Dimlama

Dimlama
Dimlama


Kerakli masalliqlar:

1. Go'sht - 1 kg.
2. Kartoshka - 1 kg.
3. Piyoz - 3 dona
4. Karam - 2 dona
5. Pomidor - 1 dona
6. Qizil sabzi - 2 dona
7. Sarimsoqpiyoz
8. Ziravorlar

Tayyorlanishi:

Go'sht, kartoshka, karam va sabzi kerakli kattalikka bo'linadi. Toza qozon tubiga go'sht bo'laklari terib chiqiladi. So'ngra to'g'ralgan piyoz, sabzi, karam va kartoshka teriladi. Bunda xar bir qatlam ustiga ozginadan tuz sepiladi. Eng ustiga to'g'ralgan pomidor va sarimsoqpiyoz bo'lakchalari solinadi. Qozon gazga qo'yilib, yarim kosa suv solinadi. Ustiga ziravorlar sepib, qozon qopqog'i yopiladi. Qaynab chiqqach, olov paslatilib, 1 soat davomida pishiriladi.


Tayyor bo'lgan taom likopchalarda, ustiga ko'katlar sepilgan xolda, dasturhonga tortiladi.

Yoqimli ishtaxa!

Anor mevasining foydali hususiyatlari

Xammamizga ma'lumki kuz kirib kelishi bilan o'lkamizda anor va hurma pishib etiladi. Demak, bu mevalarni iste'mol qilish ayni vaqti. Shu sababli biz, siz azizlarimizga bugun anor mevasining foydali xususiyatlari xaqida va nega uni iste'mol qilish foydali ekanligi borasida to'htalishni lozim topdik....

O'rdakli kanape

Mo'jizaviy gazak! Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, o'zgacha lazzatlanish baxtini taqdim etuvchi ta'mni hosil qiladi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Honim

Sho'r suvga oddiy hamir qoriladi. Hamir tinguncha qiymasini tayyorlaymiz. Kartoshka va piyoz artib, somoncha to'g'raladi. Charvi yog' mayda kubik to'g'raladi. Xamma masalliqlar aralashtirilib, ziravorlar solinib, tuzi rostlanadi. Tingan hamir iloji boricha yupqa qilib yoyiladi......

Qattiq pishloq resepti - uy sharoitida tayyorlash usuli, bosqichlari

Pishloq tayyorlash usullari juda ko’p. Ushbu maqolada sigir sutidan tayyorlanadigan oddiy pishloqning resepti keltiriladi....

Mosarellali raviole

Juda ham mazali! Taomnoma uchun yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barcha uchun manzur bo'ladi. Chinakam lazzatlanish baxtini ulashadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Blinchik (quymoq) tayyorlash: usuli, retsepti, uy sharoitida, sirlari, xamiri

Blinchik (quymoq) – qizib turgan tovada suyuq xamirni qovurish orqali tayyorlanadigan pishiriqdir. Blinchik tayyorlash usullari juda ko’p, ammo ularning barchasi asosida bitta umumiy retsept, ya’ni sutli suyuq xamir yotadi. Tayyor blinchik (quymoq) larni har xil to’ldiruvchi bilan iste’mol qilsa bo’ladi. Bular qatorida: murabbo, tvorog, go’shtli...

Qatlama tayyorlash retsepti - bosqichma-bosqich ko'rsatma + foto

O’zbek milliy xamirli pishiriqlarining turli xillari mavjud va ularning barchasi o’ziga xos ravishda juda mazalidir. Ana shunday pishiriqlardan biri qatlama bo’lib, u qavatli xamirni yog’da qovurish usulida tayyorlanadi. Uning retsepti quyida batafsil....

Moxito tayyorlash retsepti - alkogolsiz, sprayt va mineral suv asosli turlari

Yozning issiq kunlarida alkogolsiz moxito kokteyli chanqoqni qoldirish uchun ajoyib ichimlik sanaladi....

Bulg'or qalampirli do'lma

2 ta piyoz mayda to'g'raladi. Unga tozalangan guruch yuvilib, qiyma go'shti bilan qo'shiladi. Tuzi rostlanib, ziravorlar qo'shiladi. Ozgina tomat pastasi xam qo'shish mumkin. Tayyor qiyma tozalangan (dumi olingan) bulg'or qalampiri ichiga joylanadi. Bunda qiyma joylashganidan so'ng qalampir ichiga ko'rsatkich barmoq sig'adigan joy qolishi lozim....

Pigodi

Un idishga solinib, o'rtasi ochiladi va ichiga hamirturush, iliq sho'r suv solib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi. Hamirni o'rab, oshishi uchun issiq joyga qo'yiladi. Hamir oshgunicha qiyma tayyorlanadi......

Fikr qo'shish