Shuba salat

Shuba salat
Shuba salat

Kerakli masalliqlar:

1. Marinadlangan baliq (selyodka) - 300 gr.
2. Tuhum - 9 dona
3. Kartoshka - 4-5 dona
4. Qizil sabzi - 4-5 dona
5. Qizil lavlagi - 4-5 dona
6. Mayonez


Tayyorlanishi:

Kartoshka, sabzi, lavlagi va tuhum suvda qaynatib olinadi. Bu masalliqlarning po'sti artilib, aloxida idishga qirg'ichdan chiqariladi. Salat idishining tubiga mayda to'g'ralgan baliq yoyib qo'yiladi. So'ng, ustiga tuhum oqi, kartoshka, sabzi va lavlagi ustma ust yoyib chiqiladi. So'ng bir tekisda mayonez surtilib, ustiga tuhum sarig'i bilan bezak beriladi.


Eslatma: Marinadlangan baliqning kilogrammligini ishlatsangiz, avval uni tozalab, terisi va suyaklaridan halos etib, so'ngra to'g'rash kerak bo'ladi. Masalliqlar ketma-ketligini xoxishingizga qarab o'zgartirishingiz mumkin. Baliqdan keyingi qavatiga mayda to'g'ralgan oq piyoz ishlatsangiz o'zgacha ta'm beradi.

Bu masalliqlar 3ta salat idishiga (8-9 kishi uchun) mo'ljallangan.

Yoqimli ishtaxa!

Fikr qo'shish