Guruchli tovuq sho'rva

Guruchli tovuq sho'rva

Kerakli masalliqlar:

1. Butun tovuq - 1 dona
2. Guruch - 0,5 kg.
3. Piyoz - 1 dona
4. Sarimsoq piyoz - 3-4 bo'lakcha
5. Ko'katlar
6. Ziravorlar

Tayyorlanishi:

Tovuq go'shti qozonga solinib qaynatiladi. Qaynab chiqqanidan so'ng ko'pigi olinadi. Olov osh damlanadigan pastlikda pasaytirilib, qozon qopqog'i yopiladi. Va shu xolatda 3 soat qaynaydi.


Guruch pishiriladigan qozon (kashavarka)da pishirib olinadi.


Piyoz va ko'katlar (kashnich, ko'k piez) to'g'raladi. Sarimsoq piyoz yanchiladi.


Ziravorlardan yanchilgan kashnich urug'i, yanchilgan qizil qalampir, tuz, hitoy tuzi, kunjut.


Tanovul qilish qoidasi:


Dasturhonga barcha ko'katlar, ziravorlar, guruch qo'yiladi. Kosaga ma'lum miqdorda tovuq go'shti va sho'rva solinadi. Tanovul qilishdan oldin, ko'kat va ziravorlar ta'bingizga qarab solinadi.

Yoqimli ishtaxa!

Fikr qo'shish