Ota va Qiz

Ota va Qiz
Ota va Qiz


Tobut odamlar yelkasida qo'lma qo'l borar, bir qizaloq nimalar bo'layotganini tushunmay ʺAdajon, menam boramanʺ, deb ergashib yig'lamaganni xam yig'latardi. Qizaloq otasini qaerga olib ketishayotganini bilganda shunday dermidi? Mayyitni qabristonga qo'yib kelishdi xamki qizaloq yig'idan to'htamadi, xar bir erkakka yopishib, adajonisini so'rardi: ʺAdajonim qani, nimaga sizlar bilan
kelmadi? ʺAmmo xech kim unga adajoningni ko'mib keldik deya olmasdi. Yuragim to'lib, sabrim chidamay, unga bir nimalar degim keldi. Asta borib, qizchaning qo'lidan tutdim. U umid bilan menga tikildi. Ko'zlarining ichi qizarib, yuragi kuyib, lablari yorilib ketibdi. Bir
chekkaga boshladim. U savollariga javob beradigan odamni topib olgandek jon deb menga ergashdi. Suv ichirdim, sal o'ziga keldi. Pinjimga tikilib, og'ir hursindi.

- Allohni bilasanmi qizim? deb barmoqlarim bilan sochlarini taradim. U menga shoshib qaradida.

- Alloh bitta, adajonim aytgan, dedi biyrongina qilib.
- Adajoning shunaqa degan bo'lsa, u solix odam ekan, dedim, eslab ko'rchi adajoning yana nima degan?
- Allohni aytganini qilish kerak...

- Ey, barakalla dedim quvonib, sen men o'ylagandan xam aqlli qiz ekansan. Adajoning to'g'ri aytibdi. Allohning aytganini xamma qilishi kerak. Mana Alloh adajoningni oldiga chaqirdi. Adajoning Allohni aytganini qilib ho'p deb ketdi.
- Lolani adasini nimaga chaqirmadi?

- Unaqa deb bo'lmaydida qizalog'im, Alloh o'zi xoxlagan odamlarini chaqirib oladi, sening adajoningni xoxlabdimi, shunga chaqirib oldi.
- Alloh adajonimmi yahshi ko'radimi?

- Bo'lmasamchi, sendek qizchasiga Allohni tanitdi-yu yomon ko'radimi?
- Alloh jannatda turadimi?
- Vox jannatniyam bilasanmi?
- Bilaman adajonim aytganlar, Allohni aytganini qilsang jannatga tushasan deganlar.
- Aytdimku, adajoning rostanam solix odam ekan.

- Adajonim qaytib keladimi?
- Ana xolos, jannatga xamma kirsam deydi, sen qaytib kelishni xoxlaysanmi?
- U yerda adajonim kasal bo'lmaydimi?
- Bo'lmaydi!
- Oyim bilan ko'rgani boramizmi?
- Alloh xoxlasa borasizlar qizim.
- Qachon boramiz?
- Alloh chaqirgandada asalim.
- Qachon chaqiradi?
- Unisini bilmadim, qachon chaqirishni Allohning o'zi biladi.

- Lola adajonimni so'rasa jannatga ketgan, deymi?
- Xa, xa . . . InshoAlloh shunday degin, dono qizim. Endi menga aytchi, adajonisi jannatga ketgan qizlar yig'laydimi, yig'lamaydimi? U
ikkilanib bosh qimirlatdi. Yig'lamaslikka va'dasini oldim. Uch kun aza ichida qizchani kuzatdim.

U yig'lmadi...

LAYLI VA MAJNUN» (hajviya)

Shvarsneggerning ukasi O'n to'qqizga kirgan qahramonim Madrayim judayam olis qishloqda yashaydi. Barvasta, tog'ni ursa tolqon qiladigan yigit. Yumushi bitta. Qishloq qo'ylarini boqadi....

ШАЙТАНАТ… (4-қисм. Биринчи китоб)

Hamdamning taklifini o'ylab ko'rishga ulgurmay depara ichki ishlar bo'limi boshlig'i kapitan Mirsultonov kirib keldi: — Ot aylanib qozig'ini toparkan. Bizdan qutulib bo'psiz! — u shunday deb Zohid bilan qo'shqo'llab ko'rishdi. — Yaxshi, yaxshi. Ishni o'zimizdan boshlaganingiz, yaxshi bo'libdi. Qiynalmaysiz. Mana, bu yoqda biz bor. Borib...

Yolgonchi onamni sog'indim

Sakkiz yoshli bolajonning onasi vafot etishi bilan dadasi farzandini yolg'iz qolishidan qo'rqib, ona mexridan ayrilib qiynalib qolmasin, deb boshqa ayolga uylanishga majbur bo'ldi......

KETMONBOZLIK QURBONI…

Yaqinda Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi G'azalkent shaharchasida ikki erkak o'rtasida katta janjal yuzaga keldi. Ulardan biri, muqaddam sudlangani qo'lidagi ketmon bilan ikkinchising boshiga tushirdi. Jabrlanuvchi darhol kasalxonaga olib ketildi. Afsuski, jarohat o'ta jiddiy ekan. Vrachlar uning hayotini saqlab qola olishmadi. Jabrlanuvchi...

Koʻk daftarning siri

Bu daftarni men toʻqimachilarning madaniyat saroyi oldidagi xiyobondan topib oldim. Bolalarning qishqi ta’tili boshlangan payt edi. Shaharning barcha maydonlaridagi kabi toʻqimachilar xiyobonida ham katta archa oʻrnatilib, xilma-xil oʻyinchoqlar bilan bezatilgan. Ertadan-kechgacha atrofidan bolalar arimaydi. Hatto, kechqurun ishdan qaytayotganimda...

HO'KIZ MONOLOGI (hajviya)

Ordona qolgan oqibat Akammisan, ukammisan, kim bo'lsangam meni tanivol! Men Ho'kizboy Torg'il o'g'li Suyarqulov bo'laman. Avlodlarimiz o'sha kiroyi ho'kizlardan bo'lishgan. Bobomning bobosimi, yo bobosining bobosimi, allambalo zotlardan bo'lishgan ekan. Zotimiz o'sha kattakon zotlardan ekan. Olaxon momom gapirib bergan. Momom rahmatli meni ne...

KALTABINNING KASOFATI…

Lolaxonni Oltinqo'rg'onning oldi xonadoniga berishgandi. Qishloqning eng kelishgan, chiroyli qizi bo'lgani uchunmi, kuyov bo'lmish Ne'matjon unga tilab-tilab uylangandi. Aslida, o'zi ham yomon bola emas. Yigitmisan yigitdek, qosh-ko'zlari qop-qora, har qadam tashlaganda tog'larni zirillatgulik kuchi bor, kolxozda bosh hisobchi edi… Nima qilsin?!...

Juma kuni masjiddagi kutilmagan xolat.

O'g'lim endi 5 yoshni qarshi oldi. Ammo ilm o'rganishga chanqog'i serob. Namoz o'qishni sevadi...  "Meni xam masjidga olib boring", dedi juma kuni tongda. Juda xam sevindim. Bolamga sevgim xar qachongidan oshdi.  Peshinga yaqin yo'lga, masjidga otlandik. O'g'limni elkamga ortib, yo'lda Saodat asriga oid rivoyatlarni aytib kelardim. Masjid...

Jumbok 6 qism

Jafar kimorvozlardi yigib yahshilab Ahamyat berib karasa terak gruhidan Uchta kimorvoz tirik kolgan ekan Kimorvozlardan birini oldiga chakirib Nega aynan seni tudendagilardi uldiryapti Deb suragandi terak gruh boshligi bilmadim Deb......

O'g'il Otaga bo'lgan mehri

Otasi qo'y go'shtidan tayyorlangan kabobni juda yahshi ko'rardi. Buni bilgan o'g'il U kishini yahshi bir oshhonaga olib boribdi... avvaliga OTA kabobini o'zi yeyishga harakat qilibdi... har safar ovqatini og'ziga olib borganida qariligi sababli qo'llari titrab taomi soqoliyu atrofiga to'kilibdi......

Izohlar 4

  1. Офлайн
    Дилрабо
    Дилрабо 19 мая 2019 01:35
    Хамманинг фарзанди хам шу кизчадек оллохни танисин.
  2. Офлайн
    фея вохиджон
    фея вохиджон 18 мая 2019 02:58
    шу кизчадек катталарни юрагида хам оллох борлиги бардавом булсин имонимиздан айримасин.
  3. Офлайн
    Muhiddin
    Muhiddin 16 января 2019 21:49
    Zur .Rahmatt
  4. Офлайн
    Овлиержон
    Овлиержон 31 октября 2018 19:48
    Хаммани кизи шу кизчадек оллохни танисин оталарини юзини ерик килсин.

Fikr qo'shish