki g'amlama sifatida tayyorlash ham mumkin. Juda ham mazali!...

Tuxum-ko'katli pirog

Bu juda ham ajoyib! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Kartoshkali bo'g'irsoq (pirojki) tayyorlash resepti - sirlari, tavsiyalar, +foto

Qovurma kartoshkali bo’g’irsoq (pirojki) resepti juda oson va tayyorlash uchun oz vaqt talab qiladi. O’z yaqinlaringizni mazali pishiriq bilan siylang. Axir, issiqqina kartoshkali bo’g’risoq juda mazali, ayniqsa sous bilan tortiq qilinganda....

Pishloqli mandarinlar gazagi

Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Nozik va mazali gazak! Taomnoma uchun chinakam yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

15 daqiqa ichida 3ta qiziqarli nonushta

Biz nonushtaga buterbrodlar, bo'tqalar va yana bir qator standart narsalar iste'mol qilishga ko'nikib qolganmiz. Agar ertalabki nonushtaga biroz o'zgartirish kiritsak-chi?...

Bulg'or qalampirli do'lma

2 ta piyoz mayda to'g'raladi. Unga tozalangan guruch yuvilib, qiyma go'shti bilan qo'shiladi. Tuzi rostlanib, ziravorlar qo'shiladi. Ozgina tomat pastasi xam qo'shish mumkin. Tayyor qiyma tozalangan (dumi olingan) bulg'or qalampiri ichiga joylanadi. Bunda qiyma joylashganidan so'ng qalampir ichiga ko'rsatkich barmoq sig'adigan joy qolishi lozim....

Ko'za sho'rva

Ko'zalarning ichiga, avval, kerakli bo'laklarga bo'lingan go'sht, sabzi, kartoshka, pomidor, piyoz, sarimsoq piyoz, bulg'or qalampirlari, ko'katlar solinadi va tuzi rostlanadi. Ta'bingizga ko'ra ziravorlar solsa xam bo'ladi. Ustidan, masallliqlarni ko'mgunicha suv solinadi. So'ng, ko'zalar oldindan qizdirilgan gaz duhovkasiga joylashtiriladi....

Tuxumli greniki

Ertalabki nonushta uchun uneversal tanlov! Qarsildoq non bo'lagi va nozik asos bir-biriga kirishib, mo'jizaviy lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun ajoyib yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi hech kimni befarq qoldirmaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Fikr qo'shish