Qiyma kabob

Qiyma kabob
Qiyma kabob


Kerakli masalliqlar:

1. Go'sht (pashina) - 1 kg.
2. Piyoz - 250 gr.
3. Zira, kashnich urug'i - ta'bga qarab
4. Tuz

Tayyorlanishi:

Go'sht bo'laklarga bo'linadi va go'sht maydalagichdan artilgan piyoz bilan uch karra o'tkaziladi.


So'ng ziravorlar va tuz qo'shib, yahshilab aralashtiriladi. Tayyor qiyma muzlatkichga yarim kunga qo'yiladi.
Keyin qiyma muzlatkichdan olinib, sihlarga bir maromda joylanadi.


Qo'raga olov yoqilib, qizdiriladi. Bunda ko'mir, yahshi qurigan o'tin yoki qurigan jo'hori so'tasini ishlatish mumkin. Olov o'chib, qurada cho'g' bo'lgach, kaboblar pishiriladi.


Tayyor bo'lgan kaboblar likopchada to'g'ralgan piyoz bilan birga dasturhonga tortiladi.

Manti

Idishga unni solib, sho'r suvda hamir qoramiz. Hamir tingunicha qiyma tayyorlaymiz. Go'sht va piyoz mayda kubik to'g'raladi. Ziravorlar solib, tuzi rostlanadi. Tingan hamir yupqa qilib yoyiladi. Yoyilgan hamir tahlanib, 5 barmoq enligida kesiladi. Xar bir bo'lakka qiyma solib, tugiladi......

Yupqali shaurma yoxud lavash tayyorlash retsepti - bosqichlar, rasmlari bilan

Yupqadagi shaurma yoxud lavashni ko’pchilik ko’chadan xarid qilishga odatlangan, e’tiborli jihati qaysi tamaddixonadan ekanligi muhim emas. Biroq, uni uy sharoitida tayyorlash ancha xavfsizroq. Lavash tayyorlash retsepti va sirlari bilan quyida bo’lishamiz....

Meksika burittosi

Meksikaliklarning kundalik, sevimli tamaddilaridan biri. Juda ham mazali va vitaminlarga boy. Tayyolanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Oddiy va mazzali oson tushlikbob taom.

Qozonga  o’simlik yog’i solib qizdiramiz, so’ng tovuq oyoqlarini solib, qizrguncha qovuramiz. Qizil va yashil bulg’or qalampirlarni tozalab yuvib katta-katta bolaklarga bo’lib qozonga solamiz. Ketidan yarim oy shaklida yirikroq to’g’ralgan piyoz, yirikroq bo’langan sarimsoqpiyoz solinadi va  2-3 daqiqa qovuriladi. So’ng pomidor qaylasi solib, uni...

Pitsa

Idishga unni, gazda erigan margarinni, choy sodasi va tuzli qatiqni solinadi. Tuhumni bittasini sarig'i olib qo'yiladi va qolgani idishga solinib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi va 4ta bo'lakka bo'linib, 30 daqiqaga tindiriladi. Hamir tingunicha nachinka tayyorlaymiz......

Qovoq dimlama

Xamma masalliqlar yirik bo'laklanadi. Qozon tubiga birinchi parraklab kesilgan dumba bo'laklari terib chiqiladi. Keyin, piyoz, go'sht, kartoshka va qolgan masalliqlar solinadi (terib chiqiladi). Xar bir qatlam orasiga tuz va ziravorlarni solasiz (xoxishga qarab). Eng ustiga qovoq bo'laklari solinadi......

Norin tayyorlash - retsepti, usullari, sirlari, kerakli masalliqlar, xamiri va go'shti

Norin bu somoncha qilib kesilgan go’sht va maxsus xamir, piyoz, murch aralashmasi va xushbo’y bulyon bilan tortiladigan juda mazali taomdir. Uni tayyorlash uchun an’anaviy tarzda qo’y yoki ot go’shtidan tayyorlangan bulyon va ishlatilishi shart bo’lgan masalliq – qazidan foydalaniladi. Xo’sh, norin qanday tayyorlanadi?...

Do'lma tayyorlash - uzum barglaridan kovatok retsepti

Tokli do’lma (kovatok) uzum barglaridan tayyorlanadigan nafaqat o’zbek, balki kavkaz, turk va yunon oshxonalarining mashhur taomlaridan biridir. Do’lma guruch, go’sht, baliq, sabzavot yoki yong’oq bilan bo’lishi mumkin. Taomning nomi tukcha fe’l — to’lmoq so’zidan olingan. Maqolada taomning klassik turi — go’shtli do’lma tayyorlanishi retsepti...

Moxito tayyorlash retsepti - alkogolsiz, sprayt va mineral suv asosli turlari

Yozning issiq kunlarida alkogolsiz moxito kokteyli chanqoqni qoldirish uchun ajoyib ichimlik sanaladi....

Pirog "Pomidorli kish"

Mo'jizaviy ta'mga ega! Fransuz oshxonasining mashhur piroglaridan biri. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, lazzatlanish baxtini ulashadi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Fikr qo'shish