Manti

Manti
Manti


Kerakli masalliqlar:

1. Yog'liroq qo'y go'shti - 1,5 kg.
2. Piyoz - 2 kg.
3. Un - 1,5 kg.
4. Nomokob suv - 1 kosa.
5. Ziravorlar.


Tayyorlanishi:

Idishga unni solib, sho'r suvda hamir qoramiz. Hamir tingunicha qiyma tayyorlaymiz. Go'sht va piyoz mayda kubik to'g'raladi. Ziravorlar solib, tuzi rostlanadi. Tingan hamir yupqa qilib yoyiladi. Yoyilgan hamir tahlanib, 5 barmoq enligida kesiladi.


Xar bir bo'lakka qiyma solib, tugiladi. Tayyor mantilar oldindan yog'langan manti qasqon pallagiga terib chiqiladi.





Taom 45 daqiqa davomida pishiriladi. Pishgan mantilar dasturhonga qatiq va murch bilan tortiladi.

Yoqimli ishtaxa!

Yogurt - resepti, uy sharoitida 3 xil turini tayyorlash usullari, texnologiyasi, sirlari

Tabiiy yogurt – ochlik hissini yaxshi qoldiradigan, qisqa muddatda ozishga yordam beradigan, sog’lom nonushta sifatida xizmat qiladigan ajoyib mahsulotdir....

Qizil baliqli blinchik

Mo'jizaviy ta'mga ega blinchik! Ajoyib gazak va yengil tamaddi o'rnini egallashi turgan gap. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Mosarellali raviole

Juda ham mazali! Taomnoma uchun yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barcha uchun manzur bo'ladi. Chinakam lazzatlanish baxtini ulashadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Chuchvara

1 kosa suvda 1 osh qoshiq tuz eritiladi. Tayyor eritma unga solinadi va 2 tuhum ta qo'shib, hamir qoriladi. Hamir yahshilab mushtlab, tindirib qo'yiladi. Qozonga suv solinib gazga qo'yiladi. Suv qaynab chiqqach, 2-3 dona mayda to'g'ralgan piyoz va kartoshkalar solinadi....

Honim

Sho'r suvga oddiy hamir qoriladi. Hamir tinguncha qiymasini tayyorlaymiz. Kartoshka va piyoz artib, somoncha to'g'raladi. Charvi yog' mayda kubik to'g'raladi. Xamma masalliqlar aralashtirilib, ziravorlar solinib, tuzi rostlanadi. Tingan hamir iloji boricha yupqa qilib yoyiladi......

"Mitti jo'jacha" gazagi

Nozik va juda ham ajoyib gazak! Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Ikrali beylgl

Kanada, AQSh davatlarining mashhur va sevimli tamaddilaridan biri. Aslini olib qaraganda tayyorlanishi juda ham oddiy, natijasi esa hech kimning e'tiboridan chetda qolmasligi aniq. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Gruzin sousi "Satsebeli"

Satsebeli sousi - Gruzin oshxonasining universal souslaridan biri hisoblanadi. Nega deysizmi? Sababi ushbu sous barcha taomlar bilan iste'mol qilish uchun juda ham ma'qul sous. Ushbu sousni qishki g'amlama sifatida tayyorlash ham mumkin. Juda ham mazali!...

Holodes

Mol oyog'i suvda suyagidan ajralgunicha qaynatiladi. So'ng, suvdan olib, suyagidan ajratib, to'g'rab, qayta solinadi. Ustiga go'sht mayda to'g'ralib solinadi. Go'sht pishgach, tuz va ziravorlar, to'g'ralgan sarimsoqpiyoz solib, yana 5-10 daqiqa qaynatiladi....

Tovuqli kotlet

Non ivitiladi, so'ng, suvidan silqitilib, qiymaga qo'shiladi. Ustiga tuhum chaqilib, yahshilab aralashtiriladi. Tuz va ziravorlar solinib, yana aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan qiyma kichik bo'lakchalarga bo'linib, biroz tindiriladi. Tovada yog'ni biroz qizdirib, unga bo'lakchalar kerakli shakl berilgan (yapaloqlagan) xolda solinadi va ikki tomoni...

Fikr qo'shish