Xalol sevgi

Xalol sevgi
Xalol sevgi


Uning ismini qo'l telefonimga (Hadija) deb yozib qo'ydim. Lekin o'ziga bu xaqda aytmagan edim. Bir kuni qo'l telefonimni olib ishlatmoqchi bo'ldi. Qarasa (Hadija) ismi turgan ekan. Darrov shu zaxoti qoni qaynab, peshonasidan ter donalari chiqib ketdi. Jahl bilan mendan (Hadija)ni kim ekanligini so'radi. O'zimni xuddi ikkilanganday tutib, savoliga javob bermadim. Jahli yanada zo'rayib baland ovoz bilan:
"Ayting..... Javob bering...... meni ko'zlarimga qarab ayting.."
Va nixoyat javob berdim: " uning o'zidan so'ra"
U bo'lsa: " Juda yahshi, o'zidan so'rayman".
(Hadija) ismiga qo'ng'iroq qilishi bilan o'zining qo'l telefonini jiringlagan ovozini eshitib qoldi. Telefoniga qarashi bilan qo'ng'iroq qilayotgan shahs eri ya'ni men ekanligimni ko'rib hayron bo'lib qoldi. 

Hech narsani anglab yetmay telefoniga qarab dedi:
"mening ismim Hadija emas!"
Shunda men:
" sifatingchi? ... mexringchi? ... meni tshunushingchi? ... menga bo'lgan muxabbatingchi? ... mendan xavotir olishlaringchi?
Sen mening oilamsan. Sen bu dunyodagi butun molu davlatim. Sen mening nomim va sharafim, ayblarimni yashirguvchimsan, oliy firdavslardagi rafiqamsan ( in shaa Allox) ... sen mening ayolimsan..."
Qo'llarim bilan yonoqlariga qarab oqib tushgan ko'z yoshlarini artar ekanman, gapimni davom etdim:
"endi bildingmi (Hadija)ni kimligini?"
U shunday deb javob berdi: 
"in shaa Allox shunday xam bo'laman. Yuzingizni aslo yerga qaratmayman".
Alloxim, biz sendan xalol sevgini barcha aka uka, opa singillarimizga so'rab qolamiz. Barchalarimizni xalol sevgi, ishonch, mexr, muxabbat, baht xamda solix farzandlar bilan rizqlantirgin.


Bugungi xikmat 
Eng go'zal inson bu - ko'ngli toza, qalbi pok, xech kimni yomon ko'rmaydigan, xech kimga xasad qilmaydigan, kechirimli, va boshqalarga nisbatan kek saqlamaydigan, xamisha dillarni yashnatib, qalblarga sevgi muxabbatni ekib yuradigan insondir

KELINOYI… (Hikoya)

Sherali qizchasini ayvonda erkalab o'tirgan Buvsaraga yer ostidan boqarkan, yuragi hapriqib-hapriqib ketar, shayton uni kennoyisi tomon chorlab, quchishga, erkalashga undardi. «Nimalar bo'layapti o'zi? — o'z uyi, ichkarida supur-sidir qilish bilan band xotini Madinaga o'g'rincha ko'z tashlab o'ylardi u. — Akamning xotinini yaxshi ko'rsam, o'z...

Baxtli boʻlinglar

Tashqarida lopillab laylakqor yogʻardi. Zebo buvisining tanchasida mudrab oʻtirar, uning koʻz oldidan qachonlardir kitoblarda oʻqigani yoxud odamlar tilidan eshitgani bir manzara oʻtar edi: derazalar! Deraza oynalari lampochkalar nuriga yoʻgʻrilib koʻrinadi. Ichkaridagi noz-ne’matlarga toʻla stol atrofida tik turgan odamlar qoʻllaridagi...

MERSEDES YoNIDAN TOPILGAN ChAQALOQ… (Voqea real hayotdan olingan)

Mustaqil hayotga yo'l Nozima tuni bilan ko'z yummadi. Bolalar uyidan ketayotgani uchun emas, bu maskandan chiqqach, holi ne kechishini o'ylab qayg'urdi. Go'dakligidan shu yerda o'sdi. Yeb-ichishdan, kiyim-kechakdan kamlik ko'rmadi. Mehribon tarbiyachilar uni oq yuvib, oq tarashdi....

Insho (achchiq xaqiqat)

— Ertaga dam olish kuni, — o'qituvchi bolalarga qarata dona-dona so'zladi. — Albatta ota-onangiz bilan biror madaniy maskanga borib, taassurotlarizni insho tarzida yozib keling. Dushanba kuni tekshirib olaman!......

Kunlarining birida...

Kunlarining birida...  Bir boy odam kambag'al odamga bir idishda achigan taomlarni beribdi. Kambag'al hursand bo'lib taom tula idishni uyiga olib kelibdi. Kambag'al idishni yuvib, toza kilib olib chiqibdi. Ichiga alvon gullardan tuldirib boyga uzatibdi.  Boy hayron kolib kambag'aldan nega bunday kilganini so'rabdi: «Senga aynigan taom tula idishni...

Asli qora - oqarmas!

Yoshim o'ttizda, oliy ma'lumotliman. Uchta farzandim bor. Turmush o'rtog'im bilan sevishib turmush qurganmiz. Ammo... Rostini aytsam, bu dunyoda sevgi-muhabbat yo'q ekan. Kishi "sevdim", deya parvonaga o'xshab aldanib, qanotini kuydirib qo'yganini o'zi bilmay ham qolar ekan....

Hikoya: Yaxshilik urug'i

— Manzura, nima qildik, mo'ljalimizga yetmasa ham kechagi xaridorga «mayli» deymizmi? — dedi Rustam xotini idish-tovoqlarni yuvib, choy damlab kelganidan so'ng. — Bilmasam, dadasi… — Manzuraning ham fikru xayoli o'zida emasligi uning yuz-ko'zlaridan bilinib turardi. ...

TAVBA…

— Hoy, bu uyda tirik jon bormi-a?.. He, onangni!.. Chiq dedim!.. Darvozadan gandiraklab kirib kelgan Qurbon piyonista hovlining o'rtasida to'xtadi. Yog' bosgan ko'ylagining tugmalari yechilib ketgan, bir oyog'ida poyafzali yo'q, og'zidan so'laklari oqib tushardi… Odam yoshi qaytsa ko'zdan nur, oyoqdan mador ketib munkillab qolarkan. Marjon buvi...

Bir boy odam masjidga kirib

Bir boy odam masjidga kirib, namoz o'qibdi. Namozdan so'ng duo qilayotsa, yonida o'tirgan bir darveshning duosini eshitib qolibdi:  – Alloxim! Qornim juda och. Menga falon taom, falon shirinliklardan yetkazgin!......

Kuz bahori

Darvoqe, kuzning ham oʻz bahori bor. Kechagina xunuk koʻrinib turgan yulgʻunlarning pushti koʻylagi sayhonlik, dalayu yoʻl chetlariga goʻyo koʻklam keltirgandek. Elektropoezd vagoni derazasiga termulib ketayotgan shaharlik bola onasiga deydi: — Onajon, qarang chiroyliligini! Kuzda ham daraxt gullabdi. Oʻqituvchimiz daraxtlar faqat bahorda...

Fikr qo'shish