Pigodi

Pigodi
Pigodi


Kerakli masalliqlar:

1. Un - 1.5 kg.
2. Go'sht yoki qiyma - 1 kg.
3. Karam - 1.5 dona
4. Soya va ziravorlar
5. Hamirturush - 1 quti


Tayyorlanishi:

Un idishga solinib, o'rtasi ochiladi va ichiga hamirturush, iliq sho'r suv solib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi. Hamirni o'rab, oshishi uchun issiq joyga qo'yiladi.
Hamir oshgunicha qiyma tayyorlanadi:
Karam yirik to'g'ralib, qozonda dimlab, qovurib, bir oz yumshatilinadi. Go'sht mayda to'g'ralib, ziravorlar solinib, karamga qo'shiladi. Oshgan hamir mayda tuhum kattaligida zuvalachalarga bo'linib, biroz tindiriladi.



Tingan zuvalachalar barmoqlar yordamida yoyilib, ichiga qiyma solinadi va shakl berib tugiladi.





Manti qasqon listlari yog'lanib, tugilgan pegodyalar terib chiqiladi. Va 45 daqiqa davomida bug'da pishiriladi.
Tayyor taomni iste'mol qilishda tayyor sabzi va lavlagi salatlaridan, ta'bga qarab mayonez va ketchuplardan foydalanish mumkin.

Yoqimli ishtaxa!

Qattiq pishloq resepti - uy sharoitida tayyorlash usuli, bosqichlari

Pishloq tayyorlash usullari juda ko’p. Ushbu maqolada sigir sutidan tayyorlanadigan oddiy pishloqning resepti keltiriladi....

Okroshka (yahna sho'rva)

Go'sht sho'r suvda 1 soat davomida (go'sht pishgunicha) qaynatilinadi. So'ng sho'rvasi sovutishga olib qo'yilib, go'sht va bodring somoncha to'g'raladi. Kartoshka va tuhum qirg'ichning yirik tishidan o'tkazilinadi. Ko'katlar to'g'ralib, go'sht qaynagan suvga xamma masalliqlar solinadi. Qatiqni xam atalab, solinadi. Tuzi yana bir bor rostlanib,...

Shashlik tayyorlash - go'shtni tanlash, marinadlash, tayyorgarlik ko'rish, tavsiyalar

Issiq kunlar kelishi bilan do’stlar va oila davrasida dam olish uchun bizda shashlik tayyorlashga hozirlik ko’riladi. Kimdir uyida, kimdir esa tabiatda shashlik tayyorlaydi. Tashqi tarafdan shashlik pishirish oson ko’rinadi. Lekin hammasini yanada yaxshiroq qilish mumkin...

"Qo'ziqorin" gazagi

Ajoyib va nozik gazak! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida go'zal ko'rinishi va ta'mi bilan barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Quymoq

10 ta tuhum idishga chaqiladi, ichiga un, razrihlitel' (qavartma), yog' va ta'bga ko'ra tuz solinadi. Bu xamma massa blenderda yahshilab aralashtiriladi. Duhovka listini yog'lab, ichiga aralashma solinadi.Va uning ustiga parrak qilib to'g'ralgan sosiska kerakli miqdorda solinadi. Bu listni oldindan qizdirilgan duhovka ichiga qo'yiladi. O'rtacha...

Ko'k somsa

Undan o'rtacha yumshoqlikda sho'r suvga oddiy hamir qilinadi. Va biroz tindirib qo'yiladi. Ko'katlar tozalanib, kartoshka va go'sht kubik qilib to'g'raladi. Tuzi rostlanadi. Tingan hamir yupqa yoyilib, omuhta yog' surtiladi. Hamir rulet xoliga keltirilib o'raladi. Va uni muzlatkichga 1 soatga qo'yiladi. Hamir muzlatkichdan olinib, bo'laklarga...

Holodes

Mol oyog'i suvda suyagidan ajralgunicha qaynatiladi. So'ng, suvdan olib, suyagidan ajratib, to'g'rab, qayta solinadi. Ustiga go'sht mayda to'g'ralib solinadi. Go'sht pishgach, tuz va ziravorlar, to'g'ralgan sarimsoqpiyoz solib, yana 5-10 daqiqa qaynatiladi....

Chuchvara

1 kosa suvda 1 osh qoshiq tuz eritiladi. Tayyor eritma unga solinadi va 2 tuhum ta qo'shib, hamir qoriladi. Hamir yahshilab mushtlab, tindirib qo'yiladi. Qozonga suv solinib gazga qo'yiladi. Suv qaynab chiqqach, 2-3 dona mayda to'g'ralgan piyoz va kartoshkalar solinadi....

Grechka palov

Xamma masalliqlar keraklicha hajmda maydalab to'g'raladi. Qizib turgan qozondagi yog'ga piyoz solib, novvot rang bo'lgunicha qovuriladi. So'ng go'sht solinadi. Biroz qovurilgach, pomidor solinadi. Yana birozdan so'ng kartoshka, sabzi, bulg'or qalampirlari, sarimsoq piyog' va ko'kat ketma-ket solinib, qovuriladi. Tuzi rostlanib, suv solinadi.......

Bulg'or qalampirli do'lma

2 ta piyoz mayda to'g'raladi. Unga tozalangan guruch yuvilib, qiyma go'shti bilan qo'shiladi. Tuzi rostlanib, ziravorlar qo'shiladi. Ozgina tomat pastasi xam qo'shish mumkin. Tayyor qiyma tozalangan (dumi olingan) bulg'or qalampiri ichiga joylanadi. Bunda qiyma joylashganidan so'ng qalampir ichiga ko'rsatkich barmoq sig'adigan joy qolishi lozim....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    кундуз
    кундуз 19 января 2022 20:47
    катлама ичига сабзи кошса жуда мазали болади кора буруч сепса хам болади

Fikr qo'shish