Men kutmayman va Sen kelmaysan sog'inch haqida she'r
Goh tushimga kirib tergaysan
Deysan ;
« Naxot meni sevmaysan »
Axir bizlar kelishgan edik
Men kutmayman va sen kelmaysan...
Sevgisiz biz murdamiz dedik
Yo men o'lmam yo sen o'lmaysan
Bo'yin egmoq xaqiqiy o'lim
Men kutmayman va sen kelmaysan ...
Qalbda so'ngan ishq chiroqdan so'ng
Dilni yoqqan ul firoqdan so'ng
So'ngi habar qo'ng'iroqdan so'ng
Men kutmayman va sen kelmaysan ...
Dard tiqilib to'lsa ham qurum
Kim sabrli shunisi muxum
Bizga bizsiz yashamoq xukum
Men kutmayman va sen kelmaysan ...
Dildan quvonch qururimiz bor
Sevgisiz ham sururimiz bor
Axir bizni g'ururimiz bor
Men kutmayman va sen kelmaysan ...
Sen kutarding men borar edim
Ishq kuyida ox yonar edim.
Va sen ko'nding men shunday dedim
Men kutmayman va sen kelmaysan ...
Kim xoxladi kim xoxlamadi
Taqdir dilga dil bog'lamadi
Bu ish, ishqni xech oqlamadi
Men kutmayman va sen kelmaysan ...
Afsus qimmat vaxt zoya bo'ldi
Bu bir katta hikoya bo'ladi
Achinarli nixoya bo'ldi
Men kutmayman va sen kelmaysan ...
Axir bizlar kelishgan edik
Men kutmayman va sen kelmaysan ...