Tok do'lma

Tok do'lma
Tok do'lma


Kerakli masalliqlar:

1. Qiyma - 0.5 kg.
2. Piyoz - 4-5 dona.
3. Guruch - 0,5 kg.
4. Kartoshka - 5-6 dona.
5. Sabzi - 1-2 dona.
6. Sarimsoq piyoz - 1 bog'
7. Tok bargi.
8. Ziravorlar.
9. Tomat pastasi.


Tayyorlanishi:

Guruch tozalanib, yuviladi. Piyozning 3 dan 2 qismi mayda to'g'raladi. Qiyma go'sh, guruch, to'g'ralgan piyoz, ziravorlar qo'shib qiyma qilamiz.

Agar tok barglari tuzlangan (konservalangan) bo'lsa, muzdek suvda yahshilab yuviladi.
Barra (yangi) tok barglari bo'lsa, issiq suvga yumshagunicha solinadi. Barglarni teskari tomoniga qiyma qo'yib tugiladi.


Qozonga yog' solib qizdiriladi va piyoz solinadi. Piyoz novvotrang tusga kirgunicha qovuriladi. So'ng, kartoshka va sabzi solinib, biroz qovuriladi.

Qovurilayotgan massaga tomat pasta, sarimsoq piyoz, ziravorlar va tuz solib, yana 2-3 daqiqa qovuriladi. So'ng, 1 kosa suv solib, qozon tagi olovi pasaytiriladi.


Tayyor o'ralgan toklar qaynab turgan massa ustiga terib chiqiladi.


Qozon tagi olovi baland qilinib, toklar ko'milgunicha qaynagan suv solinadi.


Sub qaynab chiqqach, olov o'rtacha pastlikka tushurilib, 10-15 daqiqa qaynatiladi. So'ng, olov palov damlanadigan pastlikka tushurilib, qozon qopqog'i yopiladi va 30 daqiqa dimlanadi.
Yoqimli ishtaxa!

Ko'katli blinchik

Yumshoq, nozik va hushbo'y blinchik! Taomnoma uchun yangilik. Ertalabki nonushta uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa sizni lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qizil baliqli blinchik

Mo'jizaviy ta'mga ega blinchik! Ajoyib gazak va yengil tamaddi o'rnini egallashi turgan gap. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

"Qarsildoq qayiqchalar" gazagi

Ajoyib va mo'jizaviy taom! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Oddiy va mazzali oson tushlikbob taom.

Qozonga  o’simlik yog’i solib qizdiramiz, so’ng tovuq oyoqlarini solib, qizrguncha qovuramiz. Qizil va yashil bulg’or qalampirlarni tozalab yuvib katta-katta bolaklarga bo’lib qozonga solamiz. Ketidan yarim oy shaklida yirikroq to’g’ralgan piyoz, yirikroq bo’langan sarimsoqpiyoz solinadi va  2-3 daqiqa qovuriladi. So’ng pomidor qaylasi solib, uni...

Lavash-pishloqli pirog

Yengil va nozik pirog! Shu bilan birga juda ham mazali! Tayyorlanishi oddiy, natijasi lazzatbaxsh. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Teftel sho'rva (dimlama) tayyorlash - resepti, tavsiyalar, bosqichlari + rasm

Bir qarashda, teftel va frikadelkalar bir xildek tuyuladi, lekin ularning farqi bor. Frikadelkalarga albatta yangi non, ko’katlar, ziravorlar qo’shladi va ularni suvda yoki bulyonda qaynatiladi. Teftel go’shtli qiymasiga esa tuxum, piyoz, sabzavotlar qo’shiladi va teftellar dastlab qovuriladi ham. Quyidagi reseptda guruchli teftel sho’rva...

O'rdakli kanape

Mo'jizaviy gazak! Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, o'zgacha lazzatlanish baxtini taqdim etuvchi ta'mni hosil qiladi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qattiq pishloq resepti - uy sharoitida tayyorlash usuli, bosqichlari

Pishloq tayyorlash usullari juda ko’p. Ushbu maqolada sigir sutidan tayyorlanadigan oddiy pishloqning resepti keltiriladi....

"Golapa" gazagi

Hind oshxonasining mashhur va sevimli taomlaridan biri. Juda ham mazali va nozik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Chechevitsali chipsi

E'tiboringizga ta'riflab bo'lmas, mazali ta'mga ega gazak retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu gazakni salatlar va suyuq taomlar bilan dasturxonga tortishingiz mumkin. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Mohigul
    Mohigul 19 июня 2020 13:55
    Assalomu aleykum tok dolmanbilincjga aylantirsa ham buladimiii

Fikr qo'shish