Seni sevganlarim yodinga tushsin sevgi haqida she'r

Seni sevganlarim yodinga tushsin
Seni sevganlarim yodinga tushsin


Kimnidir sog'inib yolg'iz qolganingda,
Seni sevganlarim yodinga tushsin.
Qismating oldida ojiz qolganda,
Meni kuyganlarim yodinga tushsin.

Sendan baxtlar yuzin bursa yig'lama,
Yuraging alamga to'lsa yig'lama.
Hayotdan umiding so'nsa yig'lama,
Meni aytganlarim yodinga tushsin.

Suyganing yuz burib vafo qilmasa,

Bitta shirin so'zin ravo ko'rmasa.
Va'dalar bersa-yu, ammo kelmasa,
Meni kutganlarim yodinga tushsin.

Qalbingni dardini aritolmasang,
Umringni bir kunin yoritolmasang.
Kimnidir qiynalib unutolmasang,
Alam yutganlarim yodinga tushsin.

Ko'z oldingda yoring xiyonat qilsa,
Sen ko'z yosh to'ksang-u, u beparvo kulsa.
Atayin yoningda o'zgani quchsa,
Meni ko'rganlarim yodinga tushsin.

Mayli men roziman eslamasang ham,
Sen qaydasan deb izlamasang ham.
Kimgadir bu haqida so'zlamasang ham,
Seni sevganlarim yodinga tushsin...!

Bilsang agar bu yo'limdan qayta olmayman

Bilsang agar bu yo'limdan qayta olmayman, Orzularim bor nega yeta olmayman. Sendan uzoqlarga ham ketta olmayman, Seni sevaman lekin ayta olmayman....

Alam qilarkan

Kimnidur sevip   Uni ardoqlasang Tunlar uyqudan kechsang Uni o'ylasang......

Borib ko'z yoshlaring artolmasam ham

Borib ko'z yoshlaring artolmasam ham, Dardingni o'zimga ololmasam ham, Yoningda umirbod qololmasam ham, To tirik ekanman Gulim yig'lama!!!......

Muxabbat

Sen chiroyli izhor aytarding, Men chiroyli uyalar edim. Sen mardlikdan topganding kamol, Men hayodan ulg‘ayar edim....

Hech kimni sevmadim sendan ilgari

Hech kimni sevmadim sendan ilgari Dunyoga sen uchun kelgan singari Ko'nglimda muhabbat bo'libdi paydo Sendan o‘zgasini demayman aslo...!...

Muhabbat

Bu dunyo ko'zingga ko'rinsa zulmat, Intizor bo'larsan sevgan yoringga, Boshingga yog'dirsa balo-yu tuhmat, Nomini eslasang sevasan qayta, Olamni sevgiga to'ldirgin hardam, Zulmatni yoritgin chin sevging bilan, Muhabbat yo'lida sen bo'lgin bardam, Armon bo'lib qolmasin senga muhabbat....

Yo'qotishdan qo'rqaman

So'ra beray hohla neni, Yolg'iz qo'yma faqat meni. Bu dunyoda gulim seni, Yo'qotishdan qo'rqaman......

Men sizni hech kimga berib qo'ymayman

Azobda qoldirgan ishqingiz uchun, Dunyoni yondirgan rashqingiz uchun. Ko'nglimga uy qurgan mexringiz uchun, Men sizni hech kimga berib qo'ymayman!...

Kechikdim

Tushlarimda qo‘lingni tutar qo‘lim, Ta’birini o‘ylab yomon ichikdim. Meni uzoq kutgan eding sevgilim, Afsusdaman, yigirma yil kechikdim....

Biz bir-birimizni shunday sevaylikki

Biz bir-birimizni shunday sevaylikki, Bizdan sevginglar oxiri nima bo'ldi deb so'rashsa, to'y bo'ldi  deb javob beraylik...!...

Fikr qo'shish