Quritilgan baqlajonli salat

Quritilgan baqlajonli salat
Quritilgan baqlajonli salat


Ushbu salat 10-12 kishilik.

Kerakli masalliqlar:

1. Quritilgan baqlajon - 250 gr.
2. Pomidor va qizil bulg'or qaylasi - 1 kosa
3. Soya - 50 gr.
4. Ko'katlar - 1 bog'dan
5. Ziravorlar
6. Piyoz - 2 dona
7. Pista yog'i - 100 gr


Tayyorlanishi:

Qaynab turgan suvga baqlajon solinib, 2 daqiqa qaynatiladi. So'ng baqlajon suvdan silqitib olinadi. Qizigan tovaga yog' solinib, to'g'ralgan piyoz engil o'lgunicha qovuriladi va ustiga qizil qayla solinadi. So'ng, me'yordan biroz kuproq tuz solinadi, sababi, baqlajon tuzlanmagani uchun.


2-3 daqiqadan keyin qayla tagi o'chirilib, aloxida idishdagi suvdan olingan baqlajon ustiga solinadi. So'ng ziravorlar, soya va to'g'ralgan ko'katlar bilan aralashtiriladi. Baqlajon va qayla issiqligida bu ziravorlar erib, quritilgan baqlajonga o'zgacha ta'm beradi.

Yoqimli ishtaxa!

Mimoza salati tayyorlash - retsepti, rasmlari bilan bosqichma-bosqich jarayoni

“Mimoza” salati – pazandalik klassikasi sanaladi. Maydalangan tuxum sarig’i bilan bezatilgan ushbu salat gullarni eslatib, dasturxonga bayramona qiyofa bag’ishlaydi, shuning uchun Mimoza salati bayram marosimlarida tez-tez tayyorlanadi. Salat juda yumshoq va to’yimli sanaladi, quyida uning klassik retsepti sizga havola etiladi....

Sharqcha usulda tayyorlangan baqlajonli salat

Bekajonlar sizlarga ajoyib, juda ham qiziq, mazasi esa achchiqroq salat retseptini taqdim etaman. Birzumda tayyor bo'luvchi mazali salat sizga va yaqinlaringizga juda ham ma'qul bo'lib, yoz mavsumida tez-tez tayyorlashga odatlanasiz. Ushbu salat quyuq taomlar bilan tortilsa bormi? Dasturxon davrasida hech kimning e'tiboridan chetda qolmaydi....

Koulslo salati

Yevropa pshxonasining mashhur salatlaridan birin e'tiboringizga taqdim etamiz. Yengil va vitaminlarga boy salat. Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, mazali va lazzatbaxsh ta'mni sizga taqdim etadi....

Baxor salati

Bodring, tuhum, pomidor uzunasiga 4ga bo'linib, parrak to'g'raladi. Ko'katlar yirik to'g'raladi. Brinza kubik to'g'raladi. Xamma masalliqlar aralashtirilib, tuzi rostlanadi....

Barno salati

Baqlajon yirik somoncha to'g'ralib, sho'r suvda 4-5 daqiqa qaynatib olinadi. Sabzi, bodring yirik somoncha to'g'raladi. Pomidor 5-6 bo'lakka bo'linadi. Piyoz yirik to'g'raladi. Oldin qozonga yog' solib, piyozni o'lguncha qovuramiz. Uning ustiga sabzini solib, qovurishda davom etamiz. Sabzi o'lgach, ustiga pomidorni solamiz. Pomidor chala o'lgach,...

Gruzincha tuzlangan karam

Bu juda ham mazali va foydali. Vitaminlarga boy. Quyuq taomlar uchun ajoyib qo'shimcha. Tayyorlanishi oddiy, natijasi sizni lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Gazak "Pishloqli lazzatlar"

Nomiga munosib lazzat bag'ishlovchi gazak. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Baqlajonli rulet

Gazak uchun ajoyib tanlov! Tayyorlanishi hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi. Natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnomadan o'z o'rnini egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Quymoqli salat

Tuhumdan oddiy quymoq pishirib olinadi. Barcha masalliqlar to'rtburchak to'g'raladi. Ko'katlar mayda to'g'raladi. Ta'bga qarab tuzi rostlanib, barcha masalliqlar mayonez bilan aralashtiriladi....

Baqlajonli achchiq gazak

Baqlajon yuvib, tozalanib, parrak qilib kesiladi va yog'da ikki tomoni qizargunicha qovuriladi. Pomidor yuvib tozalanib, qirg'ichdan chiqariladi. To'g'ralgan piyoz aloxida idishda biroz qovuriladi. So'ng ustiga pomidor solinib, qovurishda davom etiladi. Pomidor etilishiga biroz qolganda to'g'ralgan sarimsoqpiyoz va urug'i olib tashlangan qalampir...

Fikr qo'shish